Tanholikning yuz yili
Download 20.17 Kb.
|
topshiriq PISA
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻQISH SAVODXONLIGI
Makondo (Gabriyel Garsiya Markesning “Tanholikning yuz yili” romanidan parcha) Makondo aholisi ham texnika asri ixtirolaridan bahramand boʻla boshladilar. Ular Auriliano Tristi poyezdda olib kelgan generatorning toʻtovsiz tum-tumiga koʻnikishlari qiyin boʻlgan boʻlsa ham, generatordan quvvat olayotgan lampochkalarga tunlari uxlamay, termulib chiqishardi. Savdogar Don Bruno Krespi teatrda namoyish qilgan, har bir tamoshasi uchun chipta ikki sentavodan sotilgan jonli tasvirli filmlardagi bir filmda oʻlib, qishloq ahlining qaygʻusiga sababchi boʻlgan qahramonning boshqa filmda Arab savdogari qiyofasida paydo boʻlishi ularning gʻazabini keltirib, teatrdagi oʻrindiqlarning chilparchin boʻlishiga olib keldi. Shahar hokimi Don Bruno Krespi iltimosiga koʻra oʻtkazgan yigʻilishida filmlar koʻngil ochish vositasi ekani, ular odamlarning bu darajada ehtiroslariga arzimasligi haqida maʻruza qildi. Qishloq aholisi bu maʻruzadan keyin oʻzlarini loʻli ayolning hiylalariga aldangan odamlardek his qilib, oʻz tashvishlari ham yetib turganda hayoliy mavjudotlarning muammolarini tamosha qilib, ular uchun ham jon kuydirish niyatlari yoʻqligini bildirdilar va boshqa filmlarni koʻrishga kelmaslikka qaror qildilar. 1. Filmlarning qaysi jihati aholining jahli chiqishiga sababchi boʻldi? 2. Nima uchun Makondo aholisi filmlarga boshqa kelmaslikka qaror qildilar?
Ular koʻngil ochishni istadilar, lekin filmlar hayotiyligi va tushkin kayfiyat paydo qilishi ularga yoqmadi. Ular uchun chipta narxi qimmatlik qildi. Ular hiisyotlarini haqiqiy hayot uchun asrashga qaror qilishdi. Ular filmlardan hissiy taʻsir kutishgan edi, lekin filmlar zerikarli boʻlib chiqdi. 3. Matn oxirida berilgan “hayoliy mavjudotlar” deganda nima nazarda tutilgan? Arvohlar
Ixtirolar
Film qahramonlari Aktyorlar 4. Siz Makondo aholisining filmlar haqidagi fikriga qoʻshilasizmi? Oʻz fikringizni oʻzingizning filmlar haqidagi fikringiz va qishloq aholisi fikrini taqqoslash orqali izohlang. OʻQISH SAVODXONLIGI(Adabiyot. Test namunasi) Badiiy asar va film Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari asosida suratga olingan filmda baʻzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Masalan, Kumushbibi chap qoʻlida choy uzatish sahnasi. Filmdagi yana bir lavhada birgina qisqa soʻz tashlab ketilgan. Agar chuqurroq o'ylab ko'rilsa, kinochilar adibimizning topqirligiga putur yetkazib qo'yganini fahmlash mumkin. Asarda Yusufbek hojining Margʻilondan Toshkentga birinchi bor kelgan Kumushbibini kutib olish sahnasi bor. Shu gapga diqqat qiling! Filmda: Yusufbek hoji: Margʻilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz. Asarda: Yusufbek hoji: Margʻilonda hamshunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz. 1. Filmdagi bu xato oqibatida qanday maʻno oʻzgarishi sodir boʻlgan deb oʻylaysiz? Hech qanday oʻzgarish yoʻq Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida Zaynabni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida oʻgʻli Otabekni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan. Asarda Yusufbek hoji Kumushbibiga Toshkentda ham kelini borligini bildirmoqchi boʻlgan, filmda bu maʻno tushib qolgan. 2. Filmda bu soʻzning tushib qolishiga qanday omil sabab boʻlgan boʻlishi mumkin? Toʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlgan hamma javobni belgilang. Rejissyorning eʻtiborsizligi Senariy muallifining eʻtiborsizligi Rejissyorning matnni joʻrttaga oʻzgartirgani Rejissyorning yo senariy muallifining oʻzbek tili imkoniyatini toʻliq bilmasligi Abdulla Qodiriyning oʻzining maslahati Download 20.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling