1. Falsafa nimadan bahs yuritadi? A. Jamiyatga bo’lgan qarashlar yig’indisi haqidagi fan


Download 242.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.12.2023
Hajmi242.3 Kb.
#1779728
Bog'liq
Test



1. Falsafa nimadan bahs yuritadi? 
A. Jamiyatga bo’lgan qarashlar yig’indisi haqidagi fan. 
B. Yaxlit dunyo to’g’risidagi umumiy qarashlar jami. 
V. Dunyo, undagi inson o’rni, insonning dunyoga bo’lgan munosabati haqidagi eng umumiy nazariy 
qarashlar tizimi. 
G. Ijtimoiy ong shakli, fanlarning uslubiy asosini o’rganadi. 
2. Dunyoqarashning qadimgi turlari qaysi? 
A. Materialistik, idealistik, metafizik. 
B. Sinfiy (partiyaviy), milliy, umuminsoniy. 
V. Ilmiy, noilmiy, g’ayriilmiy. 
G. Mifologik, diniy, falsafiy. 
3. Falsafaning asosiy vazifasini nimadan iborat deb tushunasiz? 
A. Borliq va ongning eng umumiy qonunlarini o’rganish, to’g’ri xulosa chiqarish, kelajakni bashorat 
qilishdan. 
B. Qadriyatlarni aniqlashdan va ulardan to’g’ri foydalanishdan. 
V. Materialistik dunyoqarashni shakllantirish va idealizm, dinga qarshi faol kurashdan. 
G. Akilli fikrlash madaniyatini tarbiyalashdan. 
4. Falsafaning paydo bo’lgan joyi: 
A. Qadimgi Misr. 
B. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya) 
V. Qadimgi Mesopotamiya, Vizantiya. 
G. Qadimgi O’rta Osiyo. 
5. “Olam yonib, so’nib turuvchi olovdan iborat”, degan fikrni aytgan faylasuf kim? 
A. Fales. 
B. Pifagor. 
V. Geraklit. 
G. Farg’oniy. 
6. O’rta asr falsafasi negizida nima yotadi? 
A. Kosmotsentrizm 
B. Antropotsentrizm. 
V. Geliotsentrizm. 
G. Teotsentrizm. 
7. “Dialektika” ta’limotiga asos solgan faylasuf kim? 


A. Geraklit. 
B. Gegel. 
V. Feyerbax. 
G. Bekon. 
8. So’fizm – tasavvuf falsafasining asosiy mohiyati nimada? 
A. O’zini o’limga tayyorlashda. 
B. Ilohiy axloqda. 
V. Moddiy va ma’naviy dunyodan butunlay voz kechishda. 
G. Ollohni tanish, ishqi ilohiyga erishish va u bilan qo’shilib ketishda. 
9. O’tmish Sharq faylasuflari ijodidagi bosh g’oya: 
A. Fozil jamoa va komil inson g’oyasi. 
B. Axloqiy ta’limotlar. 
V. Insonparvarlik g’oyalari. 
G. Go’zallikka intilish, uni madh etish g’oyasi. 
10. Algebra (al-jabr) ilmining asoschisi kim va uning vatani qaerda 
A. Farg’oniy, Farg’onada. 
B. Pifagor, Gretsiyada. 
V. Muhammad Xorazmiy, Xorazmda. 
G. Eynshteyn, Amerikada. 
11. O’rta Osiyo mutafakkirlaridan kim “O’tmish avlodlarning yodgorliklari” asarini yozgan? 
A. Farg’oniy. 
B. Forobiy . 
V. Ar-Roziy. 
G. Beruniy. 
12. “Kutadg’u – bilik” risolasining muallifi kim? 
A. Ahmad YUgnakiy . 
B. YUsuf Xos Hojib. 
V. Sulaymon Boqirg’oniy. 
G. Mahmud Qoshg’ariy. 
13. “Kategoriya” nima? 
A. Har qanday fanning atamalari. 
B. Har qanday ilmiy tushunchalar. 


V. “Tamoyil” tushunchasining sinonimi 
G. Borliq va bilishning muhim tamoyillari, munosabatlari, aloqalarini ifodalovchi eng umumiy falsafiy 
tushunchalar. 
14. O’zbekistonning milliy mustaqilligi uchun kurashgan yirik namoyondalarni aniqlang. 
A. Nodira, Axmad Donish, Uvaysiy. 
B. Temur , Bobur, Xudoyorxon , Amir Olimxon. 
V. Fitrat, Bexbudiy, CHo’lpon, Qodiriy. 
G. Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar. 
15. XX asr falsafiy oqimlaridan qaysi biri inson, uning hayoti va o’limi muammolarini o’rganadi? 
A. Personalizm. 
B. Ekzistentsionalizm. 
V. Neopozitivizm 
G. Freydizm. 
16. Falsafa jamiyatda qanday rol o’ynaydi? 
A. Kishining ilmiy saviyasini boyitadi, har tomonlama chuqur bilim beradi. 
B. Ijtimoiy hayotga sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga o’rgatadi. 
V. Kishida milliy ruhni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
G. Tarixiy hodisalarga to’g’ri yondoshishga , davr ruhini falsafiy anglashga, kelajakni ilmiy bashorat 
qilishga imkon yaratadi. 
17. “Substantsiya” nima? 
A. Olamdagi narsa va hodisalarga berilgan ism. 
B. Xilma-xil buyum, hodisalar ichki birligini bildirib, u shu buyum, hodisalar vositasida va ular orqali 
mavjuddir. 
V. Cheksiz dunyoning birligi. 
G. Ollohning mavjudligi. 
18. “Ijtimoiy harakat” nima? 
A. Jamiyatning faoliyat ko’rsata olishini ta’minlovchi moddiy va ma’naviy jarayonlar. 
B. Insondagi har qanday harakat. 
V. Jamiyat hayotining ongda aks etishi. 
G. Tirik organizmlardagi harakat. 
19. “Fazo (makon)” nima? 
A. Materiyadan mustaqil holatda yashaydigan borliqning alohida turi. 
B. Materiyaning tuzilishi, qo’lami va ma’lum tartibda joylanishini ifodalovchi yashash usulidir. 


V. Narsalar o’rtasidagi munosabatdir. 
G. Narsa va buyumlar joylashishi mumkin bo’lgan bo’shliq, vakuum. 
20. “Ong” nima? 
A. Materiyaning o’ziga xos ko’rinishi. 
B. Inson ruhiy in’ikosining oliy shakli va uning faoliyatini tartibga soluvchi omil. 
V. Organik dunyoning o’ziga xos xususiyati. 
G. Insondagi ruhiy jarayonlar majmui. 
21. “Dialektika”ni Siz qanday tushunasiz? 
A. Munozara va tortishuv asosida ma’lum bir fikrga kelishni. 
B. Falsafiy qonunlar yig’indisini. 
V. O’zgarish va rivojlanishni. 
G. Umumiy aloqadorlik, o’zgarish va rivojlanish haqidagi ta’limotni. 
22. “Qonun” nima? 
A. Kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog’lanishlardir. 
B. Inson aqlining mahsuli bo’lib, u narsa, voqea- hodisalarning muayyan tartibini aniqlashga xizmat 
qiladi. 
V. Tabiatdagi doimiy va muhim o’zgarishlar, rivojlanish tendentsiyalari. 
G. Narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va barqaror ichki bog’lanishlari. 
23. “Sifat” tushunchasi nima? 
A. Barcha voqea - hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi. 
B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha. 
V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi. 
G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi. 
24 «Dialektik inkor”ni siz qanday tushunasiz? 
A. Narsalarning yaroqsiz tomonlarini uloqtirish. 
B. Tashqi ta’sir natijasida narsani umuman yo’q qilib yuborish. 
V. Subyektning “sof” ruhiy holatiga asoslangan rad javobi. 
G. Narsa va hodisaning ichki rivojlanish zarurati natijasi, vorisiylikka asoslangan sifat o’zgarishi. 
25. Falsafaning bilish nazariyasi bilan bog’liq atamani toping. 
A. Ontologiya. 
B. Logika. 
V. Teleologiya. 
G. Gnoseologiya. 

Download 242.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling