1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya


Hayvonot olamida gormonlarning ahamiyati?


Download 119.37 Kb.
bet50/56
Sana16.06.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1507058
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
ETOLOGIYA JAVOB

53.Hayvonot olamida gormonlarning ahamiyati? Gormonlar tananing o'zi tomonidan ishlab chiqariladigan va ko'plab hayotiy jarayonlarni tartibga soluvchi biologik faol moddalardir. Asosan endokrin bezlarda sintezlanib, ular qonga kiradi va u orqali maqsadli hujayralar deb ataladigan hujayralarga o'tadi va u erda o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shunday qilib, gormonlar turli metabolik jarayonlarga ta'sir qiladi - ular moddalarning so'rilishini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, mushak, yog 'va suyak to'qimalari o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, tananing o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydi. Ichki ekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan suyuqliklarga - gormonlar (horman – o’zg’ataman) deyildi. Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilgandan so’ng, ular bilan organizmning xilma-xil organ va to’qimalariga tarqaladi hamda tegishli organ yoki to’qimalardagi hayotiy jarayonlarining belgili tomonlariga ta‘sir qilib, ular faoliyatini o’zgartiradi. Gormonlar ta‘siri uch xil yo’nalishda amalga oshadi:Birinchidan, ularning ba‘zilari to’qimalardagi moddalar almashinuviga ta‘sir Ko’rsatsa,Ikkinchidan, organizmning shakllanishiga, metamorfozga, to’qima va organlar xtisoslashishining jadallashtiruviga ta‘sir ko’rsatadi.Uchinchi xillari esa, organlar yoxud organizm faoliyatini o’zgartiradi. Odatda qishloq xo‘jalik hayvonlarida qon bosimi ko‘tarilib va pasayib turadi. Qon bosimining ko'tarilishi atmosfera havosida kislorodning partsial bosimi kamayganida, bo‘g‘ilish va dorivor moddalar ta’siridan hosil bo‘ladi. Bunday holda qon bosimi oshishi qon tomirlarini, jumladan, arteriya tomirlar tonusini reflektor ravishda oshishidan hosil bo‘ladi. To‘satdan qon bosimini oshishi qon tomirlarini yorib, qon quyilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qon bosimining turg‘un ko‘tarilgan holatda saqlanishiga — gipertoniya deyiladi. Gipertoniya o‘tkir yoki surinkali nefritlarda hosil bo‘lib, bu gipertoniyaning kelib chiqishi, buyrakda renin moddasini ko‘p hosil bo‘1ishi bilan (buyrak faoliyatiga bog'liq gipertoniya rivojlanadi) bog‘liqdir. Diurez garmoning xayvonlarga ta’siri Xayvonlar organizmiga suv almashinuviga ta’sir qiladigan turli xil gormonlardan yuborib, siydik miqdorini va tarkibini o‘zgarishini aniqlasnadi. Siydik hosil bo’lishi va chiqarilishini buzilishi renal va ekstrorenal sabablarga bog’liqdir. Siydik hosil bo’lishini buzilishini ekstrorenal sabablariga quyidagilar kiradi: 1. Qonning tarkibini o‘zgarishi (diabetda glyukozani qonda ko'payishi, yog‘ almashinuvining buzilishi, keton tanachalarini ko’payishi); 2. Nerv va endokrin sistemalar orqali siydik hosil bo’lishini va ajralishini boshqarilishini buzilishi: (uzunchoq miyadagi adashgan va eshituv nerv yadrolari orasiga igna sanchilsa siydik ko‘p ajraladi va h. z. o.); 3. Umumiy qon aylanishini va buyrakni qon bilan ta'minlanishini buzilishi. Siydik hosil bo’lishi va ajralishiga ta’sir ko‘rsatadigan renal sabablar: I. Nefrit; 2. Nefroz; 3. Nefroskleroz Gipofiz bezining tireotrop gormoni diurezga o‘z ta’sirini qalqonsimon bez gormoni orqali amalga oshiradi. Siydik hosil bo’lishini buzilishida oshqozon osti bezini ichki sekretor faoliyatini buzilishi muhim ahamiyatga ega. Qandli diabetda diurez 3-5 marta ko'payadi, siydikda katta miqdorda qand bo‘lib, solishtirma og'irligi baland bo'ladi. Siydik miqdorini ko‘payishiga sabab, birlamchi siydikda qand miqdorini ko'pligidir. Kanalchalarda qayta so'rilmagan qand to‘planib, siydikni osmotik bosimi oshadi va buning oqibatida buyrak kanalchalarida suvning so'rilishi kamayadi, ko'p siydik hosil bo'ladi poliuriya deyiladi. Siydik hosil bo'lishini buzilishi umumiy qon aylanishi buzilganida ham yuzaga keladi. Qon bosimini ko'tarilishi diurezni kuchaytiradi, qon bosim pasayganida diurez kamayadi.

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling