Arxiv kataloglari va ularning turlari. Arxiv hujjatlarining tasnifi Reja: Arxiv


Download 27.78 Kb.
bet1/5
Sana06.02.2023
Hajmi27.78 Kb.
#1169292
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Arxivshunoslik-7


Arxiv kataloglari va ularning turlari.Arxiv hujjatlarining tasnifi
Reja:
1.Arxiv ro’yxatlarni takomillashtirish.
2. Arxiv kataloglar sistemasi.
Katalog — bu arxiv ma’lumotnomalarining bir turi. Unda hujjatlar Haqidagi (kartochkalarga ezilgan) axborotlar mavzular, tarmoklar buyicha guruxlashtirilgan bo‘ladi. Kataloglar bir jamgarmaga, arxivning barcha jamgarmalariga, bir necha arxivlarga xatgo respublika arxiv jamgarmasiga tuzilgan bo‘lishi ham mumkin. Katalog jamgarmalararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim urin to‘tadi.
Kataloglar bir arxivning bir necha jamgarmalari, Shuningdek bir necha arxivlarda saqlanaetgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to‘la ma’lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish
Xar bir davlat arxivida hujjatlarni kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish deyilganda kataloglar tuzish jaraenida bajariladigan barcha ishlar, ya’ni kataloglarni tuzish tarx (sxema)larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish, Shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlari nazarda to‘tiladi.Kataloglar o‘ziga xos tuzilishga ega. Tarmok, muammo, mavzu, masala, familiyalar, sanalar buyicha birlashtirilgan hujjatlar haqidaga ma’lumotlar katalogdagi bo‘limlar, bo‘linmalar, mavzular va boshqa bo‘laklarni tashkil qiladi.Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarxlari belgilaydi. Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash tarxi.yezma eki grafikali hujjatdir. Bu tarx ma’lum mantik bilan joylashtirilgan va hujjatlardan olingan axborotlarni Shu bo‘laklar buyicha joylashtirishga mUljallangan katalogdan turkum bo‘laklari ro‘yxatidir. Mana Shu tarx orqali hujjatlarni o‘rganish, kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarni katalogda guruxlash, joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarxi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladn. Tarx bo‘laklari ma’lumotnoma tuzuvchilar, mo‘taxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarxi kancha to’la, mukammal, chuko’r ishlangan bo;lsa, hujjatlar mazmunini Shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi.

Download 27.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling