Mavzu: davlat budjeti g’azna ijrosining mazmuni, maqasadi va vazifalari reja
Download 116,96 Kb.
|
Davlat budjeti g’azna ijrosining MAZMUNI MAQASADI VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Davlat budjeti g’azna ijrosining mazmuni, maqasadi va uning o’ziga xos xususiyatlari
- Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy elementlari va huquqiy asoslari
MAVZU: DAVLAT BUDJETI G’AZNA IJROSINING MAZMUNI, MAQASADI VA VAZIFALARI Reja:
o’ziga xos xususiyatlari
huquqiy asoslari 3. G’aznachilikning yagona hisobraqami 1.Davlat budjeti g’azna ijrosining mazmuni, maqasadi va uning o’ziga xos xususiyatlari Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari-budjet taqchilligini boshqarish va uni tartibga solish, budjet mablag‘larini sarflashda maqsadli, samarali va oqilona ishlatishga rioya etish bilan birga daromadlarni o‘z vaqtida tushirish, budjetning samarali ijrosini amalga oshirishdir. Davlat budjetning ijrosi esa budjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadiki, bunda belgilangan istiqbol ko‘rsatkichlari, aniq rejalar va ijtimoiy dasturlar amaliyotga tadbiq etiladi. Biz bilamizki, Davlat moliyasi sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarning markazida konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish va bundan yanada samarali foydalanish, davlat budjetini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‘rnini oshirish masalalari turadi. Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish bugungi kunda budjet islohot- larining yirik yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzili-shini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi».1 Davlat moliyasini boshqarishning isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishning yangi shakl va uslublarini qo‘llash g‘aznachilik tizimini joriy qilishni ko‘zda tutadi. G‘aznachilik tizimi budjet mablag‘-larining moliyaviy oqimini boshqarish, budjet resurslarining kam miqdordagi qoldiq-lari bilan budjet xarajatlarini joriy ijrosini ta’minlash imkonini beradi, bunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tezkor va yakuniy balanslashtirishga erishiladi. Respublikamizda daromadlarning yetishmasligi va ularning o‘z vaqtida budjetga kelib tushmasligini oldini olish, mavjud budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida g‘aznachilik tizimiga o‘tish kerak bo‘ladi. Shundagina moliyalashtirish va kassa xarajatlarini amalga oshirish jarayonlarini birlashtirish natijasida budjet mablag‘larini budjet tashkilotlarini bankdagi hisobraqamda qoldiq sifatida o‘tirib qolishini bartaraf etish mumkin bo‘ladi. G‘aznachilik bu - moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangicha qarashdir, budjetning barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi yangicha tamoyil va mexanizmlarni qo‘llashdir. G‘aznachilik - davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda maxsus idora davlat soliqlarini, yig‘imini va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi. Davlat budjeti ijrosi G‘aznachilik tizimida g‘aznachilik budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshiradi. G‘aznachilik - Moliya vazirligining Davlat budjetining kassa ijrosi uchun, davlat daromadlari va xarajatlari hisobini olib borilishi uchun, davlat xarajatlari 9 uchun moliyaviy resurslami yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan organi hisoblanadi. Respublikada G‘aznachilik tizimi joriy etilishi vaqtinchalik xarakatda bo‘lmagan budjetning erkin mablag‘larini, samarali moliya bozorlarida joylashtirib, undan olingan daromadni esa budjet xarajatlarini to‘liq moliyalashtirishga, budjet taqchil- ligini kamaytirishga va davlat qarzlari to‘loviga yo‘naltirish mumkin. Mazkur tizim davlatning moliyaviy aktivlarini va budjetdan tashqari jamg‘ar-malarning erkin qoldiqlarini ishlatilishini hamda samarali himoyasini ta’minlaydi, g‘aznachilik hisobraqamdagi erkin qoldiqlar hisobiga o‘zi budjet xarajatlarini kreditlashi mumkin. G‘aznachilik tizimi joriy qilinishi davlat budjetini rejalashtirish, xarajatlarni amalga oshirish va ularni boshqarishga, moliyaviy hisobot, nazorat vazifalariga yondoshishi va bajarish ishlariga jiddiy ta’sir qiladi. G‘aznachilik tizimini joriy etish orqali Davlat budjetini ijro etishning afzalliklari:
G‘aznachilik tizimi joriy etilgandan so‘ng, mablag‘larning shartli aylanish tezligi oldin amal qilgan tizimdan ko‘ra birmuncha tezlashdi, bunda buyurtmachi (budjet tashkiloti) nomidan g‘aznachilik organlari to‘lovlarni amalga oshiradi. Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g‘azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. G‘aznachilikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
G‘aznachilik organlari budjetdan mablag‘ oluvchilardan boshqarish funksiya-larini tortib olmaydi. G‘aznachilik budjetning bajarilish jarayonini yaxshilash uchun ularni yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi. Budjet tasnifi bo‘yicha berilgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlar butun yil bo‘yi xarajatlar tendensiyasini va xarajatlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kerak bo‘ladigan ehtiyojlarni aniq-lashga yordam beradi. G‘aznachilikning faoliyat ko‘rsatishi naqd pullarni to‘g‘ri va samarali boshqarish yo‘li bilan budjetga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. G‘aznachilik quyidagilarni amalga oshiradi:
•budjet tashkilotlarining moliyaviy sarf xarajatlarini joriy nazorat qilish(to‘lov qog‘ozlari nazorati);
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mazkur tizimni joriy etish bilan budjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, budjet mablag‘larini maksadsiz sarflanishidan himoyalash va budjetni rejalashtirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin. G‘aznachilikni joriy etish budjetning daromadlar qismida tushumlarning tushishini va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishining nazoratni kuchaytirish imkonini beradi. Davlat budjetining G‘aznachilik ijrosida budjet xarajatlarini nazoratga olishga alohida e’tibor beriladi. Bu borada Davlat ehtiyojlarining xaridi uchun qilinadigan to‘lovlar muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat budjetining xarajatlari Yagona G‘azna hisobvarag‘i yoki g‘aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridan belgilangan muddatlarda va tegishlicha Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjet, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining qoldiqlari doirasida amalga oshiriladi. G‘aznachilik organlari tomonidan Yagona G‘azna hisobvarag‘idagi va g‘azna-chilikning boshqa bank hisobvaraqlaridagi Davlat budjeti mablag‘lari to‘lovlari ko‘zda tutilgan xarajatlarni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, Davlat budjeti bo‘sh mablag‘lari bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga budjet ssudalari berish orqali ham boshqarib boriladi. G‘aznachilik tizimining faoliyati davlat moliyaviy resurslarini safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini boshqarishni muvofiqlashtirishdan tashqari, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi. G‘aznachilik tizimida qilina- yotgan xarajatlarning eng yuqori darajadagi tiniqligi va hisobotga tortilishligiga erishiladi. G‘aznachilik Davlat qarzlarining barcha ko‘rinishlarini boshqarish, ular bo‘yicha to‘lovlar va davlatning majburiyat hamda kafolatlari uchun ma’sul hisoblanadi. G‘aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri budjet mablag‘larini maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. O‘zbekistonda yaratilayotgan markazlashtirilgan g‘aznachilik tizimi g‘azna- chilikning yagona hisobraqamida mablag‘larni markazlashtirishni, so‘rovnomalar va to‘lov hujjatlari asosida to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, budjet ijrosining nazoratini va hisob-kitobini ko‘zda tutadi. G‘aznachilik tizimining asosiy o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi chizma orqali ham bilib olishimiz mumkin. G‘aznachilik tizimida budjet ijrosi jarayoni detallashtirilgan. U quyidagi ko‘rsatkichlarni aniq nazorat qilish imkonini beradi:
Vatanimiz iqtisodchilaridan T. Eshnazarovning davlat moliyasini boshqarish tizimida g‘aznachilik institutini tashkil etish to‘g‘risidagi fikrlariga e’tiboringizni qaratamiz. “G‘azna” va g‘aznachilik” tushunchalari turli mamlakatlarda turlicha ifodalanadi. «Agar g‘aznaning yillar mobaynida turli mamlakatlar ilmiy merosi, an’analari va idoraviy madaniyatining bir qismi hisoblangan jamoat instituti sifatida rivojlanganligini hisobga olsak, ushbu tushunchaning turlicha talqin etilishi tabiiy holding 2004 yil 26 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi №664-II-son Qonunining qabul qilindi. Ushbu Qonun davlat budjeti g‘azna ijrosi tushunchalariga oydinlik kiritdi. Davlat budjetining g‘azna ijrosi davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to‘lashdan iborat. 3 Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g‘azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo‘lgan Davlat g‘aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rol o‘ynaydi. Budjetni g‘aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari mavjud qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash;
• g‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi budjet mablag‘larini tezkor ishlatish.
Respublikamizda g‘aznachilik tizimini tashkil topishida va uning keyingi faoliyatida huquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi asosiy me’yoriy- huquqiy hujjatlarni keltirishimiz mumkin:
Download 116,96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling