Dehqon bilan Ayiq


Download 134.5 Kb.
Sana19.08.2020
Hajmi134.5 Kb.
#126929
Bog'liq
ertaklar


Dehqon bilan Ayiq

7958


 O'qildi: 9 296

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir dehqon bo’lgan ekan. Uning uyi o’rmon etagidagi qishloqda ekan. Dehqonning birgina sadoqatli otidan boshqa hech kimi yo’q ekan.

O’rmonda esa bir ayiq yashar ekan. O’sha ayiq kattagina bir to’nkaga o’tirib olib, payraha yulishni yaxshi ko’rar ekan. Ora – chora bo’kirib ashula ham aytarkan.

Bir kuni dehqonbobo sholg’om ekish uchun dalada xirgoyi qilib, yer hayday boshlabdi. Uning ovozini eshitgan ayiq to’nkasini quchog’iga olganicha dala tomon yo’l olibdi. Borib dehqonga o’shqira boshlabdi:

— Hoy chol, nega to’nka o’yinimni buzyapsan? Hozir seni majag’lab tashlayman!

— Unday qilma, ayiqpolvon. Kel, yaxshisi birga sholg’om ekaylik. Hosil yetilgandan so’ng esa menga uning ostki qismi bo’laqolsin, senga esa ustkisi, — debdi dehqon.

— Xo’p, mayli. Faqat o’zing ishla, men esa to’nkamda o’tirib tomosha qilaman.

Kunlar o’taveribdi. Quyosh charaqlab, yerni qizdiribdi. Yomg’ir yog’ib ekinni sug’oribdi. Ularni ko’rib ayiqpolvon xursand bo’lib do’rillabdi:

Hoy, bobodehqon, hosilning ustini yig’ib olish kerak!

Yo’q, ayiqpolvon, hali erta. Kuzgacha kutaylik, — debdi dehqon.

Kuz kelibdi. Sholg’om kattakon bo’libdi. Ayiqpolvon kelib, yana do’rillay boshlabdi:

Hoy, dehqonbobo, hosilni qachon yig’ib olamiz?!

Ana endi vaqti keldi, ayiqpolvon! — javob beribdi dehqonbobo.

Dehqon hosilni yig’ishtira boshlabdi. Ayiqpolvon bo’lsa shu on hoziru nozir bo’libdi – da:

Qani, dehqonbobo, tegishimni ber – chi, — debdi.

Ha, mayli, ayiqpolvon, kelishganimizdek senga usti, menga osti.

Ayiq hosilni taqsimlar ekan, o’zida yo’q xursand bo’libdi. Chunki hosilning usti — bargini o’ziga, yer ostidagi sholg’omni esa dehqonga tutqizibdi. Dehqon sholg’om ortilgan aravani uyiga olib ketibdi. Ayiqpolvon esa qo’lidagi bargdan tishlab ko’rgan ekan, yuzlari tirishib ketibdi. Keyin jahl bilan hamma hosilni otib yuboribdi.

Keyingi yili dehqon bug’doy ekibdi. Bug’doy unibdi. Dehqonbobo bug’doyni o’rish uchun kelsa, ayiq polvon uni poylab turgan ekan.

Hoy, dehqon, mening ulushimni ber, bo’lmasa ezg’ilab tashlayman.

Sen hosilning qaysi qismini olasan, ayiqpolvon? — deb so’rabdi dehqon.

Endi menga hosilning ostini ber, o’zingga esa ustini ola qol, — debdi ayiq.

Dehqon bug’doyni o’rib, aravaga ortibdi. Ayiq polvonga o’zi aytganidek, hosilning osti poyasini qoldiribdi – da, uyiga jo’nabdi.

Ayiq iniga olib kelgan ham poyani chaynab ko’ribdi. Shunday bemaza ekanki! Ayiq alamidan bo’kirib yuboribdi – da, endi hech qachon dehqon bilan sherikchilik qilmaslikka qasam ichibdi.

Dehqonbobo esa uyida bug’doy non bilan choy ichib, mana bunday xirgoyi qilib o’tirganmish:

— Maymunjon – u qo’ziqorin teraman ayiqpolvon o’rmonida. Ayiq bo’lsa o’tirgancha, qotib qolgan to’nkasida.


Mushuk bilan chumoli


7677

 O'qildi: 8 843



Rus xalq ertagi

Juda ham semirib, yiltillab ketgan Mushuk yo‘l yoqasida mudrab o‘tirgan ekan. Ashula aytib, ishga ketayotgan Chumoli Mushukni ko‘rishi bilan jimib qolibdi-da, qadamini sekinlatibdi. Qo‘rqqanidan emas, Mushukni uyg‘otmaslik uchun shunday qilibdi.


Ozmi-ko‘pmi vaqt o‘tib, mushuk uyg‘onibdi. Ko‘zlarini chala-chulpa ochib qarasa, Chumoli og‘zida don olib kelayotgan edi. U Mushukning oldiga yetganida donni yerga qo‘yib salom beribdi.
— Hormang, Miyov xola! — debdi.
— Hali horiganimcha yo‘q, qora qiltiriq, -debdi Mushuk, — Faqat zerikib o‘tiribman, xolos.
— Ishlamasangiz zerikasiz-da, — debdi kulib Chumoli. — Men mehnat qilib zerikmayman.
— Nega endi men ishlar ekanman?! -debdi Mushuk ensasi qotib. — Egam bor -ne g‘amim bor. Sen sho‘rlik bo‘lsang baxtsizsan. Chunki seni boradigan uying, yuvib taraydigan, silab-siypaydigan egang yo‘q.
Bu gapingiz xato, Miyov xola, — debdi Chumoli ranjib, — men siz o‘ylagandek baxtsiz emasman, baxtliman. Chunki mehnat qilishga yetadigan kuch-quvvatim, g‘ayratim bor. Kimki mehnat qilmasa, o‘sha baxtsiz.

Mushuk o‘ylab qarasa, bahsda yengilib qoladigan. Shuning uchun ham gapni boshqa yoqqa burishga harakat qilibdi.


— Hazillashdim, Chumolivoy, — debdi u. — Men ham baxtliman. Sichqon ovlayman.
— Sichqonni onda-sonda ovlaysiz-da! Har kuni mehnat qilsangiz…
— Gaping to‘g‘ri, — debdi Mushuk. – Men har kuni mehnat qilmayman. Chunki, birinchidan, doim qornim to‘q. Ikkinchidan, sichqonni egamdan qo‘rqqanimdan ovlayman.
— Demak, ayyor ekansiz. – Chumoli shunday deb donni olibdi-da, yo‘lida ketaveribdi. Terlab-pishib borar ekan, o‘zicha: «Yaxshiyam egam yo‘q, bo`lmasa Mushukka o‘xshab yalqov, ayyor bo‘lib qolarkanman». deb o‘ylabdi.
Mushuk bo‘lsa, Chumolining ortidan qarab turib: «Yaxshiyam egam bor ekan, bo‘lmasa men ham Chumoliga o‘xshab tinim bilmas ekanman», debdi o‘ziga o‘zi.
Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling