Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga [Sh] tovushini nutqda tog’ri qo’llashga va aniq talaffuz qilishga o’rgatish Tarbiyaviy maqsad
Download 162.07 Kb.
|
Документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korreksion-rivojlantiruvchi maqsad
- Talaffuz qismi
- Eshitish qismi
- Mashgʻulotni yakunlash
Mavzu: [Sh] tovushini soʻzlarda, gaplarda mustahkamlash. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga [Sh] tovushini nutqda tog’ri qo’llashga va aniq talaffuz qilishga o’rgatish Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarda o’z nutqini kuzatish va tog’ri talaffuzni tarbiyalash. Korreksion-rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish. Nutqni o’stirish, fikrlash qobiliyatini , mayda qo’l motorikasini rivojlantirish. Jihoz: Sh harf namunalari, oynachalar,rangli rasmlar, so’zlar yozilgan kartochkalar. Mashg`ulot turi: aralash. Mashgulot usuli: an’anaviy Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism:-Salomlashish. Faslni ,oyni,kunni soʻrash, bu faslda qaysi kasb egalari ish boshlashadi, sen qaysi kasblarni bilasan, sen qaysi kasb egasi boʻlmoqchisan Nafas mashqi: uy hayvonlarini bir nafasda aytish, qurtchani uyiga etish , Ovoz mashqi: yovvoyi hayvonlarni baland, uy hayvonlarini past ovozda talaffuz qilish. Asosiy qism: Nurshod bugun biz sen bilan [Shu] tovushini oʻrganamiz. [Shu] tovushini boʻgʻinda,soʻzda va gapda qoʻllaymiz. [Sh] tovushini talaffuz qilganda og’iz artikulyasiya holati: Lablar ozgina oldinga chiqqan holatida, til uchi tanglayga ko’tarilgan. Bunda issiq havo chiqishi kerak. Sen menga [Shu] tovushi ishtirok etgan beshta soʻz aytib ber. Malades Nurshod Biz hozir mana bu yerda tasvirlangan rasmlarni nomlab olamiz. Talaffuz qismi: Boʻgʻinlarda [Shu] tovushini mustahkamlash. Sha sha sha sha. Ash ash ash ash. Asha Sho sho sho sho Osh. Osh osh osh Osho Shu shu shu shu Ush ush ush ush Ushu Soʻzlarda [shu] tovushini mustahkamlash Bosh qush shapka. Toshqin Tosh dush. Sharbat koshona Mosh. tush shakar poshna Gaplarda [sh] tovushini mustahkamlash Mashhura va Sherbek shar oʻynashyabdi Dilshod va Shirina qushchaga yordam berishyabdi Shalola olma teryabdi Eshitish qismi: Tushunish va berilgan topshiriqlarni bajara olishiga oid nutq materyalni eshitib farqlash. Savol: Nurshod sanab ayt nechta qalam bor? Barakalla Nurshod Topshiriq: qalamlar rangini ayt Barakalla Topshiriq: qizil rangdagi olmalarni ter Barakalla Topshiriq: yashil rangdagi olmalarni ter. Mashgʻulotni yakunlash: Nurshod biz sen bilan bugun [Shu] tovushini oʻrgandik. Dars senga yoqdimi Ragʻbatlantirish . Vazifa. Sh tovushi ishtirok etgan 5 ta gap tuzish. Download 162.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling