1. Elementar matematika


Download 10.52 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi10.52 Kb.
#1211932
Bog'liq
Davomi


Barcha tarixiy davrlarda har bir jamiyat oʻz fuqaroligiga davr talablari darajasida bilimlar berishda asosiy eʼtiborni ularning faoliyati va fan-texnika taraqqiyoti talablarini hisobga olgan holda fanlar asosini oʻrgatishga qaratib kelgan .
Ayniqsa, matematika fani boʻyicha yetarli darajada bilimlarga ega boʻlish birinchidan, mamlakatning har bir fuqarosi shaxs sifatida shakllanishida muhim oʻrin tutsa,ikkinchidan kelgusida samarali kasbiy va hayotiy faoliyat yuritish imkoniyatlari oshadi.
"Matematika" soʻzi qadimgi grekcha "mathema" soʻzidan olingan boʻlib, "fan" , "bilim" degan maʼnolarni anglatadi. Matematika fanining oʻrganadigan obʼekti materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iborat.
Hozirgi kunda matematika fani shartli ravishda quyidagi boʻlimlarga boʻlingan holda oʻrganiladi:
1. Elementar matematika.
Elementar matematika mustaqil mazmunga ega boʻlgan fan boʻlib, u oliy matematikaning turli tarmoqlaridan, yaʼni nazariy arifmetika, sonlar nazariyasi, oliy algebra,matematik analiz va geometriyaning mantiqiy kursidan olingan elementar maʼlumotlar asosiga qurilgan. "Elementar matematika" fani maktab matematika kursining asosini tashkil etadi.
2. Oliy matematika.

Oliy matematika fani real olamning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni toʻla va chuqur aks ettiruvchi matematik qonuniyatlarni aniqlash bilan shugʻullanadi.


Har bir taʼlim bosqichida matematika fanini oʻqitishning maqsadi quyidagi uchta omil bilan belgilanadi:
1.Matematika oʻqitishning umumtaʻlimiy maqsadi.
2. Matematika oʻqitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika oʻqitishning amaliy maqsadi.
Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishda "Matematikani oʻqitish metodikasi " fani muhim oʻrin tutadi. "Metodika" grekcha soʻz boʻlib, "yoʻl" degan maʼnoni anglatadi. Matematikani oʻqitish metodikasi fani pedagogika fanlari guruhiga taalluqli boʻlib, u jamiyat taraqqiyoti darajasida taʼlim maqsadlariga mos keluvchi matematikani oʻrgatish va oʻrganish qonuniyatlari bilan shugʻullanuvchi mustaqil fan boʻlib, uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
-boʻlgʻusi matematika oʻqituvchilarida matematika fanini anʼanaviy va zamonaviy oʻqitish metodlari boʻyicha bazaviy bilimlarni shakllantirish va ulardan oʻz kasbiy faoliyati jarayonida samarali foydalana olish koʻnikma va malakalarini shakllantirish;
- taʼlimning mazkur anʼanaviy va zamonaviy oʻqitish metodlaridan taʼlim jarayonini tashkil etishda oʻrinli va samarali foydalana olish malakasini shakllantirish;
-matematika oʻqitish fanining anʼanaviy va zamonaviy taʼlim vositalari ,ularning ishlash tamoyillari bilan tanishtirish;
-mazkur taʼlim vositalaridan taʼlim jarayonini tashkil etishda oʻrinli va samarali foydalana olish malakalarini shakllantirish;
-oʻrta umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar tizimida matematika turkumidagi fanlarni oʻqitish metodikasi bilan tanishtirish;
-mustaqil ravishda oʻz kasbiy bilimlarini oshirib borish malakalarini shakllantirish.
Matematika fani mazmunini toʻgʻri aniqlay olish muhim hisoblanib, taʼlim jarayoni mazmunini aniqlashga hozirgi sharoitda quyidagicha yondashish muvofiq hisoblanadi:
1. Matematika fani boʻyicha barcha taʼlim bosqichlarida oʻrganiladigan mazmunni asoslash, yaʼni nima uchun berilgan taʼlim bosqichi uchun aynan shu keltirilgan mazmun oʻrgatilishi kerak? ( Masalan, Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan oʻrta umumiy taʼlim maktablarida yoki aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan oʻrta umumtaʼlim maktablarida matematika mazmuni qanday boʻlishi kerak va nima uchun?).
2. Matematika fani boʻyicha turli taʼlim yoʻnalishlarida( oʻrta,maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoki oliy taʼlim bosqichlarida) oʻrganiladigan taʼlim mazmunini asoslash, yaʼni nima uchun berilgan yoʻnalish uchun aynan shu keltirilgan mazmun oʻrgatilishi kerak?( Masalan, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim muassasalarida matematika mazmuni qanday boʻlishi kerak va nima uchun?).
3. Uzluksiz taʼlim tizimida taʼlim oluvchilar aqliy qobiliyatlarining rivojlanishda rejasi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda matematik taʼlim mazmuni va oʻqitish jarayoni tashkil etish muammosi.
4. Uzluksiz taʼlim tizimi turli bosqichlari uchun ishlab chiqilgan matematik taʼlim mazmun,i jamiyatdagi taʼlimga boʻlgan munosabat, taʼlim tizimi ,unda faoliyat yurituvchi oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda matematikani oʻqitish imkoniyatlarini ishlab chiqish muammosi .
Yuqoridagi muammolarni samarali hal etishda matematik tushunchalar, oʻqitish tamoyillari, qonuniyatlari, metodlari va usullari barcha yoʻnalishlari taʼlim oluvchilar uchun tushunarli va oʻzlashtirish oson boʻlgan koʻrinishda boʻlishiga erishishi talab etiladi. Bunda matematika boʻyicha oʻquv materiallari (mazmuni)ni , matematika fani oʻqituvchilarining kasbiy tayyorgarligini, dabmvlat taʼlim standartlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqaruvchi soga mutaxassislarlarni zamonaviylashuv sharoitiga mos boʻlishi, taʼlim natijalarini toʼgʻri va xolisona baholash usullarini toʼgʻri ishlab chiqishga eʼtiborni qaratish muhim hisoblanadi.
Umuman ,hozirgi sharoitda taʼlimning har bir bosqichida "nimani oʻqitish mumkin va bunga erishish uchun nima qilish kerak?"va "kimni oʻqitish kerak, unga aynan nimani oʻqirish kerak, nima uchun aynan shuni oʻqitish kerak, qanday oʻqitish kerak?" degan masalalarni samarali hal etish bugungi taʼlim oldidagi kechiktirib boʻlmaydigan muammolar hisoblanadi.
Taʼlim jarayoni tashkil etishda "nimani oʻqitish kerak?" emas, balki " nimani oʻqitish mumkin va buni qanday amalga oshirish maqsadga muvofiq?" koʻrinishida yondashish matematika oʻqitishni zamonaviylashtirishda asosiy rol oʻynaydi.
Bugungi kunda nafaqat matematika fani, balki barcha taʼlim sohalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ilm-fanning taraqqiy etishi Oʻzbekistondagi Uchinchi Renessans davrining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Muhtaram prezidentimiz "Yangi Oʻzbekiston" gazetasiga bergan intervyusida shunday taʼkidlaydilar:" Maʼlumki, bugungi Oʻzbekiston zamini qadimda ikki buyuk uygʻonish davriga -Birinchi(maʼrifiy-IX- XII asrlar) va Ikkinchi(Temuriylar- XIV-XV asrlar ) Renessansga beshik boʻlgan. Bu jahon ilm-fanida oʻz isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir. Hozirgi kunda yurtimizda yana bir muhim uygʻonish jarayoni ketmoqda. Shuning uchun "Yangi Oʻzbekiston" va "Uchinchi renessans" soʻzlari hayotimizda oʻzaro uygʻun va hamohang boʻlib yangramoqda, xalqimizni ulugʻ maqsadlar sari ruhlantirmoqda".
Bundan tashqari 1-oktabr- Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida quyidagicha fikr yuritadilar:" Biz keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi uygʻonish davri, yaʼni Uchinchi renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, Uchinchi renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda Uchinchi renessansni amalga oshirishda yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ilm-fan, taʼlim sohalari katta ahamiyatga ega. Shunday ekan biz yoshlar yurtboshimiz yaratib berayotgan shart-sharoitlarni samarali foydalanishimiz, koʻplab bilimlarga ega boʻlishimiz, ilm-fan sohasiga yanada chuqurroq kirib borishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Ikromov J. "Maktab matematika tili" -T.:" Oʻqituvchi", 1997, 195-bet.
2. Alixonov S. Matematika oʻqitish metodikasi(darslik). -T :" Chlorine", 2001,304-bet
3. Tojiyev M., Barakayev M., Xurramov A. ,"Matematika oʻqitish metodikasi fani oʻquv mashgʻulotlari loyihasi. -T.:"Fan va texnologiya", 2015, 224-bet
4. "Yangi Oʻzbekiston" gazetasi.
Download 10.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling