1. Ergonomika asoslari va uni inson mehnat faoliyatida ishtroki


Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari


Download 51.19 Kb.
bet5/6
Sana30.01.2023
Hajmi51.19 Kb.
#1141781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Faoliyat xafsizligini taminlashning ergonomik ko\'rsatkichlarini tahlil qilish.

3. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari


Tabiat resurslaridan intensiv foydalanish va atrof muhitini ifloslantirish, ilmiytexnikaviy yangiliklarni jamoat ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalariga tomonlariga keng joriy etish, bozor munosabatlarining shaklllanishi har xil tabiiy (suv bosishi, yerko`chishi, tabiatdagi yong’inlar, yerqimirlashlar va boshqalar), biologik (epidemiya, epizootiyalar), texnogen (yong’inlar, portlashlar, binolarning qo`lashi, radioaktiv moddalarning tarqalishi, hayotni taminlash sistemalaridagi avariyalar), ekologik (atmosferani anomal ifloslanishi, tuproqni sho`rlanishi, erlarni yalong’ochlanishi), antropogen (odamlarni xato ishlari oqibatida) va boshqalar bilan birga kuzatilmoqda.
Ular og’ir iqtisodiy oqibatlarga (sanoat, qurilish, transport, yashash va kommunal xo`jalik sferalarida, qishloq xo`jaligida) olib kelmoqda. Bu o`z navbatida xavflardan insonni himoyalashni nafaqat samarali tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni shu bilan birga hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga ma`lum darajada mablag’ sarf etilishini taqoza etadi.
Fan texnikaning revolyutsiyasi davrida ishlab chiqarishda erishilgan taraqqiyot har doim va hozir ham ishlab chiqarish muhitida hayot faoliyati xavfsizligiga salbiy ta`sir etuvchi zararli xavfli omillar darajasini oshishi orqali kuzatilgan.
Mamlakatimiz hududida ko`plab yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko`rsatmokda. Ularning ayrimlari atrof muhit va axoli uchun potentsiyal xavf hisoblanadi. Bu korxonalarning ba`zilaridagi texnologiyalarning nazorat va tartib intizomni past darajasi ishlab chiqarish ko`rsatkichiga ham salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Bular natijasida bu korxonalarga investetsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish vositalarini yangilashda muammolar yuzaga kelib va iqtisodiy holat yanada nochorlashadi. Bu kamchiliklarning hammasi ishchilar mehnat sharoitlarining yaxshilanmasligiga, ularni hayot faoliyatiga xavf soladigan ishlab chiqarish muhitini ijobiy tomonga o`zgarmasligiga sabab bo`ladi. Bular ishchilar o`rtasida ishlab chiqarish jarohatlanishlarini, kasbiy kasalliklarini ko`paytiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida qayd qilingan kamchiliklarni mavjudligi ularda avariya holatlarini keltirib chiqaradi. Bunda ishchilarni kasbiy mahoratlarini pastligi ham sabab bo`ladi. Statik ma`lumotlarning qayd etishicha ishlab chiqarishdagi avariyalarni 50 % dan ortig’i texnik xodimlarning noto`g’ri harakati natijasida sodir bo`ladi.
Bu avariyalarni oqibatlarini tugatish korxona va davlat iqtisodiga katta zarar keltiradi. Masalan, Rossiya federatsiyasida yuz beradigan har xil texnogen avariyalarni iqtisodiy oqibatlarini tugatishga davlat yalpi mahsulotining 1…2 % mablag’i sarflanar va uning ko`rsatgichini 4…5 % ga o`sish xavfi mavjud ekan. Bu mablag’ soglikni tizimlarini avtomatlashtirish; ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish; shinam havo iqlimini va yorug‘ligini yaratish shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash Shinam ishchi muhitini tanlash: Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish zonasi mikroiqlimi" ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan. Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan. Ishlab chiqarish xonalari ish xonasidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining risoladagi normalari.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xayot faoliyatining ergonomik asoslari o’z ichiga insonni har tomonlama yuz berishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatlarga tushmasliklari uchun ularga qulay sharoit tashkil qilishdan iborat. Shuningdek ishchini muhitning zararli va xavfli ta’siridan himoya qilish yo’llarini ishlab chiqadi. Ergonomika mehnatni ilmiy tashkil qilishning bir qismi bo’lib, uning vazifasi fan va amaliyotning eng yangi yutuqlari asosida mehnat jarayonlarini takomillashtirishdan , mehnat unumini uzluksiz o’stirib borishdan, mehnat sharoitlarini yaxshilashdan, mehnat madaniyatini oshirishdan iborat.
Tashqi omillarning insonga ta’siri : Iqtisodiy munosabatlar va boshqa omillar Ijtimoiy munosabatlar, urush mojarolari tabiiy ofatlar fauna (hayvonot), flora (o‘simlik), texnologiya energiya mehnat mahsuli mehnat vositalari mehnat predmeti.
Mehnatni muhofaza qilish to‘rtta qismdan iborat:
Mehnat xavfsizligining ergonomikasida mehnat jarayonlarida qulay sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o‘rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo‘ladi hamda intelektual va fizik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi.


Download 51.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling