Mavzu: Texnologiya va dizayn yoʻnalishi mazmuni. Oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan
Download 24.05 Kb.
|
Texnalogiya va Dizayin yo\'nalishi mazmuni o\'quvchilar egalashi lozim bo\'lgan bilim ko\'nikma va malakalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim, ko‘nikma, malaka, kasb, ixtisoslik.
Mavzu: Texnologiya va dizayn yoʻnalishi mazmuni.Oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan Koʻnikma va malakalar R e j a : Texnologik jarayon ,uning mazmuni va amaliy koʻnikmalarning egallashdagi bilimlar Dizayn yaratishda materiallarning sifati va samaradorligini Texnologiyada dizaynning oʻrni va vazifalari Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak: Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o‘sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog‘och turlarini farqlay olish; Yog‘ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta’mirlay olish; yog‘ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yoyi, stanokni ishga ayyorlay olish; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza olish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish. Bilim, ko‘nikma, malaka, kasb, ixtisoslik. Bilim, ko‘nikma, malaka, kasb, ixtisoslik. Pedagogik nuqtai nazardan olib qaydigan bo‘lsak, bilim bu – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Texnologiya darslarida o‘quvchilarni tarbiyalash va ularni bo‘lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Quyi sinf o‘quvchilariga texnologiya ta’limini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Mehnat malakalari va ko‘nikmalari faqat texnologiya ta’liminigina natijasi bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga jalb qilish sharti hamdir Bundan tashqari ko‘nikma – kishining bilim va elementar tajriba asosida egallagan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo‘lgan qobiliyatidir. Masalan: Gazlamani yoki metall materiallarini to‘g‘ri kesa bilish ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri ushlay bilish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash, qomatni muvofiq keluvchi tarzda tutish degan ma’noni anglatadi. Bu o‘rinda ustalik bilan harakat qilib, ma‘lum ish shartlariga, masalan, ishning surati va aniqligiga rioya qilish kerak. Aks holda ish unumsiz bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning bilimlari ish jarayonida bajarilayotgan harakatlarning nazariy asosi hisoblanadi. Harakatning ayrim bosqichlari va ularning izchilligni ana shu bilimlar orqali anglanadi, tushuniladi. «Texnologiya va dizayn» yo’nalishi bo’yicha o’quvchilar quyidagbilimlarga ega bo’lishlari kerak: Metallga ishlov berish texnologiyasi:rangli metallar va ularning qotishmalarining mexanik xossalari; tayyorlanadigan buyumlar; yupqa tunukalar, simlar turlari, undan yasaladigan detallar; sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to’g’rilash asboblaridan foydalanish; shtangensirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o’lchash usullari; nonius bilan hisoblash; o’lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish; frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari; charxlash usullari; tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi; metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruksiyalash elementlari; mahsulot tayyorlashda rang va ranglar uyg’unligini his qilish; xromatik va axromatik ranglar; ranglarning inson psixologiyasiga ta’siri; rang va muhit; rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullarini bilish. Download 24.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling