1. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi


Download 228.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.01.2023
Hajmi228.3 Kb.
#1134981
  1   2
Bog'liq
18 вариант



18-вариант 
 
1. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.
2. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob. 
3. Банкдан олинган кредит кайтарилди. Иккиёклама ёзувда акс еттиринг? 
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.
1. Buxgalteriya hisobi schyotlari–aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish 
manbalari hamda operatsiyalar bo„yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish 
usulidir. Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo„jalik mablag„lari yoki 
ularning manbalarining boshlang„ich holati hisobga olinadi, keyingi bo„ladigan joriy 
o„zgarishlar o„z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar 
yoki passivlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo„ladi. 
Tashqi ko„rinishi bo„yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo„lgan jadval shaklida 
bo„ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap 
qismi “Debet” (D-t), o„ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. “Debet” so„zi lotincha 
bo„lib “u qarzdor” , “Credit” so„zi esa “ishondi” degan ma‟noni bildiradi. 
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi 
holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma‟lumotlari buxgalteriya 
balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma‟lumotlar 
qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba‟zi bir schyotlarda saldo bo„lmasligi 
ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o„zgarishlar aks 
ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet 
oborot, kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi. 
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo„lib, buxgalteriya 
balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir. Aktiv 
schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo„ljallangan schyot bo„lib, unda iqtisodiy 
resurslarning qoldig„i va ko„payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo„yicha 
aks ettiriladi. Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga 
mo„ljallangan schyot bo„lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig„i va ko„payish 
schyotining krediti bo„yicha, kamayish esa debet bo„yicha aks ettiriladi. 

Download 228.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling