1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 24.62 Kb.
|
seminar ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1. Dunyoni sezish
- Falsafaning axloqiy funksiyasi
- Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi
- Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati.
- KROSSVORD Eniga
1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja:
1.Falsafa predmeti, mazmuni va shakllanishining asosiy bosqichlari. 2.Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy tiplari. 3. Fan- ilmiy dunyoqarash shakli. 4.Falsafa va fanning o‘zaro mutanosibligi va farqi. 5. Falsafa asosiy funksiyalari va jamiyatdagi roli Adabiyotlar: A3;A4;A5;A8;A7; Q1;Q15;Q16;Q23. ;Q12. 1. Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat. Ularning namoyon bo‘lish jarayonini tushuntirib bering? 2. Sizning о‘z dunyoqarashingizda ziddiyatlar bо‘ladimi?, agar bо‘lsa u qanday kо‘rinishda namoyon bо‘ladi?. 3. Falsafaning axloqiy funksiyasi va tarbiyaviy funksiyasi mavjud. Bu funksiyalarning ijtimoiy hayotda amal qilish qonuniyati nimalarda namoyon bо‘ladi? 4. Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati qanday? Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yо‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Siz falsafiy bilim inson bilimining zaruriy komponenti deb hisoblaysizmi?, nega? 5. Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi meyor hisoblanadi? 6. Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda? 7. Mifologiya elementlari hozir ham odamlar ongida muhim rol о‘ynaydi. Masalan uchar likobchalarda bahaybat о‘zga sayyoraliklar, qor odam haqidagi hikoyalar, suv parilari, telekinez, telepatiya, ekstrasenslar shular jumlasiga kiradi. Bular qadimgi miflardan farq qiladimi? 8. Falsafaning diniy dunyoqarashdan keskin farqi nimada namoyon bо‘ladi? 9. Falsafa donishmandlikdan nimasi bilan farq qiladi? (qarang: Zolotuxina-Abolina YE.V. Strana filosofii.-Rostov-n/D.,1995. ) Javoblar 1. Dunyoni sezish– bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subyektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi. Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi. Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir. 2. Menimcha har bir insoniyatning dunyoqarashida ziddiyatlar bo’ladi. Misol uchun oqni qora, qorani oq deydiganlar mavjud. Bunday insonlar balkim atrof-muhit sababji bo’ladi deb o’ylayman. Dunyo qarashi o’zgacha insonlarni jamiyat to’g’ri qabul qilmaydi. Buni bilimsizlikka yo’yishadi. 3. Falsafaning axloqiy funksiyasiodamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar ta’sirida shakllanuvchi xulq-atvori. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o‘rnatiladigan meyorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday meyorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari, ularning munosabatlari, o‘zaro til topish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
4. Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan ilgari hyech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi. Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo yer yuzida ta'limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta'lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini o‘ynashi lozim. 5. falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me'yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hyech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo‘ladi 6. Hozirgi davrda inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi,
7. Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog‘liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san’atda aniq-ravshan yoki pardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar bugungi kunda ham (kim uchundir ko‘proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol o‘ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan sharoitda mif televideniye, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari vositasida ba’zan ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi sifatida qo‘llanilmoqda. 8. Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo‘lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o‘z urug‘idan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g‘ayri tabiiy dunyoga bo‘lish xos. Dinning asosi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan. Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o‘zining atrof muhitga tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli funksiyasini bajaradi, gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi. 9. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan. KROSSVORD Eniga: 2. «Sophia»nima? 3. Insonnning о‘zini qurshagan borliqqa va о‘z-о‘ziga bо‘lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mо‘ljallaridir. 5. Kо‘pxudolik. 7. Muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish obyekti sanalgan ajdod deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, о‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bо‘lgan ishonch tashkil etadi, zero totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi. 9. Qadriyatlar haqidagi ta’limot. 12. Turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir. 14. Axloq haqidagi ta’limot. 15. Bilish nazariyasi. 16. Yakkaxudolik. 17. Bu yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini tо‘la (yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi.18. Dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar. 19.Materialistlar va idealistlarga ajratadi va bu hodisaning ayrim kо‘rinishi sifatida faqat moddiy va ma’naviy substansiyalarni teng huquqli asoslar deb hisoblovchi . Bо‘yiga: 1. Falsafa sо‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri. 2. Biryoqlama, notanqidiy fikrlash. 3. Dunyoqarashning tarihan ikkinchi shakli. 4. Nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham gо‘yo ruh, jon boshqarib turishiga ishonish. 6. U yoki bu predmetni mо‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir kо‘rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. 8. Ham ibtidoiy din shakllaridan biri bо‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, masalan rasm-rusumlar, о‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir kо‘rsatish mumkinligiga bо‘lgan ishonch yotadi. 10. Mavjudlik, borliq haqidagi bilim. 11. Dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bо‘lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchilarga ajratiladi. 13. Bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. YA’ni bu dunyoga va insonning undagi о‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. 14. Mos ravishda oddiy dunyoqarash.
Eniga. 2. Donolik 3. Dunyoqarash 5. Politeizm 7. Totemizm 9. Aksiologiya 12. Mif 14. Etika 15. Gnoseologiya 16. Monoteizm 17. Agnostitsizm 18. Materialistlar 19. Dualistlar Bo’yiga. 1. Pifagor 2. Dogmatism 3. Dindir 4. Animizm 6. Fetishizm 8. Magiya 10. Ontologiya 11. Idealistlar 13. Falsafa 14. empirik Download 24.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling