1. Falsafa fanining mohiyati mazmuni va vazifalari Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir


Download 15.96 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi15.96 Kb.
#1238383
Bog'liq
Hujjat


-variant

1. Falsafa fanining mohiyati mazmuni va vazifalari

Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. U olam va uning mavjudligi, rivojlanishi, inson, umrining mazmunini va mohiyati, kabi koplab muammolar haqida baxs yuritadigan nazariy fandir. Bu atama qadimgi yunon tilidan olingan bolib donishmandlikni sevish (filo-sevaman, sofiya-donolik) degan manoni anglatadi. Qadimgi Yunonistonda Filosofiya atamasini dastlab alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa, u buyuk Yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan.
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U bir tomondan, insonning voqyeylikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllaridan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir.
Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida donishmandlikni sevish degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni xaqidagi qarash va xikmatlarni ezozlash manosida ishlatilgan. Sharqda Ikkinchi Arastu, Ikkinchi muallim deya etirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy falsafa sozini Xikmatni qadrlash deb talqin etgan. Ingliz faylasufi T.Gobbs uni togri fikrlash orqali bilishga erishish, nemis faylasufi Gegel umuman predmetlarga fikriy yondashish, Pragmatizm talimoti namoyondalari esa foydali narsalarni bilish jarayoni deya talqin etgan.
Falsafa kishilarga olam togrisida yaxlit bilimlar va tasavvurlar beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini organadi. Shu jihatdan falsafa barcha fanlarning otasi hisoblanadi. Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish bilan bogliq masalalar ham muxim axamiyat kasb etadi.

2. Markaziy Osiyoda zardushtiylik va buddaviylik dini

Urtа Оsiyodа buddizmgа tеgishli tаriхiy оbidаlаrning kupligi jihаtidаn Fаyoz-tеpа eng yirik yodgоrlik hisоblаnаdi. U еrdаn chiqqаn diniy bitiklаr, hаykаllаr bilаn birgа tоpilgаn ibоdаtхоnаning hududi аnchа kаttа jоyni egаllаydi.
1926 yildа А.S. Strеlkоv tоmоnidаn аniqlаngаn eski Tеrmizning shаrqidаgi Zurmаlа minоrаsi Urtа Оsiyo tеrritоriyasidаgi birinchi оchilgаn, kаttа аhаmiyatgа mоlik bulgаn buddizm inshооtidir.
Еski Tеrmizdаn tоpilgаn Qоrа-tеpа buddist mаjmuаsi milоdning I аsri Kushоn sаltаnаtining gullаgаn dаvrigа tugri kеlаdi. Qоrа-tеpаdаgi hаr bir inshооt еr ustki vа gоr ichidа jоylаshgаn ibоdаtхоnа, sаrоy, bir mоnах (zоhid) uchun mоslаshtirilgаn hujrаlаrdаn ibоrаt.
Dаlvаrzin-tеpа mаjmuаsi 1967-1968 yillаrdа qаzib оchilgаn bulib, Tеrmiz yaqinidаgi Surхоn vоhаsining urtа qismidа jоylаshgаn. Mаzkur kоmplеks G.А. Pugаchеnkоvа vа B.А. Turgunоv bоshchiligidаgi Uzbеkistоn sаn’аtshunоslik аkаdеmiyasi tоmоnidаn оchildi. Dаlvаrzin-tеpаdа tоpilgаn buddizm mаjmuаsi bu din tа’limоti Kushоn sаltаnаtining shimоliy vilоyatlаrigа I аsrdа yoyilgаnligini kursаtаdi.

3. Gnoseologiya falsafasi

Bilish bu inson ongi va tafakkurining tabiat, jamiyat va ozi togrisida yangi bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, manaviy faoliyat turidir. Bilish bu inson ongining yangi bilimlarga boyib borish jarayonidir. Inson ozini qurshab turgan atrof-muhit togrisida bilim va tasavvurga ega bolmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvofaqiyatli shugullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi Ilm bolib, har qanday kasbni egallash faqat ilm va tajriba orqali roy beradi.
Bilishning ikki xil shakli:
kundalik (empirik) bilish va
nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Bilish obyekti. Tadqiqotchi faoliyati qaratilgan predmet, hodisa, jarayon va munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi.
Bilish subyekti. Bilish bilan shugullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy bilish faoliyati faqat tabiat va jamiyatning mohiyatini bilishga emas, balki insonning oziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon boladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdan iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida avvalo insonning moddiy va manaviy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish va shu bilan bir qatorda barkamollikka intilish, tabiat va jamiyatning insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Har qanday Fan fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.
Bilish predmeti deganda biz bilish subyekti(inson)ning aktiv faoliyati yunaltirilgan bilish obyektini va uning ayrim sohalari va tomonlarini tushunamiz. Tibbiyot ilmidan misol qilib olsak agar umuman tibbiyot ilmining predmeti inson bolsa, Anatomiya fani inson organizmining tuzilishining, Gistologiya fani hujayra va tuqimalarning, Karidialogiya esa inson yuragining faoliyati bilan bogliq jarayonlarni organadi.

4. Estetika fanining mohiyati mazmuni va vazifalari

Estetika so‘zi yunoncha «estezis» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his qilish qobiliyati» manosini bildiradi. Bu fan - insonning voqelikka estetik munosabatlari va insoniyat badiiy rivojining umumiy qonun- qoidalari haqidagi fan. Uzoq vaqt bu fan «Gozallik falsafasi» deb tariflab kelingan. Lyokin hozirgi davrda Estetika" fanini bunday tariflab bolmaydi, chunki «gozallik»ning ozi Estetika"ga tegishli tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Birinchi marta estetika sozini fanning nomi sifatida olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) Poetika asarining bazi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar” kitobida ishlatgan (1735 yil). Lyokin bu bilan Baumgartenni „Estetika" fanining asoschisi deb bo‘lmaydi, chunki estetika nazariyalari qadim zamonlardayoq „Falsafa” fani doirasida o‘rganilgan.
2.Estetikаning shakllanish tarixi.
Dastlabki estetik talimotlar quldorlik jamiyati davrida - Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon)da vujudga kelib, qadimgi Yunonitonda, ayniqsa, Aflotun, Arastu, Suqrot asarlarida, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning tadqiqotlarida rivojlantirildi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. Estetika" sozi kopincha narsa va hodisalarning rang-tusi va shaklidagi mukammallik, mutanosiblik, latofat manolari majmui sifatida ham qollaniladi. Mazkur tushuncha kishilarning yaxshi fel-atvori, muomalasi, nutqi, did bilan kiyinishini anglatadi yoki tabiatdagi gozallikni ham bildiradi.

5. Islom dinining mazhablari



Islоmdа yunаlishlаrning vujudgа kеlishi. 632 yildа Pаygаmbаr (аlаyhis-sаlоm) vаfоtidаn sung hоkimiyat хаlifаlikkа sаylаngаnlаr tоmоnidаn bоshqаrildi. Birinchi Аbu Bаkr, ikkinchi Umаr ibn Хаttоb sаylаndi, sung Usmоn ibn Аffоn vа Аli ibn Аbi Tоlib хаlifа buldi. Аvvаlgi ikki хаlifа dаvridа хаlifаlikdа ichki nizо vа firqаlаnish bulmаdi. Usmоn хаlifаligi dаvrining sunggi yillаridа ichki nizоlаr pаydо bulib, хаlifаgа qаrshiliklаr kuchаydi. Охir-оqibаt bir tudа оdаmlаr Hаzrаti Usmоnning uyigа bоstirib kirаdilаr vа uni uldirаdilаr. Uning uldirilishi хаlifаlikdа urushni kеltirib chiqаrdi vа Аli ibn Аbi Tоlib хаlifаligi dаvridа bundаy nizоlаr yanаdа kuchаydi. SHоm vоliysi Muоviya хаlifаgа qаrshi chiqib tеzrоq хаlifа Usmоn qоtillаrini tоpib jаzоlаsh tаlаbini quyadi. Хаlifа bu pаytdа аvvаl ichki nizоlаrni tugаtish bilаn ishni bоshlаgаn bulаdi. Bu iхtilоf qurоlli tuqnаshuvgа оlib kеlаdi. Bu tuqnаshuv 657 yili Irоqning Siffin dеgаn jоyidа bulib utgаni uchun jаngning nоmi Siffin dеb аtаlgаn. SHundа dаvlаt tuzumi mаsаlаsidа Pаygаmbаrdаn kеyin хаlifаlik kimgа utishi kеrаk dеgаn mаsаlаdа uch tоifаgа bulinish uyz bеrdi.
Birinchi – хаlifа Аli tаrаfdоrlаri bulgаn, хаlifаlik fаqаt pаygаmbаr хоnаdоnidа mеrоs sifаtidа utishi kеrаk dеb hisоblоvchi guruh. Nаtijаdа ulаrdаn shiаlik оqimi kеlib chiqdi.
Ikkinchi – хаlifа Аlining sоbiq tаrаfdоrlаridаn tаshkil tоpgаn, uni Siffin jаngidаn kеyin tаshlаb kеtgаn хоrijiylаr (аjrаb chiqqаnlаr) guruhi hisоblаnаdi.
Uchinchi – «аhli sunnа vаl jаmоа» guruhi.
Islоmdаgi ilk bid’аt, firqаchilik vа аdаshish хоrijiylаr vа shiаlаr guruhlаrining fаоliyatidа kuzgа tаshlаnаdi. Bundаy firqаlаr аsоsiy ikki mаsаlаdа uyzаgа kеlgаn: imоmаt (dаvlаtgа rаhbаrlik) vа аqidаdа.
Download 15.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling