1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya
Uy sharoitida boqiladigan hayvonlarning o’ziga xos e`tologiyasi?
Download 119.37 Kb.
|
ETOLOGIYA JAVOB
21.Uy sharoitida boqiladigan hayvonlarning o’ziga xos e`tologiyasi? Etologiya (grekcha “ethos” – “xulq-atvor”, “fe’l-atvor”, “xarakter”) hayvonlar fe’l-atvori, hatti-harakatlarining qonuniyatlari haqidagi fandir. Hayvonlarning fe’l-atvori va turli xatti-harakatlari orqali bo’ladigan aloqalar majmui etologik munosabatlar deb nomlanadi. Hayvonlarning fe’l-atvori ularning hayot tarzi bilan bog’liq.Hayvonlar odatda yakka-yolg’iz yoki birgalikda hayot kechiradi.Hayvonlar birgalikda yashashining bir necha shakllari ma’lum.Yakka-yolg’iz yashash.Populyatsiyadagi ayrim individlar hayotining muyayan bir davrda yolg’iz yashaydi.Tabiatda hayoti davomida butunlay yolg’iz hayot kechiruvchi hayvonlar deyarli uchramaydi, nasl qoldirish uchun jinsiy yo’l bilan uchrashadi.Shuningdek, ayrim yolg’iz yashovchi hayvonlar ovqatlanish, qishlash davrida uchrashadilar.Ekologiyada yolg’iz yashash nisbiy ma’noda tushuniladi.Xon qizi qo’ng’izlari, yirtqich qo’ng’izlar yolg’iz hayot kechirsa-da, qo’shilish davrida, qishlash mavsumida yig’ilishi mumkin.Populyatsiyada individlar o’rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi, ularning jinsiy moyilligi, ota-onalar bilan yangi avlod o’rtasidagi bog’lanishlar natijasida hayvonlarning birgalikda yashash shakllaridan biri yuzaga keladi.Ota-onalar jufti qisqa yoki uzoq muddatli, ba’zi turlarda esa umrining oxiriga qadar bo’ladi.-Tovuqsimonlar ko’pchiligi poligam qushlar bo’lib, barqaror oila hosil qilmaydi. Yovvoyi va suqur o’rdaklarning oilalari saxar uchish paytida shakllanadi va makiyonlari tuxum qo’ygunga qadar davom etadi, shundan so’ng xo’rozlari oilani tark etadi. -Oqqushlar, turnalar va kaptarlarning oilalari ko’p yillar davomida saqlanib qoladi. Oilaning shakllanishi tur ichidagi qarama-qarshi munosabatlarning mahsuli sifatida yuzaga keladi.-O’rgimchaklarning erkaklari qishlashi oldidan o’ziga xos harakatlar qilib, urg’ochisini “mahliyo” etadi. -Qushlar chiroyli ovozlar chiqarib sayraydi, ba’zilari rang-barang patlarini namoyish etadi. -Sut emizuvchilarning erkaklari o’rtasida o’zaro kuchli kurash boradi. Hayvonlardagi bu xatti-harakatlarning barchasi jinsiy tanlanish jarayonini muvofiqlashtirib, ikkala jins o’rtasidagi munosabatga tayyorgarlikni ta’minlaydi. Koloniyalar (jamoalar) muhim o’troq yashovchi hayvonlarning o’ziga xos yig’inidir.Koloniyalar vaqtincha yoki doimiy bo’lishi mumkin.Ayrim hollarda ko’payish oldidan koloniyalar shakllanadi.Koloniyani tashkil etuvchi individlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar nihoyatda xilma-xildir.Koloniyalar alohida hududdagi ayrim individlarning xemotaksis asosida oddiy yig’inidan boshlab, har biri alohida vazifani bajarishga ixtisoslashgan yagona organizm darajasida bo’lishi mumkin. Sifonoforalar va gidromeduzalar koloniyalaridagi har bir individ o’ziga xos vazifani bajaradi. -Chag’alaylar, kayralar va g’ozlar koloniyalari ancha murakkab bo’lib, ayrim xattiharakatlarni ular o’zaro kelishib amalga oshiradilar, bu esa alohida olingan har bir individning xavfsizligini ta’minlaydi. “Qushlar bozori”dagi barcha parrandalar dushmandan saqlanish uchun zarur bo’lgan ogohlantiruvchi signal asosida yoppasiga harakat qilib, oq tulki, burgut kabi yirik yirtqichlar hujumini ham bartaraf etadilar. Qushlar koloniyalari egallagan hududda har bir individning xususiy joyi aniq bo’ladi.Masalan, baliqchi qushlarning uyalari orasidagi masofa 3-5 metr atrofida bo’ladi.-Sut emizuvchilardan sug’urlar, viskachalar, dumsiz sichqonlar, olasichqonlar, qumsichqonlar kolonial holda hayot kechiradi. Sut emizuvchilar orasida koloniya bo’lib hayot kechirish oilaviy guruhning kengayishi hisobiga kelib chiqadi va dastlabki oila bilan bog’lanishni saqlab qoladi.- Hasharotlar (termitlar, chumolilar, arilar) jamoalarida murakkab munosabatlar kuzatiladi, ularning asosida ham oilalarning kengayib ajralib chiqishi yotadi. Ularning koloniyalarida ko’payish, himoyalanish, bolalari va o’zlarini boqish, qurilish ishlari kabi vazifalar bir muncha oson amalga oshadi. Mehnat taqsimoti ayrim individlarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yoki ularni alohida vazifalarini bajarishga ixtisoslanishi asosida bo’ladi.Koloniyadagi har bir harakat a’zolari o’rtasidagi mustahkam aloqa asosida amalgan oshadi.Chumolilarning koloniyalari bir yoki bir necha uyalarida joylashadi, uyalar o’rtasida bog’lovchi yo’lakchalar bo’ladi.Chumolilar birgalikda yashashida turli xildagi signallar tizimidan muntazam foydalanadi.
Download 119.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling