1. Evolyutsiyani o’rganishtexnolgiyani o’rganish demakdir. Bionika nima
Download 21.1 Kb.
|
bionic
Zafarli onlar
Tirik organizmlarning yana bir sinfi borki, bionika mutaxassislarini anchadan buyon qiziqtirib kelmoqda. Bu - hasharotlar. Garchi ko‘rinishidan biroz g‘ayritabiiy bo‘lsa-da, ular umurtqasizlar orasidagi eng mukammal jonzotlar sifatida e'tirof etiladi, deyiladi bionicanews.org manbasida. Negaki, mazkur sinfga mansub turfa xil jonzotlarda umrguzaronlik qilish uchun o‘ta samarali «moslamalar» shakllangan. Ularga, xususan, ko‘z tizimini kiritish mumkin. Aniqlanishicha, hasharotlar faset, ya'ni bir qancha sodda ko‘zlar yig‘indisidan iborat shakldagi ko‘rish organiga ega. Har bitta ko‘zcha orqali «olingan» ma'lumotlar esa miyada bir butun manzarani hosil qiladi. Pashshaning faset ko‘zlarini o‘rganish u o‘ziga nisbatan ancha jadal harakatlanayotgan ob'ektlarning tezligini ham o‘ta aniqlik bilan payqash qobiliyatiga egaligini ko‘rsatdi. Chunki bunda predmetning tasviri birin-ketin har bir faset ko‘zchalardan «yig‘ib» olinadi va mazkur ma'lumotlar maxsus retseptorlarga uzatiladi. Oqibatda, alohida-alohida tasvirlar turkumi hosil bo‘ladi. Muhandislar pashsha ko‘zlarining bunday ishlash printsipi asosida parvozdagi samolyotlarning tezligini qisqa muddatda aniqlaydigan detektor asbobini yaratdilar. Bu uskuna texnika olamida «pashsha ko‘zi» nomini olgan. Bionicaworld.com elektron sahifasida aytilishicha, bionikadagi mo‘jizalardan biri sifatida Delflay (DelFly)ni ko‘rsatish zarur. Aslida bu mitti samolyot (Micro Air Vehicle - MAV) bo‘lib, u qush yoki hasharot kabi ikki juft qanot yordamida parvoz qiladi. Bionik Delflay nafaqat gorizontal parvozni amalga oshiradi, balki bir joyda to‘xtab havoda muallaq turishi ham mumkin. Tez va sekin parvozning aynan shu kabi uyg‘unlashuvi uskunaning o‘ziga xosligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, Delflayga kamera ham o‘rnatilgan. Uning yordamida parvoz amalga oshirilayotgan hudud manzarasi sekin parvoz paytida aniq tasvirga olinadi. Delflay ixtirochilari Delft texnika universiteti aerokosmika fakultetining 11 nafar talabasi va ularning ilmiy rahbarlaridir. Joriy yil Germaniyada o‘tkazilgan bionika bo‘yicha MAV (Multyple Applying of Bionic Devices) xalqaro tanlovda ushbu loyiha eng noyob deb topilib, uning namoyish etilgan parvozlari ilm ahlini befarq qoldirmadi. Yuqorida keltirilgan misollar «xamir uchidan patir», xolos. Aslida bugunga kelib bionikada bu kabi yutuqlar e'tirofga arzigulik ravishda ko‘p miqdorda. To‘g‘ri, hozircha «mexanik hayvonlar» tabiiy nusxalaridek mukammal emas, biroq kashfiyotchilar kamchiliklar yaqin kelajakda bartaraf etilishiga umid qilishmoqda. Download 21.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling