Reja: Korxona balansiga ta`sir qiluvchi Xoʼjalik operatsiyalari va ularni guruxlash. Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


Download 73.49 Kb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi73.49 Kb.
#1728655
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyo

Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi

REJA: 1.Korxona balansiga ta`sir qiluvchi 2. Xoʼjalik operatsiyalari va ularni guruxlash. 3.Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati.

Korxona xoʼjalik faoliyatini yuritish davomida ma`lum turdagi operatsiyalarni amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi ushbu jarayonlarni hujjatlarda aks ettirishdir. Korxona faoliyatida sodir boʻlgan operatsiyalar darxol ma`lum xujjatlarda kayd qilinib boriladi. Bu jarayonlarni hujjatlashtirish-da ularni soddalashtirib yozish talab etiladi. Buning uchun korxona xoʻjalik mablaglari, ularnig manbalari, majburiyatlar va xujalik jarayonlari shartli rakamlarda ifodalanadi. Ushbu rakamlarni schyotlar deb ataladi.

Shunday qilib, buxgalteriya hisobi schyotlari - bu korxona xoʻjalik mablagʼlari va operatsiyalarni nazorat qilish va iqtisodiy jihatdan guruxlash usulidir.

Buxgalteriya hisobi schyotlarida korxona xoʻjalik mablaglari, ularning manbalari va operatsiyalar pul birliklarida hisobga olinadi. Demak ushbu mablagʼlar va operatsiyalar koʻpayishi yoki kamayishi mumkin. Bu xolat, albatta, schyotlarda aks ettiriladi. Masalan, korxona kassasidagi nakd pullar 5000 "Kassa" schyotida hisobga olinadi. Balansning aktiv qismida joylashgan va xoʻjalik mablagʼlarini ifodalovchi schyotlar aktiv schyotlar, passiv qismida joylashgan va mablagʼlar manbasi hamda majburiyatlarni ifodalovchi schyotlar passiv schyotlar deb ataladi.

Buxgalteriya hisobi schyotlari T shaklidagi chizmadan iborat bulib, chap kismi debet va oʻng tomon kredit deb nomlanadi. Har bir schyot aloxida xar bir oy boshida yangi ochiladi va korxona mablagʻi va manbalari manbasi miqdorini ma`lum chisloga koʻrsatib beradi. Bu holat schyotning boshlangʼich qoldigi (saldo) deb ataladi.

Aktiv schyotlarda boshlangʼich qoldik debet tomonida, passiv schyotlarda esa kredit tomonlarda joylashgan boʻladi. Demak aktiv schyotlar boʻyicha korxona xoʻjalik mablagʻlari miqdorining koʻpayishi debet tomonda, kredit tomonda esa kamayishi qayd qilinadi.


Download 73.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling