1. Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni


Go`zallik tushunchasining mohiyati


Download 31.13 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi31.13 Kb.
#1132964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Wpargalka

2.Go`zallik tushunchasining mohiyati
GOʻZALLIK — estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuygʻulari hosil qilishga qodir boʻlgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi.
Islom taʼlimotida Goʻzallikning oʻzi ham, timsoli ham Alloh jamolidandir. Inson goʻzalligi uning yaxshilik qilishida, sabr-toqatida; bular inson goʻzalligini belgilovchi mezon sifatida qaraladi. Goʻzallik insonning Alloh karomatini tushunib yetishi va unga ergashishi, maʼnaviyaxloqiy poklanish sari intilishidir.
Oʻrta Osiyo mutafakkirlari Goʻzallikni islom aqidalari ruhida idrok etsalarda, Goʻzallikning murakkab maʼnaviy jarayon ekanligini taʼkidlashga harakat qilganlar. Forobiy taʼlimotiga koʻra, Goʻzallik — insonning jismoniy, maʼnaviy va axloqiy chiroyining ifodasidir. Alisher Navoiy barcha Goʻzallik hayot va insonda, ayni vaqtda, barcha xunuklik va nopoklik ham insonda deb bildi, shuning uchun u inson tarbiyasiga katta ahamiyat berdi.
Goʻzallik haqida juda koʻp nazariyalar, qarashlar, taʼlimotlar mavjud. Ularda Goʻzallikning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha, inson uchun foydali va kerakli narsalar goʻzaldir. Platon tasavvuricha, inson Goʻzallikni allaqanday estetik-ruhiy kayfiyat chogʻidagina idrok eta oladi. Uning taʼlimotiga koʻra, Goʻzallik narsa va predmetlarga xos boʻlmay, insonning voqelikka maʼnaviy-estetik munosabati natijasida tugʻiladigan gʻoya, tushunchadir. Aristotel, Didro fikriga koʻra, narsa va hodisalardagi uygʻunlik, mutanosiblik Goʻzallikni tashkil etadi. Inson narsa va hodisalarning goʻzal yoki xunukligini belgilashda meʼyor vazifasini oʻtaydi. Insoniy meʼyor Goʻzallikning asosidir. Kant G. asosiga kishining narsa va hodisalardan begʻaraz zavq olishini qoʻyadi. Maʼrifatparvarlar Goʻzallik deb, insonning hayotda uygʻun ijtimoiy aloqalar oʻrnatishga boʻlgan intilishini tushunganlar. Gegel fikriga koʻra, tabiatdagi Goʻzallikdan sanʼat goʻzalligi mukammalroq, chunki unda timsol va gʻoya oʻzining mutlaq uygʻunligini topadi. Chernishevskiy taʼkidlashicha, hayot — G. dir, inson hayoti, extiyoji va maqsadiga mos tushuvchi narsalar goʻzaldir.
19—20-a. jahon estetikasidagi turli falsafiy yoʻnalishlar vakillari ilgari surgan gʻoyaga koʻra, Goʻzallik inson ruhiyati, qalbi va maʼnaviyati bilan bogʻliq tushunchadir. Goʻzallik manbai — shaxs qalbidadir.
Goʻzallik — inson va hodisalarni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida belgilovchi ijtimoiy, ijobiy va ijodiy tushunchadir. Goʻzallikni idrok etish shaxsning jamiyatda tutgan oʻrni, ongi, didi, dunyoqarashi va b. omillarga bogʻliq. Oʻzbek tilidagi «chiroyli» soʻzi estetik baho sifatida alohida buyum, narsa va shaxsni, koʻpincha tashqi belgilar va shakllarning mutanosibligi, uygunligini nazarda tutsa, Goʻzallik soʻzi inson ongidagi tushunchani, tasavvurni, idealni ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot natijasida xar bir xalq oʻzining Goʻzallik ideali va tushunchasiga ega boʻladi. Bu tushunchalardagi mushtarak insoniymaʼnaviy jihatlar umumbashariy Goʻzallik haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Goʻzallik tabiat, jamiyat va insonga xos mushtarak xususiyatlarni qamrab olgan holda muayyan sharoit va hodisalar b-n bogʻliq tarixiy, ijtimoiy, milliy va oʻziga xos jihatlarga ega boʻladi.
Tabiatdagi Goʻzallik koʻproq mutanosiblik, uygunlik, rang-baranglik singari zohiriy belgilar, sifatlar meʼyori bilan baholanadi; ijtimoiy hayotdagi Goʻzallik jamiyatning inson uchun yaratgan erkin va demokratik tamoyillari darajasi bilan oʻlchanadi; adabiyot va sanʼatdagi Goʻzallik ijodkorning original obrazlar, gʻoyalar kashfiyoti, badiiy maxrrati bilan belgilanadi.
Barcha narsa va hodisalarning goʻzalligini ifodalovchi asosiy omil — uning kishiga zavq bagʻishlashi. Sanʼat asarlari Goʻzallikni yorqin va umumlashtirib aks ettirgani uchun ular xar bir shaxsda zavq uygʻotadi, Goʻzallik tuygʻusini tarbiyalaydi.

Islom taʼlimotida G.ning oʻzi ham, timsoli ham Alloh jamolidandir. Inson goʻzalligi uning yaxshilik qilishida, sabr-toqatida; bular inson goʻzalligini belgilovchi mezon sifatida qaraladi. G. insonning Alloh karomatini tushunib yetishi va unga ergashishi, maʼnaviyaxloqiy poklanish sari intilishidir.


Oʻrta Osiyo mutafakkirlari G.ni islom aqidalari ruhida idrok etsalarda, G.ning murakkab maʼnaviy jarayon ekanligini taʼkidlashga harakat qilganlar. Forobiy taʼlimotiga koʻra, G. — insonning jismoniy, maʼnaviy va axloqiy chiroyining ifodasidir. Alisher Navoiy barcha G. hayot va insonda, ayni vaqtda, barcha xunuklik va nopoklik ham insonda deb bildi, shuning uchun u inson tarbiyasiga katta ahamiyat berdi.
G. haqida juda koʻp nazariyalar, qarashlar, taʼlimotlar mavjud. Ularda G.ning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha, inson uchun foydali va kerakli narsalar goʻzaldir. Platon tasavvuricha, inson G.ni allaqanday estetik-ruhiy kayfiyat chogʻidagina idrok eta oladi. Uning taʼlimotiga koʻra, G. narsa va predmetlarga xos boʻlmay, insonning voqelikka maʼnaviy-estetik munosabati natijasida tugʻiladigan gʻoya, tushunchadir. Aristotel, Didro fikriga koʻra, narsa va hodisalardagi uygʻunlik, mutanosiblik G.ni tashkil etadi. Inson narsa va hodisalarning goʻzal yoki xunukligini belgilashda meʼyor vazifasini oʻtaydi. Insoniy meʼyor G.ning asosidir. Kant G. asosiga kishining narsa va hodisalardan begʻaraz zavq olishini qoʻyadi. Maʼrifatparvarlar G. deb, insonning hayotda uygʻun ijtimoiy aloqalar oʻrnatishga boʻlgan intilishini tushunganlar. Gegel fikriga koʻra, tabiatdagi G. dan sanʼat goʻzalligi mukammalroq, chunki unda timsol va gʻoya oʻzining mutlaq uygʻunligini topadi. Chernishevskiy taʼkidlashicha, hayot — G.dir, inson hayoti, ehtiyoji va maqsadiga mos tushuvchi narsalar goʻzaldir.
19—20-asr jahon estetikasidagi turli falsafiy yoʻnalishlar vakillari ilgari surgan gʻoyaga koʻra, G. inson ruhiyati, qalbi va maʼnaviyati bilan bogʻliq tushunchadir. G. manbai — shaxs qalbidadir.
G. — inson va hodisalarni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida belgilovchi ijtimoiy, ijobiy va ijodiy tushunchadir. G. ni idrok etish shaxsning jamiyatda tutgan oʻrni, ongi, didi, dunyoqarashi va b. omillarga bogʻliq. Oʻzbek tilidagi "chiroyli" soʻzi estetik baho sifatida alohida buyum, narsa va shaxsni, koʻpincha tashqi belgilar va shakllarning mutanosibligi, uygunligini nazarda tutsa, G. soʻzi inson ongidagi tushunchani, tasavvurni, idealni ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot natijasida har bir xalq oʻzining G. ideali va tushunchasiga ega boʻladi. Bu tushunchalardagi mushtarak insoniymaʼnaviy jihatlar umumbashariy G. haqidagi tasavvurni shakllantiradi. G. tabiat, jamiyat va insonga xos mushtarak xususiyatlarni qamrab olgan holda muayyan sharoit va hodisalar bilan bogʻliq tarixiy, ijtimoiy, milliy va oʻziga xos jihatlarga ega boʻladi.
Tabiatdagi G. koʻproq mutanosiblik, uygunlik, rang-baranglik singari zohiriy belgilar, sifatlar meʼyori bilan baholanadi; ijtimoiy hayotdagi G. jamiyatning inson uchun yaratgan erkin va demokratik tamoyillari darajasi bilan oʻlchanadi; adabiyot va sanʼatdagi G. ijodkorning original obrazlar, gʻoyalar kashfiyoti, badiiy maxrrati bilan belgilanadi.



Download 31.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling