1. O’zbekiston Respublikasi valyutani munosabatlarini tartibga solish
Download 19.84 Kb.
|
Savollarga javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkasso boʻyicha hisob-kitoblar
- Inkasso topshiriqnomasi
- Valyuta operatsiyalari — milliy qonunchilik yoki xalqaro shartnomalar bilan tartibga solingan valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"
- "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"
1.O’zbekiston Respublikasi valyutani munosabatlarini tartibga solish — xalqaro hisob kitoblar va valyuta boyliklari bilan bogʻliq bitimlarni amalga oshirishni reglamentatsiya qilishga qaratilgan davlatning faoliyati. „Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 10-moddasiga muvofiq, OʻzR Markaziy banki OʻzRda valyutani tartibga soluvchi davlat organidir. Valyutani tartibga soluvchi davlat organi oʻz vakolatlari doirasida: OʻzRda chet el valyutasining hamda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarining muomalasi tartibini belgilaydi; . milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini belgilaydi; OʻzR hududidagi banklarda norezidentalar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi; rezident yuridik shaxslar tomonidan OʻzRdan tashqaridagi banklarda hisobvaraqalar ochish tartibini belgilaydi . 2.Inkasso boʻyicha hisob-kitoblar — Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 804-moddasiga asosan, inkasso boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijoz oʻz bankiga pul toʻlovchidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuborishi nazarda tutiladi . Inkasso topshirigʻini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni jalb qilishga haqli deb qaraladi. Inkasso boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirish tartibi qonun hujjatkari bilan va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi. Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida Oʻzbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobida nazarda tutilgan asoslarga koʻra va miqdorda javobgar boʻlishini nazarda tutadi. Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarinj amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan boʻlsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 805-moddasiga binoan, biron-bir hujjat boʻlmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga koʻra inkasso topshiriqnomasiga mos boʻlmagan taqdirda, ijro etuvchi bank bu haqida darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart boʻla oladi. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga haqli boʻladi. Hujjatlar qanday shaklda olingan boʻlsa, oʻsha shaklda toʻlovchiga taqdim etilishi belgilangan boʻlib, inkasso operatsiyasini rasmiylashtiriah uchun zarur boʻlgan bank belgilari va yozuvlari bundan mustasno hisoblanadi. Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular boʻyicha pul toʻlanishi shart boʻlsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti toʻlovga taqdim etishi zarur deb qaraladi [2]. Inkasso topshiriqnomasi — mablagʻni oluvchining pul toʻlovchi xisobraqamidan mablagʻni soʻzsiz chiqarish toʻgʻrisidagi topshirigʻi deb qaraladi. Inkasso topahiriqnomasini soliq organlari, bojxona organlari, sud ijrochilari va undiruvchilar, moliya organlari qoʻyishlari mumkin hisonblanadi. Inkasso topshiriqnomasi bilan birga bankka mablagʻlarni hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni asl nusxalari yoki ularni nusxalari taqdim qilinadi. Inkasso topshiriqnomasi toʻliq summada, shuningdek mablagʻlarning yigʻilishiga qarab toʻlovlar ketma-ketligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi mumkin hisoblanadi 3.Valyuta operatsiyalari — milliy qonunchilik yoki xalqaro shartnomalar bilan tartibga solingan valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonunining 6-moddasiga muvofiq, valyuta operatsiyalariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar; valyuta boyliklarini OʻzRda olib kirish va joʻnatish, shuningdek OʻzRdan olib chiqish va joʻnatish; xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunning 7-moddasiga asosan, joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi : tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar; kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash; savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalar. Download 19.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling