1. Ergonomika asoslari va uni inson mehnat faoliyatida ishtroki
Download 51.19 Kb.
|
Faoliyat xafsizligini taminlashning ergonomik ko\'rsatkichlarini tahlil qilish.
Faoliyat xafsizligini taminlashning ergonomik ko'rsatkichlarini tahlil qilish. Reja: Kirish 1. Ergonomika asoslari va uni inson mehnat faoliyatida ishtroki2. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi3. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlariXulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya va biofizika ifanlarifling ma'lumotlari qo’ llaniladi. Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o’rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo’lad hamda intellektual va flzik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o'rtasida ma'lum kelishuvchanlik haqida so'z boradi. Albatta bunda o'ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to’g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham yechilavermaydi. Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o'lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni mehnat jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko'ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartarafqilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir. Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarniquyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo'lishimiz mumkin: Ma’lumotlani aks ettiruvchi vositalar (MAAV) ishlab chiqarish jarayonining, hamda alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida ma’lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar texnologik jarayonni bevosita o’zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va sifatli holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi. Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAAV quyidagi: vizual, akustik va taktik turlarga bo’linadi. Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini ratsional tashkilqilishning umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo’shimcha jihozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masaladar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo’yalishi) psixologik, fizologik - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi. Download 51.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling