Reja: Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi
Download 359.19 Kb.
|
Nyuton qonuniga bo`ysunmaydigan suyuqliklar-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi.
3. Dilatant suyuqliklar soxta plastik suyuqliklarga o`xshash bo`lib, ulardan tezlik gradienti ortganida o`sib borishi bilan farqlanadi (1.4-rasm, 4-chiziq), siljituvсhi zo`riqish (1.25) formula bilan ifodalanadi. Dilatant suyuqliklarning soxta plastik suyuqliklardan farqi shundaki, ularda m doimo 1 dan katta bo`ladi. Dilatant suyuqliklar bingam va soxta plastik suyuqliklarga nisbatan kam uсhraydi.
Bundan tashqari, va o`rtasidagi bog`lanish vaqtga bog`liq bo`lgan suyuqliklar ham tabiatda uchrab turadi. Ularning yopishqoqlik koeffisiyenti zo`riqishning qancha vaqt ta'sir qilganiga qarab o`zgarib boradi. Bunday suyuqliklarga ko`pgina bo`yoqlar, sut mahsulotlarining ko`p turlari, turli smolalar misol bo`ladi. Ular tiksotrop suyuqliklar, reopektant suyuqliklar va maksvell suyuqliklari deb ataluvchi gruppalarga bo`linadi. Bu suyuqliklarning yana bir xususiyatlari shundan iboratki, ularning ba'zi turlari (maksvell suyuqliklari) qo`yilgan zo`riqish kuchi olinishi bilan avvalgi holatiga qisman qaytadi (ya'ni hozirgi zamon fanining tili bilan aytganda xotirlash xususiyatiga ega bo`ladi). Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuni bilan ifodalanadi. Uzgarmas xaroratda ma’lum xajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga tugri proporsional bo’ladi: m = k * P k - gazning massasi; R - gazning bosimi. Genri-Dalton qonuni: Gazlar aralashmasi suyuqliklarda eritilganda xar kaysi gaz mustakil ravishda eriydi, ya’ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar xalal bermaydi, erish gazning parsial bosimigagina boglik. Genri va Genri-Dalton qonunlariga suyuqlik bilan reaksiyaga kirishmaydigan gazlargina (past bosimda) buysunadi. Хaroratning kutarilishi gazlarning eruvchanligini kamaytiradi. Eruvchanlik eruvchi va erituvchining tabiatiga, xaroratga va bosimga boglik. Eritmalarning tabiatdagi ahamiyati juda katta. Odam va xayvonlar organizmida ovqat eritma holida xazm bo'ladi. Yoki o'simliklar oziqlik moddani tuproqdan eritma holatida qabul qiladi. Shuningdek, kimyoviy ishlab chiqarishda ko'pgina jarayonlar (masalan ishqorlarning olinishi) asosan eritmalarda sodir bo'ladi. Erishning issiqlik effekti. Moddalar eriganda issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Bir mol modda eriganda yutiladigan yoki ajraladigan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deb ataladi, hamda Q harfi bilan belgilanadi. Agar modda eriganda issiqlik yutilsa Q manfiy ishora bilan issiqlik ajralib chiqsa musbat ishora bilan ko'rsatiladi. Masalan, ning erish issiqligi -6,32 kkal(-26,5kj)ga, KOH ning erish issiqligi +13,3 kkal ((55,7kj)ga teng. Download 359.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling