1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
Kasbiy layoqatni eksperimental o’rganish
Download 144.02 Kb.
|
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni
65.Kasbiy layoqatni eksperimental o’rganish
Kasbiy layoqatni (yarog‗lilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari qo‗llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va boshqalar). Ko‗pincha mutaxassisning layoqati ma‘muriy hujjatlarda o‗z ifodasini topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba‘zan kasbiy layoqatni o‗rganishda baxtsiz hodisalar (haydovchi, uchuvchi, mashinist, operator va boshqa kasb egalarida) hisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari baholanadi. Kasbiy layoqatni aniqlashda uquvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga nisbatan zehnlilik) foydalaniladi va o‗zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, erishgan natijasi mezon rolini o‗ynaydi. Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, mahoratning qirralari ekspert baholash metodi yordami bilan o‗lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (qo‗sh) taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‗llaniladi. SHkalaning sodda ko‗rinishi ball bilan baholashga mo‗ljallangan. SHkalani baholash o‗ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta‘minlaydi. Ba‘zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, shakl, parametrik ko‗rinishi va hokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida qo‗llanilib kelinayotgan «galo-effekt» metodikasi bunga yaqqol misoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog‗liq tarzda baholanadi. Natijada shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo‗qoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko‗rinishlari namoyon bo‗ladi. Ammo, balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uning barcha bosqichlardan, tarkiblardan tuzish ma‘qul. ęaqat shundagina yaqqol misollar, namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon bo‗ladi. Jahon psixologiyasida keng qo‗llanilib kelinayotgan metodlardan biri – bu kritik insidentdir. Muayyan o‗lchamlarga asoslangan holda ajratilgan insidentlar tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya‘ni tahlil qilish orqali insident xususiyati aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (u «pretranslyasiya» deb ataladi) birinchi bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi. Kasbiy layoqatni o‗rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jihozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasb sub‘ekti kasbiy mahoratning maksimal ko‗rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o‗tkaziladi. Download 144.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling