Reja: Korxona balansiga ta`sir qiluvchi Xoʼjalik operatsiyalari va ularni guruxlash. Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


Download 73.49 Kb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi73.49 Kb.
#1728655
1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyo

Shunday qilib, joriy oy davomida schyotlarda oʻzgarish mos ravishda ularning debet va kredit tomonlariga yozib boriladi. Joriy oy yakunida schyotning debet va kredit tomonlaridagi operatsiyalar summalari qoʻshilib, schyotning debet yoqi kredit tomon oborotlarini tashkil qiladi. Bu jarayon korxonaga kelib tushgan mablagʻlar - aktiv schyotlarning debet tomoni - va sarflangan mablagʼlar - aktiv schyotlarning kredit tomoni - miqdorini anglatadi. Passiv schyotlarda esa bu xolat aksinchadir.

Schyotning debet va kredit oborotlari summasidan kelib chiqgan xolda uning oy yakuniga bulgan yakuniy qoldigi aniqlanadi. Bu jarayon akti schyotlarda quyidagi formula orqali aniqlanadi: - schyotning boshlangʼich qoldigʼi; - schyotning debet oboroti summasi; - schyotning kredit oboroti summasi.

Schyotlarning turkumlanishi. Hisob ishlarini yaxshi yoʻlga qoʻyilishi va har xil schyotlar xususiyatlarini oʻrganish uchun schyotlar klassifikatsiyasi zarur. Schyotlarni iqtisodiy mazmuniga koʻra bunday guruhlash, ularda nimalar, ya`ni qanday iqtisodiy obyekt va uni har tamonlama izoxlash uchun yana qaysi schyotlardan foydalanish mumkinligini koʻrsatadi.

Iqtisodiy mazmuniga koʻra schyotlar quyidagicha guruhlanadi: Asosiy schyotlar; Tartibga soluvchi schyotlar; Taqsimlovchi schyotlar; Kalkulyatsiya schyotlar; Taqqoslovchi schyotlar; Balansdan tashkari schyotlar.

Asosiy schyotlar korxona xoʻjalik mablagʼlari yoki ularnin manbalari turlari boʻyicha ma`lumot beruvchi va nazorat qiluvchi schyotlardir. Umumiy tarzda bu schyotlarda korxona mulki xisobga olinadi. Asosiy schyotlarning xususiyati shundan iboratki, joriy oy yakunida ushbu schyotlar boʻyicha yakuniy qoldik mavjud boʻlsa, ular albatta balansda koʻrsatiladi. Tarkibiy tuzilishiga koʻra bu schyotlar aktiv, passiv va aktiv-passiv schyotlarga boʻlinadi. Asosiy aktiv schyotlar korxona xoʻjalik mablagʻlari va debitorlar bilan hisob-kitobda kullaniladi. Masalan, 0100 "Asosiy vositalar", 1000 "Materiallar", 5100 "Hisob-kitob schyoti", 6200 "Xaridorlar va buyurtmachilar bilan xisob-kitoblar" va 7600 "Xar-xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" schyotlari shular jumlasidandir.


Download 73.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling