1. Etika ilm fan sifatida va uning shakllanish bosqichlari. Reja
Etikaning asosiy tushunchalari va ularning o'zaro aloqasi
Download 47.2 Kb.
|
Etika ilm fan sifatida va uning shakllanish bosqichlari.
2.Etikaning asosiy tushunchalari va ularning o'zaro aloqasi.
Har bir fan singari etikaning ham tushunchalari (kategoriyalar) bo`lib, ular kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamoaga, jamiyatga bo`lgan munosabatlarini ifodalaydi. Shuningdek, insonlarni to`g’ri yo`lga solishga, tevarak-atrofda yuz berayotgan hodisalarni to`g'ri baholash hamda tegishli xulosalar chiqarishiga imkon beradi. Axloqshunoslik kategoriyalari orasidan eng ko`p qo`llaniladigani yaxshilik va yomonlik tushunchalaridir. Yaxshilik deb kishilarning mehnatsevarlik, halollik, mardlik, insoniylik, oliyjanoblik, odamlarga, xalqqa, jamiyatga nafi, mehr - muhabbati, himmati, muruvvati, og’irini engil qilish, rahm - shafqati va ularga ziyon - zahmat yetkazmaslik singari ijobiy hatti - harakatlarga aytiladi. Yomonlik deb kishilarning dangasalik, tekinxo`rlik, zararkunandalik, zolimlik, mayxo`riik, giyohvandlik, dilozorlik, hasadgo`ylik, tuhmatchilik, ig’vogarlik, g’iybatchilik, buzuqlik kabi salbiy hatti - harakatlariga aytiladi. Yaxshilik ezgulik, himmatlilik deb yuritiladi. Yomonlik esa yovuzlik deb yuritiladi. Axloqshunoslikning muhim tushunchalaridan yana biri adolat, adolatlilik bo`lib ularning mazmunida poklik, to`g’rilik haqiqat mujassamlashadi. Adolat tushunchasi insoniy munosabatlarda insof, diyonat, tenglik, haqqoniylik, rag’batning zaruriy o`lchovlaridir. Demak, adolat deb kishilar o`rtasidagi munosabatlarda tenglikni, to`g’rilikni, haqiqatni, haqqoniylik poklikni ifodalovchi hatti - harakaflarning jamiga aytiladi. Etikaning muhim tushunchalaridan yana biri burch bo`lib, u kishilarning jamiyatda o`z vazifalarini bajarish, odamlarga va ijtimoiy hayotga to`g’ri munosabatda bo`lish kabi fazilatlarini ifodalaydi. Burch deb shaxsning o`zi hamda, kishilar, oila, Vatan, millat, jamiyat oldidagi majburiyati, ma’suliyati, sodiqligi, ongliligini ifodalovchi hatti-harakatlarning jamiga, ichki majburiyat tuyg'usiga aytiladi. O`z burchiga sodiqlik har bir kishiga obro`, shon-sharaf keltiradi. Har bir insonning o`z burchiga sodiqligi o`ziga, jamiyatga, Vatanga, millatga, mehnatga, oilaga, farzandiga, jamoaga bo`lgan munosabatida namoyon bo`ladi. Bugungi kunda mustaqil O`zbekiston fuqarolarining burchi chinakam ijtimoiy jamiyat qurish va barkamol insonni tarbiyalash bo`lmog’i lozim. Respublikamiz asosiy qomusining 11-bobida barcha fuqarolarning konstitutsiyada belgilab qo`yilgan burchlarini bajarishga, qonunlarga amal etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr - qimmatini hurmat qilishga, O`zbekiston xalqining tarixiy madaniy va ma’naviy merosini asrab-avaylashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga, qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to`lashga majburdirlar va O`zbekiston Respublikasini himoya qilish -— O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir,deb ta’kidlanadi. Etikaning g’oyat muhim tushunchasi vijdon va vijdoniylikdir. Download 47.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling