Reja: Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an`anasi sifatida. O‘zbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. O‘zbekistonda “ijtimoiy pedagog” kasbining paydo bo‘lishi. Tayanch


Download 28.37 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1349628
  1   2   3   4
Bog'liq
Ozbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bolishi madaniy-tarixiy, ijtimoiy xuquqiy shart-sharitlari

Mavzu: O’zbekistonda ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo’lishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlari.


Reja:
1.Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an`anasi sifatida. 2.O‘zbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari.
3.O‘zbekistonda “ijtimoiy pedagog” kasbining paydo bo‘lishi.


Tayanch tushunchalari: ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya, pedagogik sotsiologiyaning paydo bo’lishi, ijtimoiy pedagog kasbining paydo bo’lishi, xayr-sahovat, madaniy tarixiy an’ana, rivojlanish bosqichlari, rahmdillik, ijtimoiy hart-haroitlar.

Ijtimoiy pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bulagi bo’lib u kishilar jamoasi hamda alohida shaxslarga ta’lim tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar ularning kelib chiqish sabablari hamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jo’shatlarini irgatadi. Ijtimoiy pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o’ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida o’rgatib boradi.


Pedagogika va sotsial pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ularning farqi shundaki, Pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy tarbiya muammosini o’rganadi. Bu ijtimoiy peagogika o’quv kursini tuzilishini o’zida aks ettiradi. U ijtimoiylashtirish jaryonini ijtimoiy pedagogik xodisa sifatida o’rganadi
Ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiy mazmuni azobga tushgan insonlarga yordam berish, oilada bolaga o’z o’rnini (hayotda) topishda o’z ko’nikma va malakalari asosida rivojlanishga yordam berishdan iboratdir. Shuningdek, axloqiy munosabatlarning shakllanishiga yordam beradi.


Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin ham mavjud bo’lgan bo’lib, faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo’lgan. Pedagogik sotsiologiya faning ilk ko’rtaklari Yevropa va Osiyoda yo’zilgan Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo’lib emas. Ho’zirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya faning integrastsion tarmog’i sifatida. Har bir fan anIq bir haqiqatdan "o’sib chiqadi", uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan o’zilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo’lsa yanada samarali bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir- biri bilan o’zaro bog’liq. Amaliy faoliyat- bu ijtimoiy pedagigikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy-pedagogik ish O’zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida alohida o’rinni egallaydi. «Milliy g’oya-bizning g’oya», «Istiqbolimiz-istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o’zgartirgan o’n yil» Mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo’la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo’lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi
ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ’ibot va tashviqot ishlarining ko’lamini kengaytiradi, o’sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi.
Ma`naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo’lib ma`naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormoqda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish ehtiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan xodisalarni, mehnatini, turmushini, ro`l vaqtini chuqur mushoxada qilish bilan uzviy bog’liqdir.
Ijtimoiy pedagogika faning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi.

  1. Bolani va o’smirni haqiqatgo’y qilib tarbiyalash va voyaga etkazish;

  2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila olishi va o’z munosabatini bildirishi;

  3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni o’rgatish; 4. hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tushunishga o’rgatish;

O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, bu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish bu jarayon davomida yo’zaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida gamho’rlik va e’tibor talab etadigan madaniy- tarixiy anana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda rahm- shavqat, «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi. Ammo, ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namayon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, talim tizimida va yoshlar ishlari bo’yicha qo’mita muassasalarida rivojlandi.
Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri ikkinchisini tildira bordi. Ishlarini uzviy ravishda kishish, ya’ni ma’naviy-mafko’raviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur haroit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo’lib, tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishda haqiqiy jo’shqinlik kasb etadi.
Ko’pgina mustaqil fanlarning birlashib bir obektni har xil nuqtai nazardan organganda integratsiya muammosi ko’zatiladi .Masalan, pedagogikaning boshqa fanlar bilan to’qnashishi natijasida yana mustaqil fanlar yo’zaga keldi.
Falsafa bilan talim falsafasi, sotsiologiya bilan talim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi. Uning kuzatuv markazida pedagogikada o’rganiladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida bolaning ijtimoiy muhitda rivojlanishi (sotsiumda rivojlanishi) bilan shug’ullanadi.
Ijtimoiy ta’lim (o‘qitish)- Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o‘rinlar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko‘pgina bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko‘nikmalarni ‘gallaydi.
Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog‘lom) tug‘ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bola avval jismoniy makonni o‘zlashtiradi, unda yo‘lini topishga o‘rganadi: ‘maklash, o‘tirish, yurish, yugurish va
h.k. So‘ng u ko‘chani o‘zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-ukalarini), o‘z ismiga ‘galigiga o‘rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush ko‘rishlar, his-tuyg‘ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi.
Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta ahamiyatga ‘ga. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o‘tadi. Tilda xalq tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o‘zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o‘zlashtiradi.
‘ng muhim bo‘lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o‘yinlarda sodir bo‘ladi. O‘yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o‘ynaydi.
Agar bola jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug‘ilsa, unda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug‘ilsa, unda bolaning ijtimoiy tiklanishi ko‘p holda bunga tayyor bo‘lmagan ota-onalar zimmasiga tushadi.
Bola o‘zi uchun zarur bo‘lgan muhitdan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so‘ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy yo‘l bilan o‘zlashtirish bo‘lmaydi; ota, ona, aka-uka, boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarni shakllantirishga imkon beradigan, ular bilan ijtimoiy tajribani o‘zlashtirilishiga va jamiyatda ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodika va texnologiyalar mavjud bo‘lishi kerak.
aBiroq bu tarbiya jarayoni har doim ham etarli darajada samarali bo‘lmaydi. YUqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga g‘amxo‘r, ‘‘tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Agar qandaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ‘ga bo‘lgan xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak – shuni o‘zi ijtimoiy tarbiyaning vazifasidir.
Ya’ni, ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi Harq Uyg‘onish davri va o‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga etdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib ‘rkin har taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980- 1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan ‘di. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi.
Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni erdagi ‘ng oliy qadriyat deb tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Buyuk Harq allomalari va pedagogika va ijtimoiy pedagogika namoyondalarining barcha asarlari bolalarga bo‘lgan muhabbat bilan singdirilgan.
Ijtimoiy pedagogikadagi gumanistik g‘oyalar rivojlanishda nuqsonlarga ‘ga bo‘lgan bolalarga alohida ‘‘tiborni talab qiladi. Gumanizm tushunchalari bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogikada rahmdillik va xayr-sahovat tushunchalari mavjud.
Rahmdillik – achinish, insonparvarlik jihatdan kimgadir yordam ko‘rsatish yoki kimnidir kechirishga tayyorlikdir.
Hayr-sahovat - muhtoj insonga beg‘araz yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat. Respublikamizda an’ana borki, har bir yil qandaydir muammoga bag‘ishlanadi. 2004 yil
O‘zbekistonda mehr va muruvvat yili deb ‘‘lon qilingan.
Gumanizm prinsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning ‘rkinlikka, baxtga, hayoti, sog‘lig‘ini himoya qilishga va qo‘riqlashga bo‘lgan huquqlarini tan olishni, bola, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun hart-haroitlar yaratishni, hayotda o‘z o‘rnini topishda, jamiyatga “kirishi”da , shu jamiyatda o‘zini to‘la ko‘rsata olishida yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Gumanizm prinsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:

  • bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bo‘lishiga qaramay ularga hurmatli munosabatda bo‘lish;

  • har bir bolaning o‘zicha bo‘lishi, ularga hurmatli munosabatda bo‘lish huquqini tan olish; hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bo‘lish ‘mas, balki o‘zicha bo‘lish huquqini tan olish;

  • bolaga o‘ziga va atrofdagilarga hurmatni shakllantirishda, “Men o‘zim” tutgan o‘rnini, o‘z muammolarini o‘zi hal ‘tish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda yordam ko‘rsatish;

  • shavqat qilish va achinishga ‘mas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bo‘lgan rahmdillikni tushunish;

  • muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog‘lom kishilar orasida yashashga tayyorlashni istasak, shunday bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotda bo‘lishi tizimi o‘ylab chiqilishi lozim.


  • Download 28.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling