Reja: Korxona balansiga ta`sir qiluvchi Xoʼjalik operatsiyalari va ularni guruxlash. Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


Download 73.49 Kb.
bet4/4
Sana28.10.2023
Hajmi73.49 Kb.
#1728655
1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyo

Kalkulyatsiya schyotlari - korxonaga kelib tushgan materiallar va ishlab chiqarilgan mahsulot, koʻrsatilgan xizmat va bajarilgan ishlarga sarflangan xarajatlarni hisoblovchi schyotlardir. Ma`lum hisob obyektlariga sarflangan harajatlar shu obyekt bilan bogʼliq schyotlarda yigʻilib boriladi va oy yakunida barcha xarajatlar summalari qoʻshilib, obyekt tannarxi hisoblab chiqiladi. Tannarxni hisoblash jarayoni kalkulyatsiya qilish deb ataladi.

Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobining fan sifatida shakllanishiga sabab boʻlgan usuldir. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, buxgalteriya juda qadim zamonlarda (eramizdan oldin) paydo boʻlgan. Lekin 1494 yilda italiyalik monax Luko Pacholli tamonidan ikkiyoqlama yozuvning kashf etilishi buxgalteriya hisobining aniq fan boʻlib shakllanishiga katta ta`sir koʻrsatdi.

Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati shundan iboratki, bunda korxona xoʻjalik faoliyatida sodir boʻlgan operatsiyalar summalari bir vaqtning oʻzida ikkita schyotda, bir schyotning debet tomoniga, ikkinchi schyotning kredit tomoniga yoziladi. Bunga sabab, har bir xoʻjalik operatsiyasi ta`sirida korxona mablagʼlari, ularning manalari va majburiyatlari tarkibida oʻzgarish sodir etiladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 120 000 sumlik asosiy vosita sotib olindi. Д-т К-т Summasi 01 60 120 000

Demak, 0100 "Asosiy vositalar" schyotining D-t tomonida asosiy vositalar tarkibidagi koʻpayish, 6000 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar" schyotining k-t tomonida esa ularga boʻlgan majburiyatning ortishi aks ettiriladi. Chizma koʻrinishida bu operatsiya quyidagi koʻrinishga ega: Д-т 6000 К-т. Д-т0100 К-т 120 000. 120 000

Korxona xoʻjalik faoliyatini yuritishda ikkiyoqlama yozuvnig ahamiyati beqiyosdir. Ikkiyoqlama yozuv boʻlmaganda edi, balkim buxgalteriya hisobi fani xam boʻlmas edi. Ikkiyoqlama yozuvning ahamiyatlik tomonlaridan yana biri shundan iboratki, u xoʻjalik operatsiyalarini hujjatlarda aks ettirish uchun operatsiyaning toʻliq mazmunini yozishni talab qilmaydi, ya`ni ularni buxgalteriya yozuvlari orqali yozish bilan vaqtni tejash mumkin.


Download 73.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling