Tibbiyot kasbiga kirish
Download 47.35 Kb.
|
Keksa bemor. Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari
ANGREN UNIVERSITETI D 12-GURUH TALABASI “Tibbiyot kasbiga kirish” FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: Keksa bemor. Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari BAJARDI: Tuxtasinova Nigina TEKSHIRDI:________________________ Angren-2023 Keksa bemor. Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari 29- rasm. Qariya bemorlar mehr va parvarishga muhtoj. 1. Gerontologiya fani to’g’risida umumiy tushuncha. Gerontologiya fani- keksa organizm kasalliklari bilan shug’ullanuvchi tibbiyot fani. Gerontologiya fani odamning qarish jarayonini o‘rganadigan fan bo’lib, yunoncha geros -qari va logos -fan degan ma'noni anglatadi. Gerontologiya va geriatriya o’quv dasturlarida asosiy o’rinni egallashi lozim, chunki qarilik deb atalmish ko’pgina o’zgarishlar erta - yetuklik, xatto o’smirlik davrlarida xam boshlanishi mumkin. Gerontologiya asosini qarish biologiyasi tashkil qiladi, ammo qarilik muammolari kompleks bo’lib, biotibbiy, psixologik, antropologik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan iboratdir. U turli xil bilimlar asosida kelib chiqib tobora oshib bormoqda. Gerontologiyaning asosiy maqsadi insonni faol va to’la qonli xayotini uzaytirish yo’llarini izlab topishdir. Gerontologiya tibbiy biologiya fani bilan chambarchas bog’liq bo’lib, qarish sabablarini molekula va xujayralardan to butun organizmgacha o’rganadi. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish xar bir tibbiy xodimlarining mexnatini asosini tashkil etadi, chunki tibbiy xizmatga muxtoj bemorlarning 25-30 foizini keksa yoshdagi bemorlar tashkil etadi. Bundan tashqari demografik ko’rsatkichlarda xam qariyalar soni oshib bormoqda. Bu esa o’z navbatida gerontologiya soxasidagi bilimlar doirasini yanada chuqurroq kengaytirishga olib keladi. 2. Gerontologiya fani tarkibiy qismlari. Gerontologiya fani quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir: 1. Qarish biologiyasi –qarish jarayonida to’qimalarda kechuvchi biologik jarayonlar. 2.Geriatriya – keksa, yoshi qaytib qolgan kishilarda kasalliklarning kechishi xususiyatlarini o’rganadigan fan bo’lib, Sog’liqni Saqlash tizimi amaliyotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda(29- rasm). 3.Gerogigiena – keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigienasini o’rganadigan fandir. 4.Gerontopsixologiya – keksalar psixikasi va fe'l-atvorini o’rganadigan fandir. 5.Gerodietika – keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning xususiyatlarini o’rganadigan bo’limdir. 6.Gerodermiya – keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarini o’rganuvchi bo’limdir. 7.Geroekologiya – qarish jarayoniga ekologik omillarning ta'sir etishini o’rganuvchi bo’limdir. 3. Inson organizmi yosh ko’rsatkichlari bo’yicha tasnifi. 1963 yili gerontolog va geriatrlarning Butun dunyo Sog’liqni Saqlash tashkilotining qarilik jarayoni xaqidagi seminarida qabul qilinishicha: - 45 yoshdan 59 yoshgacha o’rtacha yosh; - 60 yoshdan 74 yoshgacha keksaygan yosh; - 75 yoshdan 89 yoshgacha qarigan; - 90 yoshdan katta yoshdagilar uzoq umr ko’ruvchilar deb ataladi. xar yili qariyalar soni yer yuzida 2,4% ga ko’paymoqda. Uning sababi: axolini ijtimoiy-iqtisodiy xolatining, xamda gigienik sharoitning yaxshilanganligidadir. Ayrim ma'lumotlarga ko’ra 2020 yilga kelib keksa va qariyalar soni 1 mlrd.ga yetishi mumkin. Qarilik – organizmda yoshning ulg‘aya borishi bilan ro‘y beradigan tabiiy o‘zgarishlarning yakuniy bosqichidir. Qarish jarayonlarida organ va to’qimalardagi o’zgarishlarga tashqi muxit ta'sir qiladi. Qarilikdagi o’zgarishlar fiziologik jarayon bo’lib, ko’pchilik olimlar fikriga ko’ra birlamchi kasallik xisoblanmaydi, lekin organizmning funksional qobiliyatining cheklanishiga va tashqi zararli omillarga chidamliligining pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari qarish biologik parchalanuvchi jarayon bo’lib, bunda organizmning moslashish qobiliyati cheklana borib, turli patologik o’zgarishlar rivojlanadi va o’lim muqarrarligi tezlashadi. Download 47.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling