45.89.Dembo-Rubinshteynning o’z o’zini baholash metodikasi
Dembo-Rubinshteynning o’z-o’zini o’rganish metodikasi.
Maqsad: Shaxs o`z-o`zini baholashini Dembo-Rubinshteynning o’z-o’zini anglash metodikasi yordamida o`rganish
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
Ishning borishi:
Tajriba yakka holda yoki guruh sharoitida olib borilishi mumkin. Tekshiriluvchiga quyidagi ko`rsatma beriladi:
«Shaxs xususiyatlarini ifodalovchi so`zlarni diqqat bilan o`qib chiqing, bu sifatlarni ijtimoiy ahamiyati, foydaliligi va yoqimliligiga ko`ra 20 balldan 1 ballgacha baholab chiqing hamda javoblar varag`ining chap tomonidagi N ustuniga yozib qo`ying. Bunda 20 ball yeng ahamiyatli, yeng foydali va yeng yokimli sifatga, 1 ball yesa yeng yokimsiz, ahamiyatsiz va foydasiz sifatga beriladi. 19-2 ballar yesa ahamiyatlilik darajasiga ko`ra har bir sifatga qo`yib chiqiladi. Hech bir baho ikki marta qaytarilishi yoki biror sifat baholanmay qolishi mumkin yemas».
«Tavsiya yetilgan sifatlardan o`zingizga xos bo`lganini 20 ball, kamroq xos bo`lganini 19, umuman xos bo`lmaganini 1 ball tartibida baholab chiqing va javoblar varag`ining o`ng tomonidagi N ustuniga yozing».
Yuqori qatordagi sifatdan boshlab chap tomondagi N ustunidagi ballardan o`ng tomonidagi N ustunidagi ballarni ayirib, d ustuniga yoziladi.
d ustunidagi sonlarni kvadratga ko`tarib, d2 ustuniga yoziladi.
d2 ustunidagi sonlar yig`indisi hisoblanadi.
Quyidagi formula asosida o`z-o`zini baholash koeffitsienti aniqlanadi.
r=1 – 0,00075 · d2
Xulosa.
O`z-o`zini baholash koeffitsienti +1 dan –1 gacha bo`ladi. Natija +1 ga qanchalik yaqin bo`lsa, o`z-o`zini baholash shunchalik yuqori bo`ladi. Natija –1 ga yaqin bo`lsa, o`z-o`zini baholash past darajada, ya’ni shaxs o`ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`ladi. Natija +0,5 atrofida bo`lsa, o`zining ijobiy sifatlarini baholash o`rtacha, –0,5 atrofida bo`lsa salbiy sifatlarini o`rtacha baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |