1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Shaxsni yo’nalganligini o’rganish


Download 144.02 Kb.
bet41/64
Sana31.03.2023
Hajmi144.02 Kb.
#1311156
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni

59.64..Shaxsni yo’nalganligini o’rganish
Shaxsning faoliyatini yo'naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog'liq bo'lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo'naltirilganligi deb ataladi.
Shaxs Yunalganligi - bu barqaror motivlar yig'indisi bo'lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo'nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi.
Qiziqish - bilish ehtiyojini namoyon formasi bo'lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.
Dunyoqarash - insonning qarashlari tizimi bo'lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o'zining o'rnini anglash, kishilarga bo'lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari,e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo'ladi.
E’tiqod - insonni anglangan ehtiyoji bo'lib, u faoliyatga undaydi.
Ideal - bu namuna, intilishlarning eng Yuqori cho'qqisi.
Intilish - birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.
Inson o'z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o'zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o'zgaradi, o'z faoliyatini yo'naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o'z - o'zini yo'altiradi, o'z oldiga maqsad qo'yadi, maqsadga intilish yo'lida uchraydigan kiyinchilik va to'siqlarni engib o'tishga harakat qiladi. Maqsadga yo'naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosidaodamda faoliyatning motivlari, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq ichki turtki kuchlar paydo bo'ladi. Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo'naltiruvchi sababdir. Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega bo'lishga, uni qo'lga kiritishga o'z-o'zini yo'naltiradi.
Shaxsning faolligining yo'nalishi turli ehtiyojlar: kelib chiqishi, predmetiga ko'ra a) tabiat - inson o'zini, avlodini saqlab qolishdagi faolligi; b) madaniy-odamning insoniyat madaniyati mahsuliga bog'liq bo'lgan faoliyati; predmetiga ko'ra: v) moddiy - ovqatlanish kiyinish, uy-joy, maishiy turmush ashyolari; g) ma’naviy - ma’naviy madaniyatni o'zlashtirib olish, yaratish, o'qish, ilm, san’at, musiqa, kinofil’m, teatr va boshqalar asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.



Download 144.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling