1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya


Hayvonot olamida instinktning ahamiyati?


Download 119.37 Kb.
bet48/56
Sana16.06.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1507058
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
ETOLOGIYA JAVOB

51.Hayvonot olamida instinktning ahamiyati? Instinktlar hayvonlaming o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug‘ma harakatlaridir. Masalan, ko‘p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material (cho‘p-char, loy) tanlash va inni pishiq qilib qurish yo‘lida xilma-xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg‘ochlarning ini bunga yaxshi misol bo‘la oladi. 0‘rgimchaklar garchi in to‘qish «san’atini» oldindan o'rganmagan bo‘lsa ham , o'z inlarini zo 'r «mahorat» bilan to'qiydilar. Asalari o‘z kataklarini, go‘yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan ko'radi. Hayvonlarning instinktlari juda xilma-xil bo'ladi. Bu instinkt hayvonning o'zi uchun zarur ovqat qidirib topish, ovqat g'amlash va shu kabi harakatlarida zohir bo'ladi. Masalan, endigina tuxum po'chog'ini yorib chiqqan jo'ja donni va non uvoqlarini cho'qiydi, ularni qidirib topa biladi. Asalarilarning asal qidirib to'plashi va g'amlab qo'yishi hammaga ma’lum. Bu instinkt hayvonlarning dushmandan saqlanish tug'ma usullarida va dushmanga hujum qilish qobiliyatida zuhur etadi. Masalan, mushuk bolasi o'ziga tikilib turgan kuchukni birinchi marta ko'rganda yo shkafning tagiga kirib ketadi yoki stulning ustiga, daraxtga chiqib oladi. Bordi-yu, mushukning o'zi hujum qiladigan bo'lsa, kuchukning nozik joylariga yuz-ko'ziga chang solmoqchi bo'ladi. Ko'klamda yo'lda yoki yo'l yoqasida bir juft qo'ng'izning go'ngni dum alata-dum alata yumaloqlab ketayotganini ko'rish mumkin. Bu yumaloqlangan go'ng qo'ng'izdan tarqaydigan nasl uchun turar joy va ovqat bo'ladi. Qo'ng'izlar go'ngni ma’lum kattalikda yumaloqlaydi. U rg'ochi qo'ng'iz shu yumaloqlangan go'ng ichiga tuxum qo'yadi, shundan keyin uning og'zini berkitib, xavf-xatarsiz joyga dum alatib boradi. Yumaloqlangan go'ng ichidagi tuxum dan bir necha vaqtdan keyin qurt chiqadi. Bu qurt go'ngdagi moddalar bilan oziqlanib o'sadi, qurt shu joyning o'zida g'umbakka aylanadi, keyin bu g'umbak qo'ng'izga aylanadi. Yosh qo'ng'iz yum aloq go'ng ichidan teshib chiqib, erkin hayot kechira boshlaydi. Shunday qilib, qo'ng'iz o'zining g'am xo'r ota-onasini ko'rmaydi, ota-onasi esa qo'ng'izni ko'rmaydi

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling