Mavzu: sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari reja: Farmoyish hujjatlarining turlari. Farmoyish hujjatlarini sohada qo‘llash xususiyatlari. Sohaviy farmoyish hujjatlarining o ‘ziga xos xususiyatlari


Download 87.84 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1415257
  1   2   3   4
Bog'liq
11-amaliy

MAVZU: SOHAVIY FARMOYISH HUJJATLARINING XUSUSIYATLARI Reja: 1.Farmoyish hujjatlarining turlari. 2. Farmoyish hujjatlarini sohada qo‘llash xususiyatlari. 3. Sohaviy farmoyish hujjatlarining o ‘ziga xos xususiyatlari. 4. Sohaga oid farmoyish hujjatlarini yaratish.

Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (direktor)ning: buyruq, ko‘rsatma, buyruqdan ko‘chirma, farmoyishi hamda tashkilot qarorlari asosida yuzaga keladi;

Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, ko`rsatma va farmoyishlar rahbar muovinlari tomonidan bеriladi. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo`lib ularga:

a) umumiy masalalar bo‘yicha

b) shaxsiy tarkib bo‘yicha

v) asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqlar kiradi.

Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chiqqan joyning nomi, sarlavhasi, buyruq matni, rahbar yoki o`rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kеlib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko‘rsatish mumkin.

Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.

 

Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyojj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.


Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling