Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar. Kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi reja: «Kimki axborotga EGA bo‘lsa, dunyoga egalik qiladi»
Download 54.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIBERMAKON
- AXBOROT
- IJODIY FAOLIYAT
Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar. Kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi REJA: «Kimki axborotga ega bo‘lsa, dunyoga egalik qiladi» degan fikrni siz qanday tushunasiz? Internetdagi rasmiy va norasmiy ma’lumotlar deganda nimani tushunasiz? Norasmiy ma’lumotlarga qanchalik ishonasiz? Yolg‘on xabar tarqatish, birovning tinchligini buzish milliy qadriyatla- rimizda qanday baholanadi? Sizning mobil telefoningizga yoki elektron pochtangizga noma’lum shaxslar tomonidan yuborilgan xabarga munosabatingiz qanday? KIBERMAKON Bugungi kunda Internet orqali sodir etilayotgan ji- noyatlar ko‘plab kuzatilmoqda. Ular kibermakonda o‘zlari uchun «in qurib» olib, global miqyosda ijti- moiy-iqtisodiy va mafkuraviy tahdidlarning vujudga ke- lishiga sababchi bo‘lmoqda. «Kibermakon» tushunchasi birinchi marotaba 1982-yilda iste’molga kiritilgan. Kibermakon «kiberne- tika» va «makon» so‘zlarining birlashmasidan iborat. Kibernetikaning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari — kompyuterlar tashkil qiladi. Kibermakon axborot uzatish va qabul qilish orqali turli jarayonlarni Kibernetika (yunoncha, boshqarish san’ati) — axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqaris- hda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan. Axborot — tasavvurning shakliga qaramasdan, shaxslar, voqea- lar boshqarish va ularga ta’sir o‘tkazishning eng qulay vosi- tasiga aylandi. Bugungi kunda global xavf bo‘lgan terrorchilik Internet olamiga ham kirib borib, kiberterrorchilik atamasi yuzaga keldi. Kiberterrorchilar axborot texnologiyalaridan foyda- lanib, siyosiy, diniy va mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar. Bu jarayonda, ko‘pincha, xakerlar xiz- matidan foydalaniladi. Xakerlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat idoralari, moliya tizimlari, xalqaro tashkilotlarning ma’lumot zaxiralariga hujumlar uyushtirib, tartib- sizliklarni keltirib chiqaradilar. Kiberterrorchilar o‘smir yoshlarning qiziqishiga qa- rab, ularni turli videolavhalar va fotosuratlarni tomosha qilishga jalb etadilar. Bu bilan esa milliy va umumin- soniy qadriyatlarga putur yetkazishga harakat qiladilar. Natijada manqurt insonlar shakllantirish orqali davlat- larda tinchlik va barqarorlik muhitini izdan chiqaradilar. Kiberterrorchilar o‘z maqsadlarini amalga oshirish- da diniy omildan foydalanib, insonlarning qalblarini egallashga harakat qiladilar. Bunda diniy tushuncha- larni noto‘g‘ri talqin qilish orqali ma’lum bir hududda mutaassiblik kayfiyatini shakllantirish asosiy maqsad hi- soblanadi. AXBOROT Globallashuv sharoitida ma’lumotlarning zamonaviy vositalar orqali tezlik bilan tarqatilishi kuzatilmoqda. Internet tizimi orqali tarqatilayotgan xabar va ma’lu- motlarga turli siyosiy taqiqlar, davlat chegaralari to‘siq bo‘la olmasligi katta moddiy va ma’naviy xavfning ke- lib chiqishiga sabab bo‘layotganini bir qancha davlatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Norasmiy xabarlarda buzg‘unchi g‘oyalar targ‘ibo- ti va terrorga chaqiriqlar juda ko‘p uchraydi. Shuning uchun ham bugungi kunda har bir shaxsda axborot iste’moli madaniyatini yuksaltirish hayot zaruratiga ay- landi. Zero, zamonaviy ilmiy-texnikaviy inqilob jamiyat hayotining moddiy asoslarini tartibga soldi. Xalqlarning turmush darajasini ular yashaydigan hudud yoki unda- gi yer resurslari emas, balki axborot, intellektual yoki ma’aviy salohiyat belgilab bera boshladi. IJODIY FAOLIYAT Berilgan matnni o‘qing va ularning mazmuni- ni axborot iste’moli madaniyati tushunchasi bilan izohlashga harakat qiling. «Ey mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan ho- lingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo ‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!» Download 54.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling