1. «Erkin iqtisodiy hududlar» (eih) mohiyati va tashkil qilinishining sabablari


Download 27.13 Kb.
bet4/4
Sana28.03.2023
Hajmi27.13 Kb.
#1303495
1   2   3   4
Bog'liq
suxrob tif

Qimmatli qog’ozlar bozori.
Amerika xo’jalik yuritadigan hududlarining qulayligi u yerda ko’p sonli fond birjalari paydo bo’lishiga olib keldi. Brokerlik biznesidagi qattiq raqobatchilik jarayonida Nyu York Amerikaning birja markaziga aylandi. Nyu York shuningdek butun dunyoning yirik fond birjasi (ASE) hamdir. SHu tariqa dunyoda moliya operatsiyalari markaziga aylandi. Bulardan tashqari hozirgi vaqtda AQSHda sakkizta mintaqaviy fond birjalari CHikago, Filadelfiya, Tinch okeani, Boston, TSintsinati, Sinakanda va Solt Leyk–Sitidagi, barcha birjalar ishlab turibdi.
AQSHda qimmatli qog’ozlar bozorining tez rivojlanishi yirik Amerika sanoatining barpo etilishiga katta yordam berdi. Bu tabiiy hol bo’lib ingliz – Saksoniya mamlakatlardagi fond birjalari avval boshdanoq Yevropa qitasidagi mamlakatlarning birjalariga qaraganda iqtisodiyotda ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan.
Amerika qimmatli qog’ozlar bozori asosan yettita nazorat qiluvchi organ tomonidan boshqariladi. Ularning to’rttasi federal darajada, uchtasi har biri alohida olingan shtat darajasida pul bazasining miqdorini o’zgartirishini va pul muomalasi jarayonini tartibga solib turadi.
1993 yildan AQSH da 1992 yil fevralida qabul qilingan iqtisodiyotni sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishi tufayli, iqtisodiy yuksalish davri boshlandi. Biroq u yangi ish o’rinlarining keskin ko’payishiga olib kelmadi. CHunki, Amerika kompaniyalarining yuksak texnologiyasi xodimlar soni minimal darajada bo’lgan holda, ishlab chiqarishni ancha oshirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari boshqa davlatlarning raqobatchiligini kuchayishi, Lotin Amerikasi, Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy siyosatning erkinlashuvi hamda SHarqiy Yevropa va Sobiq Ittifoq bozorlarining ochilishi eksportni kuchaytirish imkonini kengaytirdi.
SHu yilda AQSHda xizmatlarni eksport qilishdan olingan daromad YAIMning -7,3 foizini tashkil etdi. Holbuki, ular Germaniyada 19,4%, YAponiyada esa 8,6% bo’lgan edi. SHu davrda AQSHning 104 ming kompaniyasi o’z maxsulotini eksport qildi. SHularning uchdan ikki qismi mamlakatlararo kompaniyalardir. Lekin, AQSH savdo vazirligining bergan bahosiga ko’ra o’z maxsulotini eksport qilishi mumkin bo’lgan Amerika kompaniyalarini soni ancha ko’p. CHunki tovar eksportining deyarli yarmi 50 ta kompaniya hissasiga to’g’ri keladi. Jami eksportning 64% esa AQSHning 10 shtatida amalga oshiriladi.
Milliy eksport strategiyasida Amerika eksportini ancha ko’paytirish imkoniyatlari mavjud. Bu strategiya federal agentliklar bilan eksport sohasida hamkorlikni faollashtirish uchun hisoblash texnikasi va boshqa yuqori texnologik tovarlarni eksport qilish ustidan nazoratni yengillashtirish, eksportni moliyalash uchun qo’shimcha mablag’ ajratishga asoslangan.
YAponiya jahon xo’jaligida asosiy o’rinni egallabgina qolmay, jahon savdosida ham asosiy o’rinni egallaydi. YAponiyani 1995 yili tashqi savdo oboroti 669,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich bo’yicha u dunyoda 3-o’rinni (AQSH va Germaniyadan keyingi) egallaydi. 90-yillarga qadar YAponiyaning birinchi darajali eksportdan importga hamkori AQSH bo’lib kelgan edi. Hozirgi vaqtda holat o’zgarib uning yirik tashqi savdo hamkori Janubiy-SHarqiy Osiyo bo’lib qoldi. 1997 yili YApon eksporti va importinipg 28%i shu mamlakatlarga to’g’ri kelsa, AQSHga 26%i to’g’ri keldi.
Evropa Ittifoqi – 14%, Xitoyga-7% dan ozroq umumiy tashqi savdo oborotini tashkil etdi. Kelajakda Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari YAponiyaning asosiy hamkori bo’lib qolishi kutilmoqda va uning iqtisodiyoti unga bog’liq rivojlanishi ehtimol qilinmoqda. Bu aynan tadqiqot bo’lib, uning hamkorligi YAIM va ASEAN davlatlari va XXR bilan kengayib uning tayanch hamkoriga aylanib bormoqda. Uning import tovar tuzilmasi asosan xom-ashyo va yarim fabrikatlardan iborat bo’lib, ularning narxi mana ikkinchi o’n yillik ketmoqdaki, jahon bozorida tushib bormoqda. Uning eksport maxsulotlari tayyor maxsulotlarni tashkil etadi. Natijada xom-ashyoni arzon sotib olib tayyor maxsulotni qimmat bahoda sotmoqda, bunday qulay tashqi savdo konyukturasi YAponiyani iqtisodiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Tashqi savdoda esa barqaror aktiv saldo bo’lmoqda.
YAponiya mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarida og’ir mashinasozlik va elektronika sanoati bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. SHu tarmoqda mehnat unumdorligi AQSHga nisbatan 10% ortiqdir. SHuning uchun ham YAponiyaning shunday maxsulotlari dunyo bozorida xaridorgir hisoblanibgina qolmay, AQSH, yeH va Osiyo mamlakatlari ichki bozoriga ham keng kirib bormoqda. AQSH va YAponiya o’zaro tashqi savdosida 70% maxsulotlarni og’ir mashinasozlik va elektrotexnika maxsulotlari tashkil etadi. U 80-yillarda tovarlar eksportyori bo’lgan bo’lsa, 90-yillarda esa kapital eksportyoriga aylandi. Hozirda sanoat maxsulotlariga Osiyoni YAIM maxsulotlari kuchli raqobatchilarga aylanmoqda, bu esa YAponiya iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni yangi bosqichini boshlanishiga olib keldi. Bu o’zgarishlar ichki talablar asosida shakllanmoqda. Asosan xizmat ko’rsatish va informatikani roli oshib bormoqda. SHunga mos YAponiyani o’z ilmiy-texnika potentsiali ham rivojlanmoqda. SHunday bir sharoitda davlatning roli yanada oshib bormoqda, ayniqsa, iqtisodiyotni rivojlanishini nazoratsiz bozordan, tashqi xorijiy investitsiya va monopolistik monstrlardan himoya qilishda.
2007 yildagi moliyaviy inqiroz ko’plab yirik banklarni va investitsion kompaniyalarni bankrotlikka olib kelib qo’ydi. Bu esa zudlik bilan chora-tadbirlar qo’llashga majbur etdi. Bu tadbirlar boshida umumiy iste’mol mollarini eng yangi fan-texnika yutuqlari asosida yaratilgan texnologiyalar asosida ishlab chiqarish o’tish bo’ldi.



1 Манба: (World Economic and Social Survey. V.2010 p, 278.)

2 МЭиМЭ, №2, 30-бет

Download 27.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling