1. «Erkin iqtisodiy hududlar» (eih) mohiyati va tashkil qilinishining sabablari


Download 27.13 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi27.13 Kb.
#1303495
  1   2   3   4
Bog'liq
suxrob tif


14-Mavzu: Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni
Reja:
14.1. erkin iqtisodiy hududlarning (EIH) mohiyati va tashkil qilinishining sabablari.
14.2. Iqtisodiy hududning asosiy ko’rinishlari.


1. «Erkin iqtisodiy hududlar» (EIH) mohiyati va tashkil qilinishining sabablari.
XX asrning ikkinchi yarmida jahon iqtisodiyotidagi eng muhim hodisalarning biri erkin iqtisodiy hududlar faoliyati hisoblanadi.
Ilmiy maqolalarda va xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida turli xildagi hududlarni tavsiflash uchun «erkin iqtisodiy hududlar» atamasi ishlatiladi. Biroq bu atama hodisaning mohiyatini to’liq aks ettirmaydi. CHunonchi, bu hududlarning ko’pchiligida qo’llaniladigan iqtisodiy qoidalar, dastaklar, maxsus ma’muriy qonunlar ma’lum huquqiy va xo’jalik rejimidan ozod qilmaydi, balki uni yengillashtiradi va tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi imtiyozlar beradi, xolos. Bu bilan amalda davlat o’zining iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kamaytiradi.
YAponiyaning Kioto shahrida 1973 yil 18 mayda qabul qilingan «Bojxona jarayonlarini soddalashtirish va uyg’unlashtirish bo’yicha Xalqaro konventsiya»ga muvofiq erkin hudud deganda mamlakatning shunday hududi tushuniladiki, bu yerga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi.
Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun erkin hududlar amalda hududdagi ishchilarning turmush tarzi, ishlab chiqarish salohiyatining kontsentratsiyalashuvi kabilarga ko’ra eksterritoriallik jihatdan maxsus hisoblanadi. SHuning uchun ham bunday hududlarga «maxsus iqtisodiy hududlar» atamasi mos keladi.
Erkin iqtisodiy hududlarni yaratilishiga ularning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning muhim bo’g’ini sifatida qaraladi. Ularning faoliyati tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va tezlashtirish bilan bog’lanadi. erkin iqtisodiy hududlardagi iqtisodiyot tashqi olam uchun yuqori darajada ochiqlikka, bu yerdagi bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qo’laylikka ega. erkin iqtisodiy hududlar jahon miqyosida harakatlanuvchi kapitallar uchun o’ziga xos «qopqon» hisoblanadi.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish mamlakat ichidagi iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirishga qaratilgan hodisa, ya’ni xorijiy kapitalni jalb qilishdan tashqari quyidagi uch asosiy vazifa bilan bog’lanadi:
Sanoat eksportini rag’batlantirish hamda mana shu asosda valyuta mablag’lariga ega bo’lish.
Bandlik darajasini o’stirish.
Hududni xo’jalik yuritishning yangi usullarini sinash maydonchasiga aylantirish.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning yana bir muhim tomoni shundaki, ko’pincha mamlakat o’z iqtisodiyotini xorijiy kapital oqib kelishi uchun to’liq ochishni hohlamaydi, shuning uchun maxsus hududlar tarzidagi qisman, lokal ochiqlikdan foydalanadi.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va uning faoliyati borasidagi jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rag’batlantiruvchi jahon bozoriga chuqur integratsiyalashuv uchun yaratilgan hududlar (er­kin savdo, eksport sanoati, bojxona hududlari va boshqalar) bilan bir qatorda ma’lum ishlab chiqarish tarmog’i va faoliyat to’rini rag’batlantiruvchi maxsus rejimli hududlar ham mavjud. Masalan, qoloq rayonlarni rivojlantirish, sanoatlashtirishni qo’llab-quvvatlovchi hududlar. SHuning uchun erkin iqtisodiy hududlarni yaratishning sabab va maqsadlari har bir konkret holda bir-biridan yetarlicha ajralib turishi mumkin. Darhaqiqat, AQSH va Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlar depressiv rayonlarda kichik va o’rta biznesni jonlantirishga yo’naltirilgan hududiy siyosatni amalga oshirish uchun tashkil etilgan. Mana shu maqsadlarda tadbirkorlarga (kichik va o’rta tadbirkorlarga) mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan katta faoliyat erkinligi va moliyaviy imtiyozlar taklif etiladi. Bu dasturlar xorijiy kapitallarni jalb etish uchun maxsus yo’naltirilmagan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham erkin iqtisodiy qududlar xuddi shunga o’xshash maqsadlarda tashkil etilgan bo’lib, bu qoloq hududlarni rivojlanuvchi hududlarga aylanishini ta’minlagan. Ammo sanoati rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda bu mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlarni yaratishda asosiy e’tibor xorijiy kapitallarni jalb qilishga qaratilgan.

Download 27.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling