Maqsad: Surat bo'yicha berilgan savollarga javob berish, tarbiyachi bilan birgalikda qisqa hikoya tuzish malakasini shakllantirish
Download 481.04 Kb.
|
mashgulot2
Mavzu: «Biz kubik o'ynaymiz» surati bo'yicha tarbiyachi bilan birgalikda qisqa hikoya tuzish malakasini shakllantirish. Maqsad: Surat bo'yicha berilgan savollarga javob berish, tarbiyachi bilan birgalikda qisqa hikoya tuzish malakasini shakllantirish. Vazifalar: Buyumlar va harakatni birlik va ko'plik sonda to'g'ri aytishga o'rgatish. (masalan: ko'ryapti-ko'rayaptilar, o'ynayapti-o'ynayaptilar va h.k.) «A», «U», «I» tovushlarining to'g'ri talaffuzini mustahkamlash. Ularni so'zlarda aniq va baland talaffuz qilishga, eshitib farqlashga o'rgatish, nutqiy nafasini o'stirish. Kutilayotgan natijalar: Surat bo'yicha berilgan savollarga javob berib, tarbiyachi bilan birgalikda qisqa hikoya tuzishga o'rganadilar. Ko'rgazmali qurollar: «Biz kubik o'ynaymiz» surati. O'yinchoqlar: g'oz, paravoz, toycha, ipga osilgan kapalaklar. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi bolalarga suratni ko'rsatadi va savollar beradi: Suratda kimlarni ko'rayapsizlar? (bolalarni). Ular haqida yana nima deyish mumkin? Bular kim? (kichkintoylar, qizlar va bolalar). To'g'ri, suratda qizlar va bolalarning surati chizilgan. Ular nima qilishyapti? (o'ynayaptilar, uy quryaptilar). Tarbiyachi bolalarga ism qo'yishni taklif qiladi: qizchaga Aziza, uy qurayotgan bolaga Ilhom, mashina tortib ketayotgan bolaga Anvar deb ism qo'yishni taklif etadi. (Ismlardagi birinchi tovushni ajratib talaffuz qiladi). Aziza nima qilyapti? Aziza uy quryapti. Ilhom nima qilyapti? Anvar nima qilyapti? Anvar kubiklarni nimada olib kelyapti? Bolalar nima quryaptilar? Savollarga javob olgandan keyin tarbiyachi uy qurayotgan bolalar haqida birgalikda hikoya tuzishni taklif qiladi. Bolalar Aziza, Ilhom va Anvar uy qurishmoqchi bo'lishdi. Ilhom va Aziza ... (uy quryaptilar). Anvar esa mashinada kubiklarni olib kelyapti. Bolalar (ahil xursand o'ynayaptilar). 2-3 bola tarbiyachi bilan birgalikda hikoyani takrorlaydi. Ulardan, Siz ham qurishni yaxshi ko'rasizmi? Nimani qurasiz?-deb so'rash mumkin. «Kimning kapalagi uzoq uchadi?» mashqini o'tkazish. Tarbiyachi bolalarga ipga osilgan kapalaklarni tarqatadi va ularni uzoq puflab uchirishni taklif etadi. Mashq 3-4 marta takrorlanadi. Keyin Faoliyat yana davom etadi. Tarbiyachi g'ozni ko'rsatadi va «Bu nima?»-deb so'raydi. Bolalar javobini tinglaydi va «g'oz», uning ismi g'a-g'a. g'a-g'a g'oz qanday qoshiq aytgan edi? Bu nima? (paravozni ko'rsatadi). U qanday qichqiradi? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Bu nima? (toychani ko'rsatadi). Toycha qanday kishnaydi? (umumiy yakka-yakka javoblar). Endi kimning qo'shig'ini eshitayotganimizni aytib berasiz. (a, u, i tovushlarini turli tartibda talaffuz etadi, bolalar topadilar). Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: Suratni qanday nomladik? Suratdagi bolalarning ismlari nima ekan? Aziza nima qilyapti? Ilhom nima qilyapti? Anvar nima qilyapti? Bolalar nima quryaptilar? G'ozning qo'shig'ini aytib bering. Toycha qanday kishnaydi? Download 481.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling