1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
Psixolog kasbiga qo’yiladigan axloqiy tamoyillarini tahlil qiling
Download 144.02 Kb.
|
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
41.Psixolog kasbiga qo’yiladigan axloqiy tamoyillarini tahlil qiling
Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy tamoyillar Axloq – bu har qanday ijtimoiy guruhning xulq-atvori, axloqiy normalari yig'indisidir. Har qanday kasbiy guruh faoliyatida o'ziga xos me'yorlar, kasbiy xulq-atvor qoidalari ham ishlab chiqiladi, ular birgalikda kasbiy etikani tashkil qiladi. Bunday fikrlar tibbiy hamda ilmiy etikaga tegishlidir. Psixologning kasbiy faoliyati – bu insonning ichki dunyosi, inson shaxsiyati bilan ishlash. Va bu ish maxsus tamoyillar va axloq qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Psixologiya o'z ixtiyorida bunday vositalarga ega bo'lib, ulardan foydalanish alohida e'tibor talab qiladi. Endi psixologning kasbiy etikasining eng muhim tamoyillarini ko'rib chiqamiz. 1) Kasbiy kompetentlik tamoyili. Psixologning o'z huquq va majburiyatlarini, imkoniyatlari va cheklovlarini bilishi muhimdir. U o'zining kasbiy imkoniyatlarini aniq bilishi va faqat kasbiy tayyorgarlik darajasida harakat qilishi kerak. Psixodiagnostika usullarini, korreksiya, rivojlanish, maslahat dasturlarini qo'llashda psixolog ularning nazariy asoslarini bilishi va ularni amalga oshirish texnologiyasini yaxshi o'zlashtirishi kerak. 2) Shaxsga zarar yetkazmaslik tamoyili. Psixolog o'z faoliyatini birinchi navbatda mijozning manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Shunday ekan, tadqiqot yoki amaliy ish bilan shug'ullanishda shaxsga, u yoki bu tarzda zarar yetkazmaslik tamoyiliga amal qilishi kerak. Shuning uchun psixologning asosiy axloqiy tamoyili bu - "zarar berma". Psixolog faoliyati jarayoni va natijalari shaxs sog'lig'iga, holatiga, ijtimoiy mavqeiga, manfaatlariga zarar yetkazmasligi kerak. Psixolog eng xavfsiz va eng maqbul uslub va usullardan foydalanishi zarur. 3) Ob'ektivlik tamiyili. Psixolog hech kimga nisbatan noto'g'ri qarashga yo’l qo’ymasligi kerak. Uchinchi shaxslarning sub'ektiv fikri yoki talablariga bog'liq bo'lmagan ob'ektiv pozitsiyani egallash lozim. Mijozga nisbatan sub'ektiv taassurotiga, uning yuridik yoki ijtimoiy mavqeiga asoslanib xulosalar chiqarish va psixologik ishlarni bajarish mumkin emas. Buning uchun psixolog o'rganish maqsadi va shartlariga, yoshi, jinsi, ma'lumoti, sub'ektning holatiga mos keladigan metodikalarni qo'llashi kerak. Metodikalar standartlashtirilgan, me’yorlashtirilgan, ishonchli, validli, moslashtirilgan bo'lishi shart. 4) Mijozni hurmat qilish tamoyili. Psixolog sub'ektning, mijozning qadr-qimmatini hurmat qilishi va u bilan muomala qilishda halollik, ya’ni to’g’riso’zlik ko'rsatishi kerak. Psixologik ish jarayonida psixolog mijozning simpatiya va ishonch emotsiyalarini, psixolog bilan muloqotdan qoniqish hissini saqlab qolishga intilishi kerak. Tadqiqotni o'tkazishda uning maqsadini (umumiy va tushunarli shaklda) yetkazish kerak, mijozni olingan ma'lumotlardan qanday foydalanish haqida o’z vaqtida ogohlantirish lozim. 5) Kasbiy maxfiylikka rioya qilish tamoyili Psixolog psixodiagnostik metodikalarning maxfiyligini saqlashi kerak. Bu shuni anglatadiki, professional metodikalar mutaxassis bo'lmaganlar qo'liga tushmasligi lozim. Ularning yaroqliligi sir saqlanishi kerak. Psixologning kasbiy sharafining maqsadi psixodiagnostik usullarini noto'g'ri va axloqsiz qo'llashga urinishlarning oldini olishdir.Psixolog, shuningdek, psixodiagnostik tadqiqot natijalarining maxfiyligini saqlashi, unga putur yetkazmaslik uchun sub'ektdan (yoki mijozdan) olingan materialni ataylab yoki tasodifiy tarqatishdan qochishi kerak. Shu bilan birga, olingan ma'lumotlarning qat'iy hisobini yuritish (kodlash tizimidan foydalanishgacha), mijoz yoki boshqa uchinchi shaxslar uchun undan foydalanishni cheklash va olingan ma'lumotlardan to'g'ri foydalanish muhimdir. Download 144.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling