1. eritmalarning umumiy harakteristikasi
Download 106.16 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. ERITMALARNING UMUMIY HARAKTERISTIKASI. 3. Eritmalar
Mavzu; Eritma tushunchasi Reja 1. Eritmalarning umumiy harakteristikasi. 2. Eritmalar kontsentratsiyasini ifodalash usullari. 3. Eritmalarning umumiy biologik axamiyati 4. Eritmalarning xossalari va xossalarining biologik ahamiyati. 1. ERITMALARNING UMUMIY HARAKTERISTIKASI. 3. Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan ikki va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat, undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. Eritmalarda erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Masalan, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar ikki modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. Eritmalar tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi (ekzoderma) yoki yutilishi (endoderma) ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. Eritmalar tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi. Bundan tashqari, eritmalar tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. Eritmalar tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farqlantiradi. Shu bois ham eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar deb qabul qilinadi. 4. Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil boʻlishi individual modda molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib, eritma komponentlari orasida yangi molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi boʻylab baravar tarqaladi. Molekulaning qattiq jism yuzasidan ajralishi bir tomondan — erituvchi molekulalari tortishish kuchiga berilishi tufayli roʻy beradi. Mazkur jarayon kristallning butunlay erib tugashiga qadar davom etishi mumkin, lekin bunga ayni vaqtdagi aks jarayon — kristallanishning boshlanishi toʻsqinlik qiladi. Konsentratsiyaning oshishi qayta kristallanishni tezlashtiradi. Maʼlum muddatdan soʻng kristallning erish tezligi qayta kristallanish tezligiga tenglashib dinamik muvozanat vujudga keladi:Erimagan modda <=> eritmadagi modda, yaʼni vaqt birligida qancha molekula erisa, shuncha molekula eritmadan ajralib chiqadi. Eriyotgan modda bilan muvozanatda boʻlgan eritma toʻyingan eritma deb ataladi. Hajm birligidagi konsentratsiyasi toʻyingan eritmanikidan kam boʻlgan eritma toʻyinmagan eritma hisoblanadi. Eritmada kristallanish markazi boʻlmasa, uni shunday sovitish mumkinki, bunda erigan moddaning konsentratsiyasi eruvchanligidan yuqori boʻlib qoladi, natijada eritmaning oʻzi oʻta toʻyingan holatga oʻtadi. Bunday eritma oʻta toʻyingan eritma deyiladi. 5. Suyuq eritmalarning oʻziga xos xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bugʻ bosimining pasayishi, krioskopik va ebulioskopik nuqtalarning oʻzgarishi orqali oʻrganiladi. Eritmalarning tuzilishi uni tashkil qilgan komponentlarning xossalari bilan aniqlanadi. Agar komponentlar kimyoviy tuzilishi, molekulalarning oʻlchami va boshqalar omillar boʻyicha yaqin boʻlsa, tuzilishi prinsip jihatdan sof suyuqliklar tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi koʻpchilik modda (elektrolit)larda aks jarayon boʻlgan dissotsiatsiya bilan bogʻliq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli erituvchilarda eriganida qisman yoki butunlay ionlarga parchalanadi, bu jarayon E.da zarralar sonining koʻpayishiga sabab boʻladi. Agar erituvchi suv boʻlsa, gidratlar, boshqa modda boʻlsa, solvatlar vujudga keladi. Bu jarayonlar tegishlicha gidratlanish va solvatlanish deyiladi. 1887-yil D,M.Mendeyayeyev oʻzining gidratlanish nazariyasini olgʻa surgan. Uning shogirdi I. A. Kablukov (umrining oxirlarida Toshkentda yashab, ilmiy ishlar olib borgan) oʻz ustozi ishlarini davom etdirdi. 6. Amaliyotda koʻproq toʻyinmagan eritmalardan foydalaniladi. Ularda erigan modda konsentratsiyasi toʻyingan Eritmalardagiga qaraganda kamroq boʻladi. Eritmada erigan modda miqdori eritma konsentratsiyasini belgilaydi. Erigan modda miqdori koʻp boʻlgan eritmalar konsentrlangan eritmalar, kam erigan (konsentratsiyasi nisbatan kam boʻlgan) eritmalar suyultirilgan eritmalar deyiladi. 7. Eritmalar odam, hayvon va oʻsimliklar hayotida muhim rol oʻynaydi. Oziqovqatlar hazm qilinishidan oldin eritmalarga oʻtkaziladi. Barcha fiziologik suyukliklar eritmalardan iborat eritmalar oʻsimliklarning oʻsishida va hosildorligining oshishida muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklar hosilini eritmalarga oʻtkazish sanoat texnologiyasining asosidir. Dengiz, okean, daryo, koʻl suvlari ham eritmalar, ularni tuzlardan tozalash, kimyoviy ishlash va boshqalar ham eritmalar texnologiyasi bilan bogʻliq. Polimerlar, lok, boʻyoqlar, sirt faol moddalar, sovun va boshqalar koʻp tonnajli mahsulotlar ham eritmalar bilan bogʻliqligi ularning xalq xoʻjaligida tutgan oʻrni muhimligidan dalolat beradi. Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. Tabiatda va texnikada eritmalarning ahamiyati katta. Tabiatdagi barcha suvlar eritmalar hisoblanadi. Ko’pchilik kimyoviy reaktsiyalar eritmalarda boradi. Eritmalar ikki yoki undan ortiq komponentlar (tarkibiy kismlar) va ularning o’zaro ta‘sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli (gomogen) sistemalardir. O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Eritma bir jinsli sistema bo’lgani uchun ko’z va mikroskop bilan eritma ichidagi erituvchi va erigan modda zarrachalarini ko’rib bo’lmaydi. Eritma tarkibini o’zgartirish mumkin. Masalan, sulfat kislota yoki nitrat kislotani suv bilan har qanday nisbatda aralashtirish mumkin. Sulfat kislotaning suvda erishi hech qanday chegaraga ega emas. Spirt ham suvda shunday eriydi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddalarning foiz miqdori 0 dan 100 % gacha bo’ladi. Bunday hollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma yo’qoladi; bulardan istalganini erituvchi deb qabul qilish mumkin Lekin juda ko’pchilik moddalar ayni temperaturada ma‘lum chegaraga qadar eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasida NaCI ning miqdori hech qachon 26,48% dan ortmaydi. Eritmalar tarkibning o’zgaruvchanligi ularni mexanik aralashmalarga yaqin deb qarashga imkon beradi. Lekin ularning bir jinsliligi va ko’p xollarda eruvchanlikning ma‘lum chegaradan oshmasligi eritmalarni kimyoviy birikmalarga yaqinlashtiradi. Shunday qilib, eritma mexanik aralashma bilan kimyoviy birikma orasidagi oraliq holatni egallaydi. Agregat holatiga ko’ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon bo’ladi. Suyuq eritmalarga misol tariqasida tuzlarning suvdagi eritmalarini ko’rsatish mumkin; qattiq eritmalarga nikel bilan misning qotishmasi (shulardan chaka – tanga yasaladi) yoki oltin bilan kumushning qotishmasi misol bo’la oladi; gazsimon eritmalar – gazlarning aralashmalari, havo bunga misol bo’la oladi. Bular orasida eng katta ahamiyatga ega bo’lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir. Eritmalarning fizikaviy xossalari (masalan, qaynash temperaturalari) erigan modda miqdori ortishi bilan o’zgaradi. Ko’pincha eritma hosil bo’lganida hajmiy va energetik o’zgarishlar yuz beradi. Ko’pchilik moddalar eritmalarning kimyoviy xossalari eritmada eruvchi modda miqdori ortishi bilan kam o’zgaradi. Eritmalar jonli va jonsiz tabiatda, fan va texnikada katta rol o’ynaydi. Hayvon va o’simlik organizmida fiziologik jarayonlar, tabiatda cho’kindi jinslarning hosil bo’lishi, ko’pchilik sanoat jarayonlari (masalan, ishqorlarning olinishi) asosan eritmalarda sodir bo’ladi. Download 106.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling