Batafsil rejalashtirish loyihasi to’g’risida ma’lumot va uning bosh


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
Sana06.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1169489
Bog'liq
1-mavzu (1)



MAVZU 1. Batafsil rejalashtirish loyihasi to’g’risida ma’lumot va uning bosh
reja bilan bog’liqligi 
Batafsil rejalashtirish loyihasi bosh reja loyihasi bilan bevosita bog’liq holda 
loyihalanib shahar yoki tuman markazi bosh rejalari loyihalanib ishlangandan keyin 
shahar yoki tuman markazida loyiha bo’yicha qurilish ishlari olib borish uchun bu 
shahar yoki tuman markazi bosh rejasida birinchi navbat qurilish belgilanib uning 
maydoni aniqlanib bu maydonda 1:2000 masshtabdagi bosh rejadan ajratib olinib 
1:1000 masshtabda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlanadi. Bu loyiha markaz uchun 
va bosh rejadagi shahar yoki tumanning ma’naviy yoki fizik eskirgan qismi bo’lishi 
mumkin. Batafsil rejalashtirish loyihasida shahar yoki tumanning istalgan birinchi 
navbat qurilishga mo’ljallangan qismi olinadi.
Binolarni loyihalashda ularning bosh 
rejalarini ishlashga e’tibor berish kerak, chunki binolarning aholi yashash joylarida 
joylashish, ularda yashovchi aholining qulay sharoitda hayot kechirish va boshqa 
shart sharoitlarni yaratib beradi. Batafsil rejalashtirish arxitekturaning maxsus 
bo’limi sirasida shakllanadi. Bu shaharlarni, qishloq aholi yashash joylarini ularning 
bo’laklarini, jamoat markazlari va dam olish joylarini rejalashtirish bilan bog’liq faol 
sirasida shakllandi, hozirda batafsil rejalashtirish viloyatlar, hududlar, va butun 
mamlakatda rejalashtirishni o’z ichiga oladi. Batafsil rejalashtirish, nazariyasining 
shakllanishi bir nechta etapni o’z ichiga oladi. 1-etap stihiyali holda 
loyihalashayotgan inshoot to’g’risida ma’lumot to’plash va tabiiy evolyutsion 
jarayonida shaharsozlik qoidalari modellashish shakllantirishdan iborat bo’lib, u 19-
asrgacha davom etib undan oldin ham arxitekturaviy batafsil rejalashtirish, 
shaharsozlik nazariyasi to’g’risida ma’lumotlar mavjud edi (Vetruviy va Alberti 
traqtatlari) 2-etap (19-asr ikkinchi yarmi va 20-asr o’rtasi). 19 asr 2-yarmida binolar 
arxitekturasi va shaharsozlikning bo’linishi boshlanadi Shaharsozlik fanining bu 
vaqtdagi rivojlanishi bu etapda har bir inshootning qonuniy kelib chiqishi 
to’g’risidagi izlanishlari bilan xarakterlanadi.
3-etap. Rivojlanishi 20 – asr 
o’rtalarida boshlanib 2 ta asos bilan xarakterlanadi: o’rganilayotgan hamma 
inshootlarda taaluqli umumiy qoida va xarakteristikalarning shakllanishiga 
yo’naltirib, yagona tushuncha va modullar ishlanadi. 




Shaharsozlik ko’rinishlarida sanoq xarakteristikasini ishlatish boshlanadi. 
Shaharsozlikning hozirgi nazariyasi o’z ichiga loyihaviy qarorlar qabul qilish uchun 
fanlar kompleksini jamlagan va shaharsozlikning kelajagini ko’ra biluvchi ko’p 
sohaviy sintetik distiplinani qamrab oladi.
Nazariy ilmlar loyihalash me’yor va qoidalari, shaharsozlik yechimlarining stereotik 
alomatlari va alohida binolar loyihalarini uslubiy ishidagi modullar sifatida 
namoyon bo’ladi. 
19 – 20 asrlar chegarasida shaharsozlik 1 – marta shaharlarni yagona funksional 
rejalashtirishni tashkil qilish o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
20- asrning 1-choragida shaharsozlik loyihalashning yangi qismi –tuman 
loyihalash paydo bo’ladi. 20-asrning 60- yillarida hududiy va umumdavlat 
rejalshtirish shakllanadi. Shaharsozlikda oldindan rejalashtirish katta ro’l o’ynaydi, 
chunki aholining o’sishi, aholi yashash joylarining rivojlanishi bilan moddiy 
sharoitlar ishlab chiqarish va hayot darajasi bir – biriga bog’liq. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling