1. «Erkin iqtisodiy hududlar» (eih) mohiyati va tashkil qilinishining sabablari


Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tuzilmasi


Download 27.13 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi27.13 Kb.
#1303495
1   2   3   4
Bog'liq
suxrob tif

16.3. Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tuzilmasi.
Rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’proq tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali ochiq iqtisodiyotga o’tish bilan bog’liqdir. Barcha rivojlangan davlatlar boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqalar olib boradi, birinchi navbatda bir-birlari bilan.
Jahon eksportida iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlari ulushi 72-73 foizni, 1998 yili 72,4 % tashkil etadi. 90-yillarda yillik tovar va xizmatlar eksporti notekis rivojlanib bordi. 1998 yilning o’zida IHTTga a’zo davlatlar tovar va xizmatlar eksporti 4016 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksportining tuzilishida fan yutuqlari asosida yaratilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsulotlar katta ahamiyatga egadir. SHuningdek, sanoat maxsulotlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lganlari elektronika va axborot texnologiyalar, axborotni avtomatik qayta ishlovchi, elektroaloqa asbob-uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar, elektron mikrosxemalar va boshqalar alohida ahamiyatga egadir.
90-yillarniig o’rtasida SRM tomonidan jahon bozoriga 70 % shunday maxsulot yetkazib berildi. Bu maxsulotlarning asosiy eksportyori AQSH va YAponiya bo’lib ularning hissasi 40 foizni, G’arbiy Yevropaning hissasi esa 28%ni tashkil etadi. Xizmat ko’rsatish bilan bog’liq sohaning o’sishi juda tez suratlar bilan bormoqda. Ayniqsa, keyingi 15 yilda tovarlar eksportiga nisbatan bu soha juda tez rivojlanib borib, 2010 yilda jami eksportning 23%ini tashkil etdi.1
Bu jarayonga 90-yillardan rivojlanishiga internet va boshqa axborotlar uzatish tarmoqlar tizimi katta turtki berdi. Bu sohaning ahamiyati beqiyos o’sdi va yanada o’sib bormoqda. Tez suratlar bilan ayniqsa, ishbilarmonlik bilan bog’liq xizmatlar tez o’sib bormoqda. Bu xizmatlar 1980 yildan 1994 yilga qadar 28%dan 49%ga o’sdi. Turizm umumiy xizmatlar eksportini 1/3 ni tashkil etmoqda2. YAngi texnologiyalar sog’liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, san’at sohasida xizmatlar eksportini kengayishiga katta imkoniyatlar yaratmoqda. SHu bilan birga bu mamlakatlar katta miqdorda maxsulotlarni ham import qiladi. 2010 yili turli xil oziq-ovqatlarni 69,2 %ini, oziq-ovqat xom-ashyosi 61,6%ni, yoqilg’ini 61,4%ni, ruda va metallar 63,7%ni, ximikatlar 63,5% ni, mashina va transtortlar 65%ni, va 67,5 foizi boshqa maxsulotlarni SRM import qiladi. 80-yillarga nisbatan hozirda bu mamlakatlar import tuzilmasini tarkibi ham o’zgaradi. Importning katta qismini hozirda oziq-ovqatlar, transport vositalari va boshqa uzoq foydalanish mumkin bo’lgan maxsulotlar tashkil qilayotganini kuzatish mumkin. SHu bilan birga bu mamlakatlarning importi yoqilg’ilar, ruda metallarni hissasi kamayotganini ko’rish mumkin. SRM iqtisodiyotini erkin iqtisodiyot bo’lishi bilan birga ular o’z eksporterlarini aktiv qo’llab-quvvatlaydilar. Bunday qo’llab-quvvatlashlarning asosiy uslublari eksport kreditlarini davlat kafolatlari, ekportni subsidiyalash, birinchi navbatda qishloq xo’jaligi maxsulotlari va yangi yuqori texnologiyali tarmoqlarni, shuningdek antidemping usulini ham rivojlangan mamlakatlarga nisbatan qo’llaydilar, SRMlar aynan chog’da asosiy kapitallar eksportyorlari va importyorlari ham hisoblanadi. Bu davlatlar eksportini va importini ishbilarmonlik va ssuda kapitali tashkil etadi. 1997 yili 90% to’g’ri investitsiyalarga 80% ni SRM o’z iqtisodiyotiga qo’ydilar.
Bu sohada birinchi davlat AQSH hisoblanib, 1997 yili ular 114,5 mlrd. dollar eksport qilgan bo’lsa, dunyo bo’yicha 424 mlrd. dollarni tashkil etdi. Kapital importi esa 91 mlrd. dollarni tashkil etdi. Uning 60% kapital qo’yilmalari asosan Angliya, Kanada, YAponiya, Frantsiya, Germaniya, SHveytsariya va Niderlandiyaga to’g’ri keladi. Bu mamlakatlar o’z navbatida AQSH ni 85% chet el investorlari bilan ta’minlaydi.
Keyingi o’rinda yirik xalqaro investorlar YAponiya, yeH va Kanada hisoblanadi. Ikkichi o’rinni AQSHdan keyip YAponiya egallab turibdi. U o’z investitsiyalarining 1/Z qismini AQSHga qo’ygan. G’arbiy Yevropa davlatlariga qo’yilgan YApon kapitali 80% moliyaviy xizmat va savdo faqat 15% qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga qo’yilgandir. G’arbiy Yevropa kapitali esa asosan AQSHga qaratilgan bo’lib, uning salmog’i jami kapital qo’yilmalarining 2/3 qismini tashkil etadi. O’z navbatida G’arbiy Yevropa taxminan AQSH to’g’ri investitsiyalarini yarmini oladi.
Evropa va AQSH to’g’ri investitsiyalarining asosiy qismi yuqori texnologiyali tarmoqlarga yo’naltiriladi.
Misol uchun AQSH IBM korporatsiyasining YAponiyada bo’limi bo’lib, unda 18 ming ishchi ishlaydi, uning yillik ishlab chiqargan maxsulotining summasi 6 mlrd. dollarni tashkil etdi. U YAponiyaning yirik kompyuter texnikasi eksport qiluvchi korxonasi hisoblanadi.
YAponiya AQSH sanoatiga - 18%, savdosiga esa 41% investitsiyalarning qo’ygan qolgan qismi moliyaviy sohaga va ko’chmas mulk uchun qo’yilgan. G’arbiy Yevropaga qo’yilgan investitsiyalarni 16%ini sanoat tarmoqlariga qolgan qismi tavakkalchiligi kam bo’lgan qisqa va o’rta muddatli va ko’proq foyda qiluvchi savdo-sotiqqa qo’yganlar. Rivojlangan mamlakatlarni investitsiya aktivligini o’sishini manbasi kompaniyalarni bozorga kirishi, ayniqsa amaldagi axborot texnologiyalari sohasidagi faoliyatining kengayishi va uning xizmatidan foydalanish bo’lmoqda. SHunday qilib, Amerika, Yevropa va birmuncha pastroq darajada yaponiya kompaniyalari o’z investitsiyalarini asosan rivojlanishi nisbatan o’zlariga teng bo’lgan SRMga qo’yadilar. Bu holat kelajakda saqlanib qolishi kutilmoqda.
IHTTga a’zo mamlakatlar 90% xalqaro ssuda kapitali bozorini tashkil etmoqdalar. Amalda 80-yillarda SRMlar asosan moliyaviy resurslarni importerlar bo’lgan bo’lsalar, 90-yillardan hozirga qadar o’zgarib netto eksporterlarga aylandilar. Moliyaviy resurslar harakatining bosh yo’nalishi va global investitsion iqlim asosan SRMning fond va valyuta bozorlaridagi holatlarga bog’liqdir.
SRMning asosiy ishchi kuchi import qiluvchilar bo’lish bilan birga ma’lum ma’noda yuqori malakali mutaxssislarni eksportyorlari hamdir. Lekin ularning eksporti 2%ini tashkil etadi. Faqat Portugaliyagina 10 % ishchi kuchi eksportyori hisoblanadi.
AQSH ishchi kuchining asosiy bozorlaridan biri hisoblanadi. U 1960 yili G’arbiy Yevropadan 140 ming ishchi kuchi import qilgan bo’lsa, hozirda o’rtacha yiliga 63 ming ishchi kuchini import qilmoqda. Bunday o’zgarishning asosiy sababi SRMning iqtisodiy rivojlanishidagi farqni kamaytirishga va nisbatan rivojlanish darajasini yaqinlashishidir.
AQSH hozirda ham o’z ishchilarining safini yuqori malakali ishchi emigrantlar hisobiga to’ldirib bormoqda. AQSH uchun hozirda sharqiy Yevropa ham yangi ishchi kuchi importi uchun manba hisoblanadi. SHunga qaramasdan AQSHning 80% imigrant ishchilarini Lotin Amerikasi va Osiyoliklar tashkil etadi. Lekin ularning malakasi AQSH ishchilari malakasiga nisbatan 4 marta pastdir. G’arbiy Yevropadagi holatga to’xtalsak 90 yillarni o’rtasida tashqaridan 10 mln. aholi yoki 11% ni kelgan ishchilar tashkil etadi. Ularning oylik maoshlari o’rtacha Yevropalik ishchilarga nisbatan 1,5 - 2 marta pastdir.
Ma’lumki, har qanday tashqi iqtisodiy aloqalarning hisob-kitoblari valyuta (uning almashinuvi) bilan amalga oshadi. Barcha SRM erkin valyuta siyosatini olib boradilar. Ayrim hollardagina valyuta cheklovlarnni qo’llashlari mumkin.
Tinch ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanish sharoitida ham davlat boshqaruv darajasi o’zgarib turadi, bunga davrli mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar sabab bo’ldi. Davlat inqirozdan chiqish va barqaror rivojlanish yo’lida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonni boshqaradi.

Download 27.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling