Mavzu: davlat budjeti g’azna ijrosining mazmuni, maqasadi va vazifalari reja


Download 116.96 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi116.96 Kb.
#1582034
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat budjeti g’azna ijrosining MAZMUNI MAQASADI VA VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasi “Moliya vazirligining G‘aznachiligi” to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G‘aznachiligining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. Unga ko‘ra quyidagilar belgilab berilgan:
19
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda Davlat budjetining g‘azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tizimiga bevosita unga bo‘ysunadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G‘aznachilik bo‘linmalari kiradi.
G‘aznachilik quyidagi huquqlarga ega:

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida G‘aznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish;

  • Budjetdan mablag‘ oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi

daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish;

  • budjet tashkilotlaridan ular tomonidan G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati topshirig‘iga binoan Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkazish;

  • budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetalarida, qurilishlarning adresli va titul ro‘yxatlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablag‘lari hisobiga haq to‘lanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning to‘lov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish;




  • budjetdan mablag‘ oluvchilar va buyurtmachilaming schyot- fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjetdan mablag‘ oluvchilar zimmasiga budjet mablag‘larini o‘tkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan pul to‘lamaslik;

  • budjetdan mablag‘ oluvchilar va buyurtmachilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;

  • narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan

tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovni budjet tashkilotlari va
buyurtmachilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va buyurtmachilar shartnomalari predmetiga muvofiq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda to‘lovni to‘xtatib turish;

  • budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari to‘lovini moliya organlari topshirig‘iga binoan to‘xtatib qo‘yish, bu to‘g‘rida tegishli vazirliklar, idoralar, budjetdan mablag‘ oluvchilarni xabardor qilish;

  • budjet tashkilotlarining G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno;

  • korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha budjetdan mablag‘ oluvchilardan to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasini budjetdan mablag‘ oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy

21
majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish.
G‘aznachilik quyidagilarga majbur:

  • Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘aznachilik hisob raqamidan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, mahalliy budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;

  • tashkilotlar tomonidan budjet mablag‘laridan noqonuniy foydalanilishi, budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining sun’iy ko‘paytirilishi, budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga berish;

  • o‘ziga berilgan huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish hamda o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

  • G‘aznachilik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.


Download 116.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling