1. Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib so‘z san’atining qaysi turini tashkil qiladi?


Download 295.5 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi295.5 Kb.
#215048
1   2   3   4
Bog'liq
test

Yo‘q, bu giryon ko‘zlarning yarqiroq zamzamasi,

Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da chamasi...

A) Mirtemir B) Usmon Nosir

C) Hamid Olimjon D) Abdulla Oripov
35. N. Dumbadzening «Hellados» hikoyasida Jamol daryodan topilgan Yanguli jasadini qanday taniydi?

A) sevimli qora satin ko‘ylagidan

B) bo‘ynidagi sevimli tumoridan

C) o‘ng qo‘lidagi «Hellados» yozuvidan

D) chap to‘shidagi «Hellados» yozuvidan

36. «Hellados» hikoyasida Yanguli va Jamolning oxirgi olishuviga kim guvoh bo‘ladi?

A) Petya B) hech kim C) osmon va qushlar D) eshak

37.«Hellados» hikoyasida Jamolning qaysi xislati oxir-oqibatda «dushmanlari»ning do‘st bo‘lishiga, Yangulidek «zo‘ravon» e’tirofini qozonishiga olib keladi?

A) qat’iyligi B) o‘zini xor qildirib qo‘ymasligi

C) jasurligi D) barcha javoblar to‘g‘ri


38. «Hellados» hikoyasida «O‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olish»ni kasbiga aylantirib olgan bola kim?

A) Jamol B) Kokan C) Yanguli D) Petya

39. «Hellados» hikoyasida Yanguli Jamol bilan xayrlashayotib kemada «Jamol, ego agapo imana su!» deb qichqiradi. Buning ma’nosini toping.

A) Jamol, hayotni yaxshi ko‘raman!

B) Jamol, oyingni yaxshi ko‘raman!

C) Jamol, Vatanimni yaxshi ko‘raman!

D) Jamol, sizlarni yaxshi ko‘raman!

40. «Hellados» hikoyasida Yanguli va otasi qanday qilib kun ko‘rishardi?

A) Oshko‘k, sut-qatiq sotishardi.

B) Otasi aravakashlik qilardi, sut-qatiq sotishardi.

C) Yanguli bezorilik qilib chaqa topardi.

D) Tomorqadan chiqqan sabzavotlarni sotishardi.

41. N. Dumbadze qaysi asarida insonning hayotdagi o‘rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, adolatparvarlik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritadi?

A) «Qishloq bolalari» B) «Abadiyat qonuni»

C) «Kukaracha» D) «Men, buvim, Iliko va Illarion»

42. Nodar Dumbadzening ilk hikoyalar to‘plamini toping.

A) «Quyoshni ko‘ryapman» B) «Quyosh kechasi»

C) «Qishloq bolalari» D) «Abadiyat qonuni»

43. Abdulla Oripov «O‘zbekiston» qasidasida nimalarning «nuqs-u chiroyini ko‘z-ko‘z etib» o‘tishini tasvirlaydi?

A) navkarlarning B) hukmdorlarning

C) avlodlarning D) asrlarning

44. «O‘zbekiston» qasidasida qaysi shoirning ko‘klamdan surur olib dunyoga dovrug‘ solganligi aytiladi?

A) G‘afur G‘ulom B) Hamid Olimjon

C) Zulfiya D) Oybek


45. Yer kurrasining qo‘ltiqtayoqlar zahmidan ingrayotgani haqida Erkin Vohidov qaysi dostonida dard bilan yozadi?

A) «Quyosh maskani» B) «Ruhlar isyoni»

C) «Nido» D) «Palatkada yozilgan doston

46. Erkin Vohidovning qaysi dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan?

A) «Quyosh maskani» B) «Ruhlar isyoni»

C) «Nido» D) «Palatkada yozilgan doston»

47. Erkin Vohidov qalamiga mansub qaysi komediya uzoq yillardan beri o‘zbek teatri sahnasidan tushmay kelyapti?

A) «Oltin devor» B) «Istanbul fojiasi»

C) «Kelinlar qo‘zg‘aloni» D) «Maysaraning ishi»

48. Sahroda tashna itga suv bergan inson haqidagi hikoyatda inson itga nimada suv olib beradi?

A) xaltasida B) dastorida

C) etigida D) qalpog‘ida

49. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?

Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil,

Yaxshiga yaxshilik yaxshi – buni bil.

A) «Bo‘ston»dan

B) «Guliston»dan

C) «Mufradot»dan

D) «Hikmatlar»dan

50. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatidan olingan?



Bo‘g‘oz xotun, ayo donoyi hushyor,

Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.

Base yaxshidur ul farzanddinkim

Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.

A) «Darvesh hikoyati»dan

B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»dan

C) «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyatidan

D) «Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatidan

51. Alisher Navoiy qaysi asarida «Guliston» va «Bo‘ston» asarlarini sevib o‘qiganligini ta’kidlaydi?

A) «Lison ut-tayr»da B) «Mahbub ul-qulub»da

C) «Majolis un-nafois»da D) «Farhod va Shirin»da


52. Muqimiy qaysi madrasadan bir hujra olib «hujrayi tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazgan?

A) «Hokim oyim» madrasasidan

B) «Mehtar anbar» madrasasidan

C) Hazrat madrasasidan

D) mulla Abduxalil madrasasidan

53. Muqimiy qaysi zamonasining yetuk xattotidan ta’lim olgan?

A) Muhammad Munshiydan B) Muhammad Mirzodan

C) Muhammad Yusufdan D) Muhammad Alidan

54. Muqimiyning «Sayohatnoma»sida qaysi qishloq haqida «Yetim haqi – go‘shti baliq, Qilmishlari nayrang ekan» deya yetim haqini yeyishlari haqida gapiriladi?

A) Rafqon B) Tikkarabot C) Beshariq D) Qudash

55. «Sayohatnoma»da qayerga «Bir ko‘cha ketguncha do‘kon», «Sho‘x odami, ichmay piyon. Mast, otasi bezor ekan» ta’riflari beriladi?

A) Nursux B) Tikka Rabot C) Roshidon D) Zohidon

56. «Sayohatnoma»da lirik qahramon qayerga borganida bir ko‘cha ketguncha do‘konlarga, suv sepilgan so‘rilarga, oqlangan o‘choqlar-u mo‘rilarga, choy o‘rniga ishqor damlaydigan odamlarga duch keladi?

A) Roshidon B) Zohidon C) Chimyon D) Oltiariq

57. Boburning quyidagi ruboiysidagi «ijtinob» so‘zining ma’nosini toping.


Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling