Yer resurslari haqida tushuncha. Dunyo yer resurslari
Download 61.68 Kb.
|
YER001
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy resurs
Yer resurslari haqida tushuncha. 2. Dunyo yer resurslari. 3. Yer (tuproq) boniteti va kadastri. 4. Yer resurslarini muhofaza qilish Yer (tuproq)larning sifat ko`rsatgichlari joylarda farq qiladi. Tuproqlar unumdorligini baholash va tuproqlardan samarali foydalanish maqsadida tuproqlar bonitirovkasi va kadastirini ishlab chiqish joriy qilingan Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalanayotgan barcha turdagi tabiiy ne'matlarga aytiladi. Yer resurslari ham, tabiiy resurslar qatoriga kiradi. U xalq xo`jaligi tarmoqlarini, axolini joylashtirishda hududiy asos hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida esa ishlab chiqarish vositasidir. Yer yuzasidagi quruqlikning (Antarktidadan tashqari) 133,9 mln km2 maydoni yer fondi hisoblanadi. Shundan qishloq xo`jaligi yerlari 35% (shudgor, o`tloq, yaylov) o`rmon va butazorlar 30%, aholi manzilgohlari, sanoat, transport majmualari 3% egallaydi. (GES, 1988) Yer fondini 30% o`rmonlar, texnogen yerlar (shahar, qishloklar, sanoat, transport tarmoqlari, turli injenerlik inshoatlari) 2% ni egallaydi. Kon foydalanadigan, butunlay unumsizerlar 34%ni tashkil qiladi O`zbekistonda 1998 yilning 24 iyulida O`zbekiston Respublikasi yer resursari bo`yicha Davlat qo`mitasi tuzildi (Goskomzem). Tuproq bonitirovkasiga –yerlarni baholash ishlarini dastlab V.V.Dokuchayev boshlab bergan. Uni amalda V.V.Dokuchayevning shogirdi N.M.Sibirsev rivojlantiradi. U 1900 yilda tuproqshunoslik bo`yicha o`quv qo`llanmasi yozadi va uning bir bobini tuproqlar bonitirovkasiga bag`ishlaydi Bonitirovka lotincha – bonitas – «yaxshi sifatlilik» ma'nosiga ega. Tuproq bonitirovkasida tuproqning barcha sifat ko`rsatkichlari inobatga olinadi O`zbekistonda tuproq bonitirovkasi uchun 100 balli shkala qabul qilingan. Qulayroq bo`lishi uchun 100 balli shkala (sug`oriladigan yerlar uchun) 10 sinfga bo`lib o`rganiladi. Kadastr degan so`z fransuz tilidan olingan bo`lib codastre- reyestr, ro`yxat ma'nosiga ega. Kadastrning tarkibiy qismini, negizini tuproq botirovkasi tashkil qiladi. Demak, kadastr tuproqni bozor iqtisodiyoti nuqtai nazardan iqtisodiy baholash demakdir. Yerlarning kadastr bahosini chiqarganda uning boniteti hisobga olinishi bilan bir qatorda, ayni joyning suv manbalariga, markaziy rayonlarga qulaylik darajasi hisobga olinadi va bahosi chiqariladi, aholiga mulkdorlarga sotilishi mumkin Download 61.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling