1. Elevatorlarning samaradorligi va turlari
Download 0.7 Mb.
|
Elevatorlar
1.Elevatorlarning samaradorligi va turlari Quvur elevatorlari quvur tizmasini og’irligini quduqdan ko’tarishda yoki quduqqa tushirishda hamda alohida quvurlarning shamini ushlab turishda xizmat qiladi. Elevator yuk ko’taruvchi qurilma bo’lib, quvurlar birikmasi va qo’shimcha yuklarning og’irligini qabul qiladi. Shtroplar-elevator tal ilgakka osiladi, elevator va tal ilgakining oraliq zvenosi sifatida xizmat qiladi. Quvurlar tizmasini tushirish-ko’tarish jarayonlarida bir quvurni yoki shamni tushirishda elevatorni ketma-ket siljitishga, jihozlashga (quvurga kiydirish va yopish), quvurlarni olishga va qaytadansiljitishga to’g’ri keladi; xuddi shunga o’xshash operatsiyalar tizmani tezlikni ko’tarishda ham bajariladi. Shunday qilib quvurlar birikmasida har bir quvurni tushirishda yoki ko’tarishda, quvurdan quvurga elevator ikki marta siljitiladi, bir marta quvurga zaryadlanadi va bir marta olinadi. Bu operatsiyalarning hammasi qo’lda bajariladi. Ikkita elevatordan foydalanilganda quvurlar tushirilganda-ko’tarilganda va quvurlar tokchalarga taxlanganda bir smena davomida bir brigada tomonidan 400-500 marta marta elevatorlar siljitiladi, unga mosholda elevatorlarni olish va zaryadlash ikki martaga ko’payadi hamda shtroplar 400-500 marta ko’chiriladi, olish va kiydirishlar soni ham ikki martaga oshadi. Bu operatsiyalarni ikkita ishchi bajaradi. Elevatorlarni quvurga va shtroplarni elevatorga kiydirish jarayonlarini amalga oshirishdagi vaqt va zo’riqishlar asosan ularning massasiga bog’liq va bundan tashqari elevatorning qurilmasi esa takomillashtirilgandir. Operatsiyalarni amalga oshirish vaqtni qiskartirish uchun ularni yengillashtirish, elevatorni va shtropni sxemasini kamaytirish xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shu tomondan qaraganimizda qulayligini va yopilishini hamda elevatorni yechilishini ta’minlash muhim hisoblanadi. Tushirish-ko’tarish operatsiyalarida yer osti va kapital ta’mirlash ishlarida qo’llaniladigan quvurlar elevatorining yuk ko’taruvchanligi ta’minlanishi, ayniqsa chuqurquduqlarni burg’ilashquvurlar yordamida olib borilganda 100-120 tonna yukni ko’tarishi kerak. Quvurlar elevatorlarini yopish tizimlari xavfsizlik talabidan kelib chiqib ishonchli bo’lishi, o’zi ochilib ketmasligi, ochishda va yopishda (qulflashda) murakkablik tug’dirmasligi kerak. Elevatordan binodan tashqarida foydalanilganligi uchun atrof-muxitning haroratida quvurlar bilan kontaktlashadi, ayniqsa parafin yotqiziqli, neftli, minerallashgan suvli va korroziya muhitda bo’ladi. Shuning uchun elevatorning konstruksiyasi va tayyorlanishi uni ishlatish sharoitida ishonchliligini ta’minlashi kerak. Elevatorning konstruktiv sxemasiga va uning o’lchamlariga quvurlarning turi ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtgacha to’rt xildagi bir-biridan turlari bilan farq qiladigan quvurlarning elevatorlari keng qo’llanilmokda (2.18-rasm). Elevatorlar balkali sxemada bajarilgan bo’lib, quvurlar elevatorning korpusida va uning yon tomonlarini tayanchidan ushlab turiladi, muftali quvurlarda va muftasiz tashqi kirgizmali quvurlarni ushlab turishda qo’llaniladi. Elevator balkali sxemada bajarilgan, quvurning silliqqismidan ponalar yordamida ushlab turadi, ichki kirgizmali muftasiz quvurlarda foydalaniladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling