1. erkin gaz zaxiralarini hisoblashning hajmiy metodlari. Erkin gaz zaxiralarini bosimning pasayishi bo’yicha hisoblash metodlari


GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH METODINI TANLASH


Download 228.1 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi228.1 Kb.
#1603851
1   2   3   4   5
Bog'liq
13 GAZ VA GAZ KONDENSATI KONLARIDAGI GAZ VA KONDENSAT ZAXIRALARINI

GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH METODINI TANLASH
Gaz zaxiralarini hisoblash metodini tanlashda uyumni razvedka qilinganlik darajasi va uning ishlash rejimi hisobga olinadi. Zaxiralarni hajmiy metod bo’yicha hisoblash uyumni razvedka qilishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Bosim pasayishi metodidan foydalanish uchun quduqni sinash ma’lumotlariga ega bo’lish zarur. Sinov ishlatishning davomiyligi har bir aniq holatda bosim pasayishi metodi bo’yicha zaxiralarni hisoblashni asoslovchi dastlabki ishonchli ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda olish imkoniyatini hisobga olib belgilanadi. Bunda quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak:
1) ma’lum bir vaqt davomida chiqarib olinadigan gaz miqdori haqidagi aniq ma’lumotlar;
2) o’sha vaqt davomida quduqlar bo’yicha qatlam bosimini namunali manometrlar bilan o’lchash natijalari haqidagi barcha ma’lumotlar;
3) zaxiralarni hisoblash sanasiga qatlam bosimining asoslangan o’rtacha qiymatlari;
4) gorizontni ishlash rejimi va suvlilik chegarasining siljish dinamikasi haqidagi ma’lumotlar.
II guruhga geologik tuzilishi murakkab, maydon va kesim bo’ylab mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruvchanligi bilan tavsiflanuvchi konlar kiradi.
Bu guruhdagi konlar uchun B toifali zaxiralarni aniqlash razvedka ishlarining narxi qimmatligiga ko’ra maqsadga muvofiq emas. Loyihalarni tasdiqlash va kon ob’ektlari, sanoat inshootlarining qurilishiga kapital mablag’larni ajratish S1 toifali zaxiralar asosida ruxsat etiladi.
Ikkala guruhga tegishli konlarni ishlatish va ularni jihozlash Davlat Zaxiralar Komissiyasi bilan kelishilgan holda «O’zbekneftgaz» MXK da tasdiqlangan va tezkor hisoblangan zaxiralar asosida amalga oshiriladi.
Ishlayotgan neftuzatgichlar, gazuzatgichlar va neft konlari yaqinida joylashgan va olinadigan zaxiralari 5 mln. tonnagacha bo’lgan neft va neft-gaz konlari Davlat Zaxiralar Komissiyasi bilan kelishilgan holda tezkor hisoblangan zaxiralar asosida uch yil muddatga ishga tushirilishi va keyinchalik zaxiralarni hisoblab, ularni Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlatilishi zarur.
Sanoat miqyosidagi neft zaxiralariga ega bo’lmagan gaz konlari (uyumlari) bo’yicha:
a) yangi rayonlarda joylashgan kon ob’ektlari va sanoat inshootlarining qurilishi bo’yicha loyihalash va qidiruv ishlarini bajarish hamda kon(uyum)lardan tajriba-sanoat miqyosida foydalanish loyihasini tuzish tezkor hisoblangan B+C1 toifadagi gaz zaxiralari va C2 toifadagi zaxiralarning 50 % asosida bajariladi.
b) kon(uyum)larni ishlatish loyihalarini tasdiqlash, kon ob’ektlari va sanoat inshootlari qurilishiga kapital mablag’larni ajratish faqat Davlat Zaxiralar Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan B+C1 toifali zaxiralar mavjudligida amalga oshiriladi. Bunda geologik tuzilishi oddiy, mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlari o’zgarmas bo’lgan, I guruhga mansub konlar uchun kamida 20% zaxirasi B toifa bo’yicha razvedka qilingan bo’lishi, geologik tuzilishi murakkab, mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlari o’zgaruvchan bo’lgan, II toifaga mansub konlar uchun loyihalarni tasdiqlash va kon ob’ektlari, sanoat inshootlarini qurilishiga kapital mablag’ ajratish C1 toifali zaxiralar asosida ruxsat etiladi.
v) ishlab turgan gazuzatgichlar yaqinida joylashgan kon(uyum)larni uch yil muddatga tezkor hisoblangan zaxiralar asosida ishga tushirish va keyinchalik ularning zaxiralarini hisoblab Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlatish zarur.
I guruhga mansub konlardagi B toifali zaxiralar miqdori, neft va yonuvchi gazlar zaxiralari tasnifida (1983 y.) ko’rsatilgan zaxira miqdoridan kam bo’lganda neft yoki gaz qazib olish korxonalarini loyihalash va qurish ehtimoli Davlat Zaxiralar Komissiyasida zaxiralar tasdiqlangandan so’ng hal qilinadi. Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlangan neft va yonuvchi gazlar zaxiralari asosida foydalanishga topshirilgan ko’p qatlamli konlarda yangi intervallar va yuqorida yotuvchi qatlamlarda zaxiralar aniqlangan bo’lsa, ulardan foydalanishda kon ob’ektlarini va sanoat inshootlarini qayta tiklashga katta hajmdagi qo’shimcha kapital mablag’lar ajratilishi shart emas. Uyumlarni ishlatish quduqlarni burg’ilash ma’lumotlari bo’yicha bajarilgan tezkor hisoblangan zaxiralar asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishga tushirilgan neft va gaz kon(uyum)lari bo’yicha zaxiralarni yanada yuqoriroq toifalarga o’tkazish foydalanish quduqlarini burg’ilash va ularda tadqiqotlar o’tkazish chog’ida to’plangan ma’lumotlar, zarur hollarda esa qo’shimcha burg’ilangan razvedka quduqlari ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
Download 228.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling