1. erkin gaz zaxiralarini hisoblashning hajmiy metodlari. Erkin gaz zaxiralarini bosimning pasayishi bo’yicha hisoblash metodlari
NEFTDA ERIGAN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH
Download 228.1 Kb.
|
13 GAZ VA GAZ KONDENSATI KONLARIDAGI GAZ VA KONDENSAT ZAXIRALARINI
NEFTDA ERIGAN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH
Neftda erigan gaz zaxiralarini aniqlash hisoblash sanasida neftning gaz bilan to’yinganligi bo’yicha bajariladi. Agar neftning gaz bilan to’yinganligi haqidagi ma’lumotlar bo’lmasa, tegishli qatlam bosimida hisoblash sanasida neftda erigan gaz miqdori neftda gazning eruvchanlik egri chiziqlari bo’yicha aniqlanadi. Gaz zaxiralarini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarlarga ega bo’lish kerak: r - neft uyumidagi o’rtacha qatlam bosimi (hisoblash sanasida izobara xaritasi bo’yicha hisoblanadi, MPa); Q1 - hisoblash sanasida neftning chiqarib olinadigan (sanoat miqyosidagi) qoldiq zaxiralari, t; rP hisoblash sanasida o’rtacha gaz omili, m3/t; r hisoblash sanasida (r bosimda) grafik bo’yicha hisoblangan neftda gazning eruvchanligi, m3/t. Unda gaz zaxiralari V (m3) teng bo’ladi: rP r bo’lganda V=Q1r , rP r bo’lganda V=Q1rr Neftning gaz bilan to’yinganligini (hisoblash sanasida) chuqurlikdan olingan neft namunalarini tahlil qilish orqali aniqlash yaxshi natija beradi. Unda neftda erigan gaz miqdori neftda erigan gaz zaxiralarini hisoblashda dastlabki (boshlang’ich) ma’lumot bo’lib xizmat qiladi. Neftni chiqarib olishda uning qatlamda qolgan qismidan bosim pasayishi bilan gaz ajralib chiqa boshlaydi, bunda erigan gaz rejimida va gaz qalpog’i rejimida zaminda qolgan neftdan qo’shimcha olinishi mumkin bo’lgan gaz miqdori ham hisobga olinadi. Bu holda neftda erigan gaz zaxiralarini hisoblash formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: V0=Q0r0−Qol.b0poof−Qol.(b0−b)poof−Qch.o.ro , bunda V0 standart sharoitlarda neftda erigan gazning olinadigan zaxiralari, m3; Q0 standart sharoitlarda neftning balans zaxiralari, m3; Qol. standart sharoitlarda chiqarib olinadigan neft zaxiralari, m3; Qch.o. standart sharoitlarda chiqarib olinmaydigan neft zaxiralari, m3; b0 - p0 bosimda uyumni ishlatishning boshlanish sanasidagi qatlam neftining hajmiy koeffitsienti; bpo qoldiq bosimida uyumni ishlatishning yakuniy sanasidagi qatlam neftining hajmiy koeffitsienti; r0 0,1 MPa bosimda trapda o’lchangan dastlabki gaz omili rk ro qoldiq bosimda neftda erigan qoldiq gazning miqdori, m3/m3; pk - qatlamdagi qoldiq bosim, MPa; o pk bosimdagi gazning siqiluvchanlik koeffitsientiga tuzatish; f temperaturaga tuzatish… Hisoblashni soddalashtirish uchun odatda pk=1 MPa ga teng deb qabul qilinadi. Download 228.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling