1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Download 144.02 Kb.
bet44/64
Sana31.03.2023
Hajmi144.02 Kb.
#1311156
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni

Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervYu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervYu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya'ni ko’p masalalar Yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. IntervYu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’ rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.


63,77.Eksperimental psixologiya fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.Vundt shug`ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo’zg`atuvchiga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.1883 yilda Vundt o’z tajribalarini ommaga yetkazish uchun “Falsafiy maktab” degan jurnalga asos soladi va bu jurnalga 1903 yilda “Psixologiya maktabi” degan nom beriladi. 1889 yilda Vundt laboratoriyasi psixologiya institutiga aylantirildi. 1887 yilda Vundt psixologik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “E.Simmerman” firmasiga asos soldi. 1882 yilda Germaniyada yana boshqa psixologiyaga oid laboratoriyalar ochildi. Geytengen shahrida Myuller, Berlinda Ebbingauz, Freyburgda Myustenburg, Bonnda Lips, Geydelburg, Strasburg, Gallda psixologlarning kabinetlari ochildi. Keyinchalik esa Vyursburgda – Kyunpe, Frankfurtda – Shumann labratoiyalari ochildi.1890 yilga kelib Ebbingauz va Kenning ishtirokida “Sezgi a`zolari psixologiyasi va fiziologiyasi” jurnaliga asos solindi. 1903 yilda E.Meymann “Umumiy psixologiya arxivi” degan jurnal nashr ettira boshladi. Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib boshqa mamlakatlarda jumladan, Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langelar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi tizimiga kiradi.Bundan tashqari Rossiyada I.Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi sifatida tan olindi. Uning asosiy g`oyalari nevropatologiya va psixologiya patologiyalari edi. Shundan so’ng psixologiya va fiziologiyani bog`lab o’rganish avj oldi. 1886 yilda Qozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi ochildi. 1883 yilda esa Bexterev tomonidan “Nevrologik axborotnoma” jurnaliga asos solindi. 1894 yilda Bexterev harbiy akademiyada ikkinchi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Bu yerda asosiy e`tibor sezgilarga qaratiladi. 1886 yilda Bexterev asos solgan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya xabarnomasi” jurnalida akademiyada o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik nevropatologiya instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni o’rganuvchi institutga asos solinadi.XIX asrning 80-yillarida Xarkov va Yurev shaharlarida psixologiya laboratoriyalari ochiladi. Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda esa Kovalevskiy Rossiyada birinchi psixiatriya jurnali “Psixiatriya, nevrologiya va sud psixopatologiyasi” jurnalini nashr qildiradi.Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu laboratoriyaga V.F.Chij rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo’yicha Vundt laboratoriyasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga topshiradi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o’rganilgan. Bu yerdagi ma`lumotlar “Laboratoriya qaydlari” degan jurnalda yoritib borildi.1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi.

Download 144.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling