Xizmat oluvchilarni xabardor qilish
Download 126 Kb.
|
1 2
Bog'liqXizmat oluvchilarni xabardor qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Xizmat ko‘rsatish
- 4. Xizmat ko‘rsatish tartibi
Xizmat oluvchilarni xabardor qilish . Ma’lumot tarkibi va hajmi: har bir murojaat qilgan shaxsga quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi kafolatlanadi: xizmat ko‘rsatuvchi organning joylashgan joyi, uning ish vaqti jadvali, hujjatlarni qabul kilish tartibi; xizmat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati; so‘rovni ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘lash tartibi; xizmat olish tartibi; xizmat ko‘rsatish muddati; xizmatning reglamenti mavjudligi va reglament bilan tanishish usullari. Keng xabardor qilish: hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni Agentligining rasmiy veb-saytidan (www.archive.uz) va davlat arxivlarining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonalari e’lonlar taxtasidan olish mumkin. So‘rov bo‘yicha xabardor qilish: xizmat oluvchi yoki uning vakili ma’lumot olish uchun kuyidagi usullarda murojaat kilishi mumkin: yozma ravishda: soat 9-00 dan 17-00 gacha bevosita yoki pochta aloqasi vositasi orqali. Xat shakli, zarur ma’lumotlar tarkibi ko‘rsatilgan holda, ixtiyoriy ravishda tuziladi; telefon orqali: soat 9-00 dan 18-00 gacha xizmat olish bo‘yicha savollar yuzasidan og‘zaki xabardor qilish (5 daqiqadan ortik bo‘lmagan xolda). Tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00 gacha; elektron pochta orqali 9-00 dan 17-00 gacha (dushanbadan juma kunlarigacha) turli xil yozma (DOC, RTF, PDF) shaklda. Xizmat ko‘rsatish joyida xabardor qilish: manzil: 100043, Toshkent shahri, Chilonzor 2. mo‘ljal: “O‘zbekfilm” kinostudiyasi binosi oldida. jamoat transporti bekati: Chorsudan 84 va 103-son avtobuslar “Kinostudiya” avtobus bekati, "Milliy bog‘" metro bekati. Foydalaniladigan xujjatlar blankalari (shakllari) Agentlik tizimidagi tegishli davlat arxivi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakl bo‘yicha shartnoma rasmiylashtiriladi. 3. Xizmat ko‘rsatish 3.1 Ish vaqti: ish kunlari soat: 9-00 dan 18-00 gacha, dushanbadan jumagacha. tushlik vaqti soat: 13-00 dan 14-00 gacha. 3.2. Kutish shartlari: kelishuv asosida belgilanadi. 4. Xizmat ko‘rsatish tartibi 4.1.Zarur hujjatlar: buyurtmachi davlat arxiviga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) yuridik shaxslar uchun: rasmiy xat bilan murojaat etish; yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli; tashkilot joylashgan joyi (pochta manzili); bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ko‘rsatilgan rasmiy xat; b) jismoniy shaxslar uchun: yozma so‘rov orqali murojaat qilish; jismoniy shaxslarning yashash joyi (pochta manzili); telefon raqami; elektron pochtasi; tartibga keltirilishi rejalashtirilayotgan shaxsiy arxiv hujjatlarining miqdori, turi va davri ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risida so‘rov; jismoniy shaxsning pasport nusxasi. Ushbu bandning "a" va "b" kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. 4.2. Xizmat to‘lovi: xizmat turi jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish uchun xizmat ko‘rsatish tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida pulli amalga oshiriladi. To‘lov pul mablag‘larini davlat arxivlarining tegishli bank hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi rekvizitlar buyicha amalga oshiriladi: oluvchining nomi: oluvchining xisob rakami: oluvchining banki nomi: oluvchining bank kodi: shaxsiy xisob rakam: STIR: To‘lov maqsadi: Hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ishlari bo‘yicha davlat xizmatini amalga oshirganligi uchun to‘lov. 4.3. Davlat xizmatini ko‘rsatish bosqichlari: davlat arxiviga taqdim etilgan hujjatlar 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi; murojaat buyicha davlat xizmati ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish yoki rad etish to‘g‘risida rasmiy javob beriladi; davlat xizmatini ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qilinganligi yuzasidan buyurtmachiga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati, xizmat turi va bajarish shartlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda shartnoma imzolash uchun (topshiriladi) yuboriladi. 4.4. Davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ichki idoraviy jarayon: jarayon: buyurtmachining barcha zarur xujjatlar bilan so‘rov qabul qilib olingan kunda davlat arxivi rahbariyati tomonidan tegishli mutaxassislarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. jarayon: kelib tushgan hujjatlar ro‘yxatga olinganidan so‘ng, davlat arxivi rahbariyati uch kun muddatda tegishli mutaxassislar xulosasi asosida xizmat ko‘rsatish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 4.5. Rad etish asoslari: xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: buyurtmachi hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi; taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish to‘g‘risidagi shartnoma talablari va shartlariga nomuvofikligi. Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ishlari maksadga muvofik emas degan vaj bilan xizmat ko‘rsatishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buyurtmachi davlat arxivining xizmat ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan, shuningdek mansabdor shaxsining xarakati (xarakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. Xizmat ko‘rsatishni rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul kilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma buyurtmachiga rad etishning aniq sabablari va buyurtmachi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan xolda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Xizmat ko‘rsatishni rad etish hakidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. Buyurtmachi xizmat ko‘rsatishni rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish buyurtmachining so‘rovi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Buyurtmachining so‘rovi qayta ko‘rib chiqilgan taqdirda xizmat ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling