1. Evolyutsiyani o’rganishtexnolgiyani o’rganish demakdir. Bionika nima


Download 21.1 Kb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi21.1 Kb.
#1360785
  1   2   3   4   5
Bog'liq
bionic


Reja
1.Evolyutsiyani o’rganishtexnolgiyani o’rganish demakdir.
2.Bionika nima
3.Texnik biologiya va biomika

Bionika (yun. bion — hayot elementi, asl maʼnosi — yashovchi)—biol. va kibernetikaning yanada mukammal texnik vositalar yoki qurilmalarni yaratish maqsadida organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyatini oʻrganadigan bir yoʻnalishi. B. 20-asrning 2-yarmida shakllangan. Nerv sistemasida axborotning qayta ishlanish usuli, sezgi organlarining tuzilishi va ishlashi xususiyatlari, navigatsiya, oriyentatsiya va lokatsiya tamoyillari yoki odam va hayvonlarda sodir boʻladigan boshqa jarayonlar, shuningdek foydali ish koeffitsiyenta juda yuqori boʻlgan bioenergetik jarayonlar B.ning asosiy masalalaridir. Nerv sistemasi signallarni aniq va bexato qabul qilishi, ishonchli, ixcham va energiyani tejab sarflashi bilan elektron hisoblash mashinalariga nisbatan katta afzallikka ega. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini oʻrganish "oʻylovchi" mashinalar, yorugʻlik, harorat va elektr maydonini sezuvchi ixcham va oʻta sezgir datchiklar hamda harakatdagi jismni kuzatib boradigan asboblar yaratishda katta ahamiyatga ega. Hid bilish aʼzosini oʻrganish esa havodagi yoki suvdagi hidli moddalarning eng kam miqdorini bilishga imkon beradigan qurilmalarni yaratishga yordam beradi. Hayvonlarda uchraydigan infrakizil nurlar, ultratovush va haroratni sezuvchi reseptorlar asosida matn va sxemalarni oʻqiydigan va taniydigan, osselogrammalar va rentgenogrammalarni tahlil eta oladigan kurilmalar ishlab chikilgan. Kushlar, baliklar va boshqa hayvonlarning navigatsiya qobiliyatini oʻrganish navigatsiyada foydalaniladigan uskunalarni takomillashtirishga imkon beradi. Hayvonlarning morfologik tuzilishini oʻrganish esa texnik konstruksiyalarni barpo etishda yangi gʻoyalar manbai hisoblanadi. Suvda tez suzadigan hayvonlarning terisini oʻrganish tez suzar kemalar, suyaklarning tuzilishini oʻrganishdan olingan maʼlumotlar yengil va mustahkam konstruksiyalar yaratishga imkon berdi.
Nima sababdan odamlar qush kabi ucha olmaydilar? Mazkur savol insoniyatni uzoq davrlardan beri qiziqtirib keladi. Shu sabab bo‘lsa kerak, insonlar endigina texnikani o‘zlashtirayotgan paytlardanoq qushlarday parvoz qilish imkonini beradigan uskunalar yaratish harakatlarini boshlaganlar. Moziy ustalari dastavval qushlarning qanotlariga o‘xshash biror narsa yasalsa bo‘lgani, shundan so‘ng osonlik bilan bir hududdan ikkinchisiga ko‘chib yurish mumkin, degan fikrda edilar.
Ammo, taassufki, har bir ishning o‘ziga yarasha murakkabliklari bor, hatto eng oson ko‘ringanining ham. Shu bois o‘tmish olimlarining sa'y-harakatlari amalda ular o‘ylaganchalik muvaffaqiyatli kechmagan.
Ilm-fanda tirik jonzotlar, xususan, hayvonlar va qushlarning o‘ziga xos qobiliyatlarini namoyon etuvchi maxsus mexanizmlar evolyutsiya jarayonida million yillar davomida shakllanib kelgan, deyiladi. Tabiiy tanlov yo‘li orqali esa bosh­qalarga nisbatan yaxshiroq uchgan, suzgan yoki sudralib yurgan jonzotlar omon qolganligi barchamizga biologiya hamda umumiy tarix darslaridan ma'lum. Shu tariqa asta-sekinlik bilan tabiatda ushbu funktsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan juda samarali moslamalar va mexanizmlar vujudga keldi. 
Tahlil etish hamda amalda sinab ko‘rish usullarining yetarlicha takomillashmagani sabab hayvonot olami vakillarining mazkur «sir»lari uzoq-uzoq vaqtgacha insonlar uchun jumboq bo‘lib qolaverdi. Davrlar o‘tgani sari bu sirlardan voqif bo‘lishga intilgan qator muhandis va loyihachilar insonlar hayotini yengillashtiruvchi turfa xil moslamalarni yaratishga erishdi.
Ayni paytda biolog olimlar tirik jonzotlarni o‘rganishda olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirayotganidan ko‘pchilikning xabari bor. Bu ikki soha mutaxassislari bir-biri bilan ayro tarzda faoliyat yuritishsa ham, ba'zan muhandislar jonli tizimlarda ishlab turgan printsip va mexanizmlarni o‘z loyihalariga tatbiq etishning uddasidan chiqishgan. Eng qulay hamda samarali yo‘llarni izlash natijasida tadqiqotchilar minglab asrlar oldin tabiat tomonidan «yaratilgan» namunalar va chizmalarni hosil qildilar.
Mazkur kashfiyotdan so‘ng ko‘r-ko‘rona ishlashning befoyda ekani ma'lum bo‘ldi va loyihachilar hayvonot olamini chuqurroq o‘rganishga kirishdilar. Ana shunda mavjud texnologiyalardan foydalangan holda olimlar tirik organizmlar tizimidagi tuzilmalar va mexanizmlarni to‘laqonli tadqiq etish hamda ular asosida namunalar yaratish imkoniga ega bo‘lishdi. Tirik organizm­larning faoliyat yuritish tizimlarini o‘rganuvchi va aniqlangan ish printsiplarini texnika vositalarida qo‘llaydigan fan esa bionika nomini oldi.
Science.com elektron sahifasi ma'lumotlariga tayangan holda aytish mumkinki, ushbu atama aslida yunoncha «bion» so‘zidan olingan bo‘lib, u «hayot birligi» yoki «unsuri» sifatida ta'riflanadi. Xullas, bionika biologiya hamda texnikani uyg‘unlashtiradigan fan bo‘lib, bunda muhandislik masalalariga organizmlar strukturasi va hayotiy faoliyatining tahlili asosida yechim izlanadi. Bionika, shuningdek, fizika, kimyo, kibernetika va muhandislik fanlari, ya'ni elektronika, navigatsiya, aloqa, dengiz ilmi bilan ham chambarchas bog‘liq.
Jonli tabiat borasidagi bilimlardan muhandislik masalalarini hal etishda foydalanish fikri aslida Leonardo da Vinchiga tegishli deb hisoblanadi. Boisi, ko‘p asrlar ilgari mutafakkir qushlar kabi qanot qoqadigan uchish apparati - ornitopterni yaratishga uringan. Keyinchalik tirik organizmlar va texnik mashinalardagi bosh­qarish, aloqa qilishning umumiy tamoyillarini o‘rganuvchi kibernetika sohasi vujudga keldi. Bu esa o‘z navbatida jonli tizimlar bilan texnika o‘rtasidagi umumiylikni aniqlashga, tirik organizmlar to‘g‘risida olingan bilimlar yangi asbob-uskuna, mexanizm, material va boshqalarni yaratishga turtki bo‘ldi. Ushbu yangi fan «tug‘ilgan» rasmiy sana sifatida esa 1960 yil ko‘rsatiladi. Negaki, aynan o‘shanda ­AQShning Dayton shahrida bionika bo‘yicha ilk simpozium o‘tkazilgan.
Shartli ravishda bionikada bir qancha yo‘nalishlarni belgilash mumkin. Mutaxassislarning bir qismi hayvonot olamidagi mexanizmlarni o‘rganish, ulardan «nusxa olish» va amalda qo‘llash borasida izlanishlar olib boradi. Tibbiy bionika bo‘lsa, yanada mukammal protezlar, insonlarga ko‘rish yoki eshitish kabi qobiliyatlarni qaytarish imkonini beradigan qurilmalarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Bionikada uy hayvonlarining ijtimoiy fe'l-atvorini o‘rganuvchi yana bir mutlaqo alohida soha ham bo‘lib, uni ba'zi mutaxassislar mazkur fanga aloqador emas, deb ta'kidlashadi. Biroq ushbu yo‘nalishda izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar flora olami vakillari, masalan, chumoli yoki ari oilalari hayotini tartibga solib turuvchi qonuniyatlardan istiqbolda insonlar jamiyatida ham foydalanish mumkinligini inkor etmayaptilar.
Ushbu fikrning isboti sifatida bir misolni keltirib o‘tish joiz. Rsu.edu saytida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, yaqindagina nemis entomologlari chumolilar qay tarzda o‘z uyasiga yaqinlashganda bir-birlariga urilmay, tirbandlik hosil qilmasligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda ushbu jonzotlar mazkur usuldan ongli yoki ongsiz ravishda foydalanishi hali ma'lum emas. Shunga qaramay, olmon olimlari kelgusida xuddi shu yo‘l bilan shahar magistrallarida yuzaga keladigan avtoulovlar tirbandligi holatining oldini olishga erishish mumkin, degan fikrda.
Fanning boshqa bir yo‘nalishi ham bor: bunda in silico, ya'ni silikon moddasidan jismlar yaratgan holda batamom o‘zgacha evolyutsiyaga asos solishga intilish seziladi. Garchi hozirgacha bu yo‘nalishda ish olib borayotgan olimlar kutilganchalik olamshumul yutuqlarga erishmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda ular evolyutsiyani modellashtirishning bir qancha usullari (vazifasi insonlar og‘irini yengillashtirish bo‘lgan robotlar)ni yaratish kabilarga erishishga muvaffaq bo‘lmoqda.
Umuman olganda, eng ko‘p amaliy samaradorlik kuzatilayotgan tibbiyot bionikasi asosan inson organizmida mavjud bo‘lgan tizimlarni o‘rganishga tobora ixtisoslashyapti. Shu bilan bir qatorda boshqa tirik organizmlar sistemalarini o‘rganish va ularda kuzatilgan hayotiy mezonlarni texnika sohasiga joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar ham amalga oshirilmoqda. 

Download 21.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling