Yonidagi qo‘shnisi och qolganda yeydigan kishi mo‘min emas


Download 13.31 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi13.31 Kb.
#1063778
Bog'liq
saxiylik


Saxiylik
Mehr-muruvvat, xayr-saxovat kabi ezgu amallar xalqimizning azaliy qadriyati hisoblanadi. Zero, mardlik, xalollik, yaxshilik, oqibat kabi yuksak fazilatlar insonga ziynat bo‘lib kelgan. Kimki ezgulik yo‘lida yaxshilik qilsa, umriga , rizqiga baraka kiradi deydi xalqimiz.
Saxiylik Muhammad sollallohu alayhi vasallamning son-sanoqsiz yaxshi fazilatlaridan edi. U kishi odamlarning eng saxovatlisi edi va Ramazonda eng saxovatli edi. 
Bir kuni Muhammad payg'ambar masjidda namoz o'qib, keyin shoshilib uyiga borib, darhol qaytib keldi. Bir hamroh undan nima uchun ketganini so'radi va u javob berdi:
"Men uyda sadaqa uchun berilgan bir parcha tilla qoldirdim va uni uyimda bir kecha qoldirishni yoqtirmadim va uni tarqatish uchun masjidga yo'l oldim." ( Sahih al-Buxoriy )
Bizning dunyo mulkimiz Karim va saxovatli Allohning ne'matidir. Musulmonlar hamma narsa Allohdan ekaniga va hamma narsa Unga qaytib kelishiga ishonishadi, shuning uchun bizda bor narsa shunchaki qarz, biz saqlashimiz, himoya qilishimiz va oxir-oqibat baham ko'rishimiz kerak bo'lgan narsadek tutishimiz mantiqan to'g'ri.
Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) har doim bir baxil kishini uchratganlarida, unga saxiyroq va xayrixoh bo‘lishni tavsiya qilganlar. Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Muhammad payg‘ambarning: «Yonidagi qo‘shnisi och qolganda yeydigan kishi mo‘min emas» , deganlarini eshitgan bo‘lsa, boshqa bir sahoba Payg‘ambarning « Mo‘min sodda va saxovatli, fosiq esa yolg‘onchidir », deganlarini eshitgan.
O‘zbek xalqining ko‘plab ibratli milliy an’analari, jumladan, bir-biriga mehrli bo‘lib, saxovat ko‘rsatish, og‘ir, sinovli kunlarda muhtoj insonlarning boshini silash kabi qon-qonimizga singib ketgan an’analarmiz esa zamonlar osha davr sinovlaridan o‘tib kelmoqda. Bu biz uchun faxrlanarli albatta. Ayniqsa bu xolat, bugungi karantin sharoitlarida yoqqol o‘zini namayon qilmoqda. Saxovatli yurtdoshlarimiz nafaqat yaqinlariga, hatto begonalarga ham imkon qadar ehson ko‘rsatishga harakat qilayotganiga barchamiz guvoh bo‘lyapmiz.
O‘zbekistonda karantin joriy etilgach, ko‘plab oilalar moddiy tomondan qiyin holatda qoldi. Shunday sharoitda ko‘plab tadbirkorlar va faollar tomonidan yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga ko‘mak berish maqsadida xayriya aksiyalari tashkil etila boshlandi.
Ma’lumki, xalqimizda “Yaxshilik qilsang, yashir,
yaxshilik ko‘rsang, oshir.” degan maqol bor.
Muruvvat va sahovat yurtimizda azaldan yuksak qadriyat hisoblangan. Yordamga muhtoj kishilarga ko‘maklashish, og‘irini yengil qilish qon-qonimizga singib ketgan ezgu an’analarimizdandir. Hozirgi kunlar ham xalqimizning mehnatsevarligi, insonparvarlik tamoyillari, mehr-shavqat va sahovatpesha ekanini yaqqol namoyon qilmoqda. Mana shunday kunlarda birdamlik, jipslik, ahllik va shukronalik bilan ish ko‘rish, ayniqsa, yon-atrofimizdagi yordamga muhtoj insonlarga ko‘maklashish barchamizning insoniy burchimizdir.
Ma’lumki, insonga berilgan xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo qadrlanib kelingan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi. “Savob ishni har kim, har kuni qilishi lozim”, - degan shiorni har bir inson o‘ziga dastur qilib olib, doimo yaxshiliklar qilishi haqiqiy insoniylik sifatini bildiradi. Yaxshiliklar, savobli ishlar amalga oshirilgan yurt tinch, eli farovon, o‘zi taraqqiy topaveradi.
Download 13.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling