Mavzu: davlat budjeti g’azna ijrosining mazmuni, maqasadi va vazifalari reja
Download 116.96 Kb.
|
Davlat budjeti g’azna ijrosining MAZMUNI MAQASADI VA VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4-avgustdagi 69-sonli buyrug‘iga ilova bo‘lgan Davlat budjetining g‘azna ijrosi Qoidalari «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi va «Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari( 01.01.2014 dan o‘z uchini yo‘qotgan) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594- son «Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini qo‘llash sharoitida respublika budjeti,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlaming g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Unda quyidagi asosiy qoidalar belgilangan: Budjetdan mablag‘ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib be- ruvchilar bilan shartnomalarini, shu jumladan kapital qurilish bo‘yicha buyurt- machilarning shartnomalarini ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish, tegishli budjetlar xarajatlarining to‘lanishi, shu jumladan g‘azna hisobvaraqlaridan budjet ssudalari, subvensiya va dotatsiyalar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan budjetdan mablag‘ oluvchilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, xizmat safari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to‘lash uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi. Davlat budjeti g‘azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va taqdim etish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo‘yicha amalga oshiriladi. G‘aznachilik bo‘linmalari qo‘shimcha davrda amalga oshiriladigan quyidagi operatsiyalarning hisobini yuritadi: kreditorlik qarzlarini to‘lash; budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasiga iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish; respublika budjetiga ishlatilmagan mablag‘larni qaytarish. G‘aznachilik bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan shartnomalarini xarajatlar smetalarida, shuningdek kapital qurilish xarajatlari bo‘yicha esa - qurilish obyektlarining oylik yoyilmalari bo‘yicha (Davlat budjeti hisobidan kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetalarida) nazarda tutilgan rejali ajratilgan budjet 23 mablag‘lariga muvofiqligiga va mazkur Qoidalaming talablariga muvofiqligiga va budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi ustidan nazoratning to‘g‘ri amalga oshirilishiga javobgardirlar. Yagona G‘azna hisovarag‘ini faoliyati4. G‘aznachilik ijrosiga xos xususiyat shundan iboratki, u budjetni ijro etish jarayoniga uning ishtirokchilarining salbiy ta’sirini istisno etadi hamda budjet xarajatlarining Yagona G‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilishi g‘aznachilik tizimini to‘liq joriy etilishini taqozo etadi. G‘aznachilik tizimining asosiy elementi bo‘lib, Yagona g‘azna hisobvarag‘i hisoblanadi. Har kuni Yagona G‘azna hisobvarag‘iga respublika va mahalliy budjetga soliqlar va soliqsiz tushumlar tushadi. G‘aznachilikning Yagona G‘azna hisobvarag‘ida vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy hokimiyat organlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi. Davlat budjetining barcha xarajatlari, jumladan, mahalliy budjet xarajatlari Yagona g‘azna hisobvarag‘idan moliyalashtiriladi. XULOSA G‘aznachilik - davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda maxsus idora davlat soliqlarini yig‘imini va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi. G‘aznachilik tizimini joriy etish orqali Davlat budjetini ijro etishning afzalliklari: qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash; davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish; davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlar qismini kassali ijrosining har kungi monitoringini o‘tkazish; tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish vaqtida) dastlabki nazorat qilish; moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilinishini va noto‘g‘ri ishlatilishini oldini olish maqsadida joriy nazorat amalga oshirish; budjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha jarayonlarni qisqartirish• G‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mab- lag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi budjet mablag‘larini tezkor ishlatish. G‘aznachilik institutining joriy qilinishi Davlat budjeti holatini yaxshilashda ijobiy burilish yasadi. Budjet jarayonining ijro bosqichidagi islohotlar mamlakatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish va moliyaviy nazoratni ta’minlash, budjet tasnifini mukammallashtirish g‘aznachilik tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq. Budjet daromadlarini tshliq va o‘z vaqtida tushirish, respublika va mahalliy budjetdan moliya-lashtiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy soha xarajatlarini moliyalashtirish, budjet taqchilligini tartibga solish, ish haqi va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash, g‘aznachilik tizimida budjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida shtat-smeta, budjet intizomiga rioya etish masalalari turadi. G‘aznachilik tizimini qo‘llash natijasida budjet ijrosi samaradorligini oshirishga erishildi, ya’ni maqsadsiz xarajatlarni amalga oshirish holatlariga chek qo‘yilmoqda. Budjetdan ajratilayotgan to‘lovlarni o‘z muddatlarida o‘tkazilishida hamda iqtisodiy tahlillarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan hisobotlar sifatini oshirishda buxgalteriya hisob-kitobi ma’lumotlar tezkorligi va aniqligi o‘sishiga olib keldi. Davlat budjeti g‘azna ijrosida budjet mablag‘lari oluvchilarining buxgalteriya hisobini yuritishning hisob registrlari yanada takomillashtirildi. G‘aznachilik tizimining xorijiy tajribalari bilan tanishib, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, G‘aznachilik tizimining yagona modeli mavjud emas, har bir mamlakatda g‘aznachilik boshqarmalari va bo‘linmalarining tuzilishi hamda ularning aniq funksiyalari turlicha belgilanadi. Bundan tashqari g‘aznachilik tizimining vazifalari vaqt o‘tishi bilan, albatta, o‘zgaradi. Download 116.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling