Reja: Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi
Download 359.19 Kb.
|
Nyuton qonuniga bo`ysunmaydigan suyuqliklar-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz va suyuqliklarning oqishi
Gazlarning suyuqlikda erishi. Reja: 1.Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi. 2.Nyuton qonuniga buysunmas suyuqliklar. 3.Suyuqlikda tuyingan bug‘ining bosimi. Eruvchanlik — modda.ning biror boshqa modda bilan 2 va undan ortiq komponentdan iborat termodinamik barqaror bir jinsli sistema hosil qilishi. Gazlarning suyuqliklar bilan, suyuqliklarning suyuqliklar bilan taʼsirlanishi natijasida shunday sistema hosil boʻladi (qarang Eritmalar). Moddaning eruvchanligi oʻsha moddaning ayni sharoitda hosil qilgan toʻyingan eritmasining konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi. Turli moddalarning maʼlum erituvchilarda eruvchanligi tashqi sharoitga, asosan, temperatura va bosimga bogʻliq. Koʻpchilik suyukdik va qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ortishi bilan, gazlarning eruvchanligi esa bosim ortishi bilan ortadi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuniga boʻysunadi. Suyuqliklar bir-birida istalgan nisbatda (mas, suv bilan spirt), bir-birida maʼlum chegaragacha erishi (mas, suv bilan fenol) yoki bir-birida erimasligi mumkin (mas, suv bilan simob). Moddalarning eruvchanligi tashqi sharoit oʻzgarganda Le Shatelye — Braun prinsipi, yaʼni kimyoviy muvozanatning siljish prinsipiga muvofiq oʻzgaradi. Gaz va suyuqliklarning oqishi — gazsimon moddalar va suyuqliklarning bosim taʼsirida harakatlanishi. Gaz (yoki suyuqlik) sekin oqqanda qatlamlari oʻzaro parallel joylashadi. Bunday oqim laminar oqim deyiladi. Gaz (yoki suyuqlik) tez oqsa, qatlamlari oʻzaro aralashib ketadi. Bunday oqim turbulent oqim deyiladi. Gaz va suyuqlik katlamlari bir-biriga nisbatan harakatlanganda ular orasida ichki ishqalanish kuchi, yaʼni qovushoqlik paydo boʻladi. Nay ichida laminar oqimning turbulent oqimga utishi Reynolde soni pzV bilan ifodalanadi. Bunda: r — gaz yoki suyuqlik zichligi, 8 — oqish tezligi, g — nay-ning radiusi, g| — qovushoqlik koeffitsiyenti. Gazlarning qovushoqlik koeffitsiyenti suyuqliklarnikidan bir necha yuz baravar kichik boʻladi. Gaz yoki suyukdik nayda okishi uchun nayning ikki uchida bosimlar farqi Ar=r,—r2 boʻlishi shart. Laminar oqim uchun maʼlum vakt ichida naydan oqib oʻtgan gaz (yoki suyuqlik) hajmi Puazeyl formulasi bilan ifodalanadi: V = vro,8l" (bunda Ar— bosimlar farqi, / — nay uzunligi). Juda past bosimda (vakuum da) gazlarning oqishi normal sharoitdagidan farq qiladi. Gaz oqkan vaqtda molekulalari bir-biri bilan toʻqnashmasa, bunday oqim molekulyar okim deyiladi. Molekulyar okimda naydan oqib oʻtgan gaz miqdori molekulalar tezligiga va nay radiusining kubiga toʻgʻri proporsional, qovushoqlik koeffitsiyentiga bogʻliq emas. G. va s.o.ni oʻrganish aerodinamika, gaz dinamikasi fanlarining asosiy masalalaridan hisoblanadi Download 359.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling